Bugun 06-aprel Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida “Yot gʻoyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, adashgan oqimlarga raddiya berish koʻnikmalari va uslublari” nomli maxsus kurs doirasida navbatdagi dars tashkil etildi.
Mazkur kurs bugungi kunda dolzarb boʻlgan aqidaviy va mafkuraviy masalalar yuzasidan talabalarning ilmiy dunyoqarashini mustahkamlash, ularni yot gʻoyalar taʼsiridan himoya qila oladigan mustahkam bilim hamda tahliliy koʻnikmalar bilan qurollantirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan.


Navbatdagi mashgʻulot “Fiqhiy mazhablar va islom ummati birligi” mavzusiga bagʻishlandi. Dars davomida fiqhiy mazhablarning shakllanish sabablari, ularning Qurʼon va Sunnatga asoslangan ilmiy maktablar ekani, shuningdek, mazhablar oʻrtasidagi ixtiloflarning rahmat va kenglik omili sifatidagi ahamiyati batafsil yoritildi.
Shuningdek, mazhablar xilma-xilligini notoʻgʻri talqin qilish oqibatida yuzaga keladigan adashgan qarashlar, diniy mutaassiblik va tafriqa xavfi ilmiy asosda tahlil qilinib, islom ummatining birligi bagʻrikenglik, oʻzaro hurmat va ilmiy yondashuv orqali mustahkamlanishi alohida taʼkidlandi.


Mashgʻulot davomida talabalar mavzu yuzasidan faol ishtirok etib, savol-javoblar orqali oʻzlarini qiziqtirgan masalalarga batafsil javob oldilar.
Mazkur kurs Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida yoshlarda sogʻlom aqida, mustahkam fiqhiy tafakkur hamda zamonaviy mafkuraviy tahdidlarga nisbatan ongli va asosli munosabatni shakllantirishga qaratilgan tizimli ishlarning amaliy ifodasidir.
Koʻkaldosh OʻMIBY Oʻquv-uslubiy boʻlimi





