🗓 Bugun, 6-may kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi birinchi oʻrinbosari Homidjon domla Ishmatbekovning “Maqomoti Zamaxshariy” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
🕌 Mazkur nufuzli ilmiy-maʼrifiy tadbirda “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari Djalolov Nodir domla maxsus taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etdi.


🎤 Taqdimot marosimida sohaning yetuk ulamolari va olimlari maʼruza qildilar, jumladan:
Uygʻun Gʻafurov – Toshkent islom instituti rektori, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ulamolari kengashi aʼzosi;
Abduqodir Pardayev – «Aqoid va fiqhiy fanlar» kafedrasi dotsenti, islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD);
Bahodir Aʼzamov – «Hadis va islom tarixi fanlari» kafedrasi katta oʻqituvchisi.




📖 Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar buyuk vatandoshimiz Mahmud az-Zamaxshariyning odob-axloq va goʻzal xislatlarga bagʻishlangan ellikta maqomasidan tashkil topgan ushbu nodir asarning ona tilimizga tarjima qilinishi xalqimiz uchun ulkan maʼnaviy tuhfa ekanini taʼkidladilar.




🤝 Djalolov Nodir domla ushbu kitob bilim yurti talabalari uchun ham muhim manba boʻlib xizmat qilishini eʼtirof etib, muallifga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
📌 Maʼlumot uchun: Mazkur asar qariyb ming yildan buyon oʻz qadrini yoʻqotmay kelayotgan, moʼmin-musulmonlar uchun goʻzal odoblarni oʻrgatuvchi noyob xazinadir.
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti Matbuot xizmati






