Bilim yurti talabalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qoʻshma Shtatlariga tashrifi va BMT Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasidagi nutqi mazmun-mohiyati yetkazildi



Bugun, 29-sentabr kuni Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti talabalari uchun yurtimiz hayotidagi muhim siyosiy voqeaga oid maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qoʻshma Shtatlariga rasmiy tashrifi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida soʻzlagan nutqi talabalarga yetkazildi. Tadbir bilim yurti mudiri boshchiligida boʻlib oʻtdi. Unda yuqori kurs talabalari, ustozlar va xodimlar ishtirok etdi. Birinchi va ikkinchi bosqich talabalariga esa mazkur nutq oʻz sinf xonalarida monitorlar orqali onlayn tarzda namoyish etildi.




Prezidentimizning BMT minbaridan soʻzlagan nutqi orqali dunyo hamjamiyatiga bildirilgan yuksak gʻoyalar, Oʻzbekistonning tashqi siyosiy yoʻnalishlari, xalqaro munosabatlarda tutgan oʻrni hamda milliy manfaatlarimizni ifoda etuvchi muhim jihatlar talabalarga yetkazildi. Shuningdek, unda barqaror taraqqiyot, tinchlik va xavfsizlik, yoshlar tarbiyasi hamda ijtimoiy adolat kabi global masalalarga oid fikrlar alohida taʼkidlandi.

Nutq yakunlanganidan soʻng bilim yurti mudiri, islomshunoslik fanlari boʻyichafalsafa doktori (PhD) M. Erkayev maʼruza qilib, davlatimiz rahbarining xalqaro maydondagi chiqishining mazmun-mohiyati haqida soʻz yuritdi.Bilim yurti mudiri oʻz nutqida Prezidentimizning BMT minbaridan ilgari surgan gʻoyalari nafaqat Oʻzbekiston, balki butun musulmon olami va jahon xalqlari uchun dolzarb ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. Tadbir davomida talabalarda yurtimizning xalqaro nufuzini anglash, davlat rahbari tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash hamda ularni hayotga tadbiq etishda faol boʻlish ruhiyati mustahkamlandi.
SaidAzimxon Saidakramov
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti oʻqituvchisi





