SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
“Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining navbatdagi 56-davra mashgʻulotlari boshlandi
03.02.2025 / Bo‘limda Yangiliklar

“Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining navbatdagi 56-davra mashgʻulotlari boshlandi

«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurtida “Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursi faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi kungacha davlatimiz bergan bu imkoniyatdan unumli foydalangan holda, madrasa rahbariyati va albatta ustozlarining tinimsiz mehnat, hamda saʼy harakatlari bilan bu muassasadan minglab tinglovchilar Alloh taoloning ulugʻ Kalomini mukammal toʻgʻri oʻqishni oʻrganib chiqdilar.
Ana shunday tinglovchilardan yana bir qanchasi bugun, 3-fevral kunidan «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurtida «Qurʼoni karim va tajvid» oʻquv kursining navbatdagi 56-davra mashgʻulotlarini boshlashdi.
Yigʻilishda “Koʻkaldosh” oʻrta-maxsus islom bilim yurti «Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi» boshligʻi Abdulvosi Gʻaniyev, Matbuot kotibi Rustam Oxunjonov, “Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursi uslubchisi Nuriddin Sharipov, “Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursi ustozi Botir Balbekovlar qatnashdilar.

“Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining navbatdagi 56-davra mashgʻulotlari boshlandi (1)
“Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining navbatdagi 56-davra mashgʻulotlari boshlandi (2)
“Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining navbatdagi 56-davra mashgʻulotlari boshlandi (3)
“Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining navbatdagi 56-davra mashgʻulotlari boshlandi (4)
“Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining navbatdagi 56-davra mashgʻulotlari boshlandi (5)
“Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining navbatdagi 56-davra mashgʻulotlari boshlandi (6)

“Koʻkaldosh” oʻrta-maxsus islom bilim yurti «Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi» boshligʻi A.Gʻaniyev oʻquv kursining tinglovchilariga «Ilm va uning odoblari» mavzusida maʼruza qilib, ularga haqiqiy ilm egasi qanday odoblarga ega boʻlishi lozimligi haqida zarur maʼlumotlar yetkazdi.
Undan keyin A.Gʻaniyev oʻz maʼruzasi davomida noqonuniy diniy taʼlim olish va berishning qonun tomonidan taqiqlanganligi va qanday oqibatlarga olib kelishi, bugungi kunda Oʻzbekistonda davlat va din munosabatlari, diniy islohotlarning jadal surʼatlarda rivojlanayotgani va boshqa masalalarga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Undan tashqari A. Gʻaniev oʻquv kursi tinglovchilarining tartib — intizomga rioya qilishlari, oʻz vaqtida darsga kelishlari, belgilangan darslarga muntazam ishtirok etishlari va boshqa intizomga oid tavsiyalarni aytib oʻtdi.
Yigʻilish yakunida «Qurʼoni karim va tajvid» oʻquv kursining navbatdagi bosqich tinglovchilari haqqiga duoyi-xayrlar qilindi.

N. Sharipov
«Koʻkaldosh» OʻMIBY «Qurʼoni karim va tajvid» oʻquv kursi uslubchisi

What you can read next

Абу Ҳафс Умар ибн Абдулазиз ҳикматлари
Ҳасан Басрий роҳимаҳуллоҳ насиҳатлари
Жамият ичидаги хатарли жиноят ҳақида дарс
Жамият ичидаги хатарли жиноят ҳақида дарс
Кўкалдош мадрасасида спорт мусобақаси саралаш босқичи бўлиб ўтди
Кўкалдош мадрасасида спорт мусобақаси саралаш босқичи бўлиб ўтди

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP