📣 2026-yil 12-fevral kuni “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida Qurʼoni karim va tajvid kursi pedagog-oʻqituvchilari ishtirokida taʼlim muassasasi mudiri M. Erkayev boshchiligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilish davomida kurs faoliyatini yanada takomillashtirish, taʼlim sifati va samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.


Koʻrib chiqilgan asosiy masalalar:
Qurʼoni karim va tajvid kursining ahamiyati, bugungi kunda boshlangʻich diniy taʼlimga ega boʻlish istagida boʻlgan tinglovchilar sonining ortib borayotgani hamda bu jarayonda sifatli taʼlim berish zarurligi;
Tinglovchilardan kelib tushayotgan shikoyat va takliflarni bartaraf etish, dars mashgʻulotlarini yuqori saviyada tashkil qilish hamda pedagog-oʻqituvchilarning hushmuomalalik va kasbiy odob-axloqiga alohida eʼtibor qaratish;
Pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida taʼlim muassasasida faoliyat olib borayotgan ijozaga ega ustozlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, oʻqituvchilar malakasini muntazam oshirib borish;



Ayol tinglovchilar uchun dars mashgʻulotlarini ayol pedagog-oʻqituvchilar tomonidan olib borish masalasida tizimli ishlar olib borilayotgani, bu orqali taʼlim jarayonida qulay va sharoitga mos muhit yaratish.
Yigʻilish yakunida masʼullar zimmasiga taʼlim jarayonini yanada sifatli tashkil etish, pedagogik muhitni mustahkamlash va tinglovchilar bilan ishlashda masʼuliyatni oshirish boʻyicha aniq vazifalar yuklatildi.
©️ Jahongir ISMATOV
“Koʻkaldosh” OʻMIBY Oʻquv kurslari boʻlimi xodimi






