2025-yilning 21-yanvar kuni Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti 1-kurs talabalari, ularning kuratorlari hamda ustozlari Oʻzbek Milliy akademik drama teatriga tashrif buyurishdi. Mazkur tashrifdan maqsad talabalarni milliy teatr sanʼati bilan tanishtirish va ularda badiiy-estetik tafakkurni yanada rivojlantirish boʻldi.
Tashrif davomida talabalar teatrning tarixiy arxitekturasi va uning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. U yerda teatrning tashkil topishi, uning repertuaridagi oʻzbek milliy dramalarining ahamiyati haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni oldilar.





Shuningdek, tashrif doirasida talabalar Oʻzbekistonda taniqli yozuvchi va shoir Abdulhamid Choʻlpon hayoti va ijodiga bagʻishlangan spektaklni tomosha qilishdi. “Choʻlpon” spektakli muallifning hayotidagi murakkab davrlar, adabiy faoliyati va xalqning ozodlikka intilishlarini tasvirlab berdi. Sahnadagi aktyorlarning mahorati, musiqiy va dekoratsion yechimlar talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Tashrifdan soʻng talabalar oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashib, milliy adabiyot va teatr sanʼati haqida fikr almashdilar.
Mazkur tashrif koʻplab ijobiy fikr va iliq taassurotlar bilan yakunlandi.
“Koʻkaldosh” OʻMIBY Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi






