SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Musulmonlar oʻzaro haq-huquqlarini ado etishlari va goʻzal muomala qilishlari (1-qism)
24.06.2026 / Bo‘limda Maqolalar

Musulmonlar oʻzaro haq-huquqlarini ado etishlari va goʻzal muomala qilishlari 2-qism

Ikkinchi holat: xalq bilan muomala

Bu — musulmonning atrofdagi insonlar bilan oʻzaro munosabat qilish holatidir.

Atrofdagi insonlar bilan oʻzaro munosabatning eng quyi darajasi — odamlarga ozor bermaslik.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

 “Musulmon — uning tili va qoʻlidan boshqa musulmonlar omon boʻlgan kishidir”.

Undan yuqori daraja — odamlarga manfaʼat yetkazish va yaxshilik qilish.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

 “Barcha yaralmish Allohning boqimandalaridir. Ularning Allohga eng mahbubi — boqimandasiga eng koʻp manfaat yetkazganidir”.

Bundan ham yuqori daraja — odamlardan kelgan ozorni sabr bilan koʻtarish va shunga qaramay ularga yaxshilik qilish. Bu esa siddiqlar darajasidir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ali (r.a)ga dedilar: “Agar siddiqlardan oʻzib ketishni istasang — sen bilan qarindoshlik rishtasini uzgan bilan rishtalarni bogʻla, senga bermaganlarga bergin, senga zulm qilganni afv et”.

Bu mavzu kengdir. Biz esa undan quyidagi vazifalarni qisqacha bayon qilish bilan kifoyalanamiz.

Shulardan birinchi vazifa:

Inson oʻzi uchun nimani yaxshi koʻrsa, odamlar uchun ham oʻshani yaxshi koʻrishidir

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Kimni doʻzaxdan uzoqlashtirilishi xursand etsa — unga oʻlimi shunday holda yetsinki, u: Laa ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh,  deb shahodat keltirgan boʻlsin va odamlarga oʻzi uchun yaxshi koʻrgan narsani qilsin”.

2-vazifa — har bir kishi oldida kamtar boʻlish, unga nisbatan kibrlanmaslik. Zero, Alloh taolo har bir kibrli va maqtanchoq kishini sevmas. Agar boshqalar unga nisbatan kibr qilsa ham, u sabr bilan bardosh bersin.

Alloh taolo aytadi:“Kechirimli boʻl, yaxshilikka buyur va johillardan yuz oʻgir”.

3-vazifa — keksalarni ulugʻlash va bolalarga mehr koʻrsatishdir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Kim kichigimizga rahm qilmasa va kattamizni ulugʻlamasa — bizdan emas”.

Yana dedilar: “Yoshi katta musulmon kishining hurmatini joyiga qoʻyish — Alloh taoloni ulugʻlashdandir”.

Yana dedilar:“Qaysi bir yosh kishi bir keksani yoshi sababli hurmat qilsa — Alloh unga ham keksalik chogʻida uni hurmat qiladigan kishini taqdir qiladi”.

Bu esa ajr bilan birga umrning uzayishiga bashoratdir.

4-vazifa — barcha insonlarga ochiq chehra, xush kayfiyat va samimiyat bilan muomala qilishdir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Doʻzax kimlarga harom qilinganini bilasizlarmi?”

Sahobalar: “Alloh va Uning Rasuli biluvchiroq”, dedilar.

U zot aytdilar: “U — muloyim, yumshoq, oson muomala qiladigan va odamlarga yaqin boʻlgan kishiga (harom qilingan)”.

Yana dedilar: “Albatta, Alloh taolo yengil muomala, ochiq chehrali kishini yaxshi koʻradi”.

5-vazifa — musulmonlar oʻrtasidagi aloqalarni isloh qilish, hatto buning uchun gapni biroz ziyoda yoki mubolagʻa bilan aytish zarur boʻlsa ham.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Ikki kishining orasini isloh qilib, ularga yaxshi gapirgan yoki ularga yaxshi narsalarni eslatgan kishi yolgʻonchi emas”.

Yana dedilar: “Sizlarga roʻza, namoz va sadaqa savobidan ham afzalroq narsani xabarini beraymi?”

Sahobalar: “Ha, ey Allohning Rasuli”, dedilar.

U zot aytdilar: “Bu — odamlar oʻrtasini isloh qilishdir. Odamlar orasini buzish esa — dinni buzuvchi ishdir”.

6-vazifa — odamlarning bir-biri haqidagi gaplarini eshitmaslik va eshitganini boshqalarga yetkazmaslikdir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Gap tashuvchi (chaqimchi) jannatga kirmaydi”.

Yana hakim zotlar aytganki: “Kim senga gap tashisa — albatta senga qarshi ham gap tashiydi”.

7-vazifa — sovuqlik va ranjish paytida uzilishni uch kundan ortiq choʻzmaslikdir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Musulmon kishiga birodarini uch kundan ortiq tark etishi halol emas”.

Yana dedilar: “Kim bir musulmonning iqolasini qabul qilib (sotib yuborgan narsasini qaytarib olsa) kechirib yuborsa — Alloh taolo uni Qiyomat kunida kechiradi”.

8-vazifa — u bunga loyiq boʻlsin yoki boʻlmasin, har bir kishiga yaxshilik qilishdir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Yaxshilikni loyiq kishiga ham, loyiq boʻlmagan kishiga ham qil. Agar u loyiq kishiga toʻgʻri kelsa — u bunga loyiqdir. Agar loyiq boʻlmagan kishiga toʻgʻri kelsa — sen oʻzing yaxshilik ahli boʻlasan”.

9-vazifa — har bir toifa bilan ularning xulqiga mos muomala qilishdir. Johil va nodon kishidan taqvodor va olimdan kutiladigan narsani talab qilma.

Dovud alayhissalom aytdilar: “Ey Parvardigorim, qanday qilib odamlar meni yaxshi koʻrishadi va men Sen bilan boʻlgan aloqamda salomat boʻlaman?”

Shunda Alloh subhanahu va taolo unga vahiy qildi: “Dunyo ahliga — dunyo axloqi bilan muomala qil, oxirat ahliga esa — oxirat axloqi bilan muomala qil”.

Imom Gʻazzoliy rohmatullohning «Din negizidagi qirqtalik» kitobidan KOʻKALDOSH OʻMIBY MUDARRISI ALIAKBAR ABDULLAYEV tarjimasi

What you can read next

“Агар огоҳсан сен – шохсан сен. Агар шохсан сен – огоҳсан сен!”
“Агар огоҳсан сен – шохсан сен. Агар шохсан сен – огоҳсан сен!”
Тафсир китобларида “Ҳужурот” сурасига тегишли аҳкомлар
Тафсир китобларида “Ҳужурот” сурасига тегишли аҳкомлар
ҚУРЪОН – НАЖОТ БЎЛДИ
Қуръон – нажот бўлди

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP