Bugun, 26-dekabr sanasida rejalashtirilgan oʻquv-seminar mashgʻulotini Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha Qoʻmitasi, Dinshunoslik ekspertizasi boshqarmasi bosh mutaxassisi Madaliyev Mirfozil olib bordi.


Oʻquv-seminar mashgʻuloti davomida diniy-maʼrifiy sohada yozilgan manbalarga ekspertiza xulosasi berish tartibi, diniy sohadagi manbalarni sotish, sotib olish va tarqatishda nimalarga ahamiyat berish kerakligi hamda saqlash boʻyicha kerakli tavsiyalar berildi.


Eslatib oʻtamiz, talabalar uchun qishki taʼtil muddati 2023-yil 24-dekabrdan 2024-yil 7-yanvargacha etib belgilangan.
Tayyorladi: Oʻquv-uslubiy boʻlim
uslubchisi Ismatov Jahongir





