“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti katta oʻqituvchisi A. Xolmurotov Jahon Iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetida tashkil etilgan “Jaholatga qarshi maʼrifat” maʼrifiy tadbirda oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Tadbir davomida ustoz yoshlar ongida sogʻlom dunyoqarashni shakllantirish, jaholat va turli yot gʻoyalarga qarshi maʼrifat bilan kurashish, milliy va diniy qadriyatlarni asrab-avaylash masalalariga alohida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, maʼruzachi taʼlim-tarbiya jarayonida ilm-maʼrifatning oʻrni, maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalashda ustozlar va ota-onalarning masʼuliyati haqida atroflicha fikr bildirdi.


Tadbir savol-javoblar ruhida davom etib, talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Mazkur maʼrifiy uchrashuvda jami 110 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ushbu tadbir yoshlar oʻrtasida maʼnaviy immunitetni mustahkamlash, ularni turli zararli gʻoyalar taʼsiridan himoya qilish hamda ilm-maʼrifatga boʻlgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
Saidakramov Saidazimxon Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi uslubchisi





