???? «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurtiga 2024-2025-oʻquv yili uchun hujjatlarni qabul qilish jarayoni 20-iyundan boshlanadi.
???? Qabul jarayoni 20-iyundan 20-iyulgacha OFFLAYN SHAKLDA (Yakshanba va bayram kunlaridan tashqari) 09:00 dan 17:00 gacha davom etadi.
???? Kerakli hujjatlar:
✔️ bilim yurti mudiri nomiga ariza;
✔️ pasport yoki ID karta nusxasi (asli koʻrsatiladi);
✔️ maʼlumoti toʻgʻrisida attestat yoki diplom va uning ilovasi (asl nusxasi);
✔️ 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (soʻnggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda boʻlishi talab etiladi);
✔️ chet tili bilishi toʻgʻrisidagi sertifikat (maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatda koʻrsatilgan chet tilidan boshqa chet tili boʻyicha imtihon topshiruvchilar uchun) asl nusxasi.
❗️ Mavjud boʻlsa, arab tili boʻyicha B1 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (At-Tanal Al-Arabi).
‼️ Test sinovlari tashkil etilayotgan oʻquv yilidan avvalgi yillarda taʼlim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida (yaʼni 170 000 soʻm) toʻlov undiriladi.
???? Manzil: (https://www.google.com/maps/@41.323307,69.236391,20z/data=!5m1!1e4?hl=ru-RU&entry=ttu) Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi 46-uy.
☎️ Murojaat uchun: +998(71)244-48-27
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Matbuot xizmati






