SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Toshkent viloyati otinoyilari uchun tashkil etilgan malaka oshirish
27.04.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

Toshkent viloyati otinoyilari uchun tashkil etilgan malaka oshirish

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri, islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) M. Erkayev tomonidan Toshkent viloyati otinoyilari uchun tashkil etilgan malaka oshirish darsida “Dunyoning diniy manzarasi va din bilan bogʻliq geosiyosiy jarayonlar tahlili” mavzusida mazmunli va dolzarb maʼruza oʻqildi.

Toshkent viloyati otinoyilari uchun tashkil etilgan malaka oshirish (1)
Toshkent viloyati otinoyilari uchun tashkil etilgan malaka oshirish (2)

Maʼruza davomida zamonaviy dunyoda dinning oʻrni, uning jamiyat hayotiga taʼsiri hamda global miqyosda yuz berayotgan geosiyosiy jarayonlar bilan oʻzaro bogʻliqligi keng tahlil qilindi. Xususan, diniy omilning xalqaro munosabatlarda muhim vosita sifatida namoyon boʻlayotgani, ayrim hududlarda esa din niqobi ostida turli siyosiy manfaatlar ilgari surilayotgani misollar asosida tushuntirib berildi. Shuningdek, diniy bagʻrikenglik, konfessiyalararo totuvlik va millatlararo hamjihatlikni taʼminlash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekani taʼkidlandi.

Toshkent viloyati otinoyilari uchun tashkil etilgan malaka oshirish (3)
Toshkent viloyati otinoyilari uchun tashkil etilgan malaka oshirish (4)

M. Erkayev oʻz maʼruzasida diniy bilimlarning toʻgʻri va ilmiy asosda yetkazilishi, ayniqsa, jamiyatda maʼnaviy barqarorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. U zamonaviy axborot makonida turli buzgʻunchi gʻoyalarning tarqalish xavfi ortib borayotganini, bunday tahdidlarga qarshi kurashishda mutaxassislarning masʼuliyati yuqori ekanini alohida urgʻuladi. Shu nuqtai nazardan, otinoyilarning bilim va koʻnikmalarini muntazam ravishda oshirib borish zarurligi qayd etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda mavzu yuzasidan fikr almashdilar. Mazkur malaka oshirish darsi tinglovchilarning diniy va ijtimoiy jarayonlarga nisbatan yanada chuqurroq va tahliliy yondashuvini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

©️ Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti Matbuot xizmati

What you can read next

Rahbarga itoat va adolat mezonlari – jamiyat barqarorligi hamda taraqqiyot asosi
Rahbarga itoat va adolat mezonlari – jamiyat barqarorligi hamda taraqqiyot asosi
Bilim yurtida oʻquv-seminar mashgʻulotlari davom etmoqda!
Bilim yurtida oʻquv-seminar mashgʻulotlari davom etmoqda!
Oʻzbekiston prezidentining BMT bosh assambleyasidagi nutqi mazmun-mohiyati talabalarga yetkazildi
Oʻzbekiston prezidentining BMT bosh assambleyasidagi nutqi mazmun-mohiyati talabalarga yetkazildi

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP