SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Oʻzbekiston musulmonlar idorasi Ulamolar kengashi aʼzosi bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi
19.01.2026 / Bo‘limda Maqolalar

Oʻzbekiston musulmonlar idorasi Ulamolar kengashi aʼzosi bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi

Bugun, 19-yanvar sanasida Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti “Imom-xatiblar oldida turgan dolzarb masalalar” mavzusida mazmunli va samarali davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi, Oʻzbekiston musulmonlar idorasi Ulamolar kengashi aʼzosi Doniyor domla Ikromov ishtirok etdi.
Hurmatli mehmonni bilim yurti mudiri, islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) M. Erkayev hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha mudir oʻrinbosari A. Gʻaniyev samimiy tarzda kutib oldilar. Tadbirda bilim yurti ustozlari va talabalar faol ishtirok etdilar.

Oʻzbekiston musulmonlar idorasi Ulamolar kengashi aʼzosi bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi (1)
Oʻzbekiston musulmonlar idorasi Ulamolar kengashi aʼzosi bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi (2)
Oʻzbekiston musulmonlar idorasi Ulamolar kengashi aʼzosi bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi (3)

Davra suhbatini bilim yurti mudiri M. Erkayev ochib berdi. U oʻz kirish soʻzida bunday uchrashuvlar bugungi kunda imom-xatiblar zimmasidagi masʼuliyatni chuqur anglash, zamon talablari bilan hamnafas boʻlish va yoshlar ongida sogʻlom diniy dunyoqarashni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. Shundan soʻng soʻz Toshkent viloyati bosh imom-xatibi, Oʻzbekiston musulmonlar idorasi Ulamolar kengashi aʼzosi Doniyor domla Ikromovga berildi.

Oʻzbekiston musulmonlar idorasi Ulamolar kengashi aʼzosi bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi (4)
Oʻzbekiston musulmonlar idorasi Ulamolar kengashi aʼzosi bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi (5)

Doniyor domla oʻz nutqida imom-xatiblar faoliyatida uchrayotgan dolzarb masalalar, xususan:
• jamiyatda diniy savodxonlikni oshirish,
• yoshlarni turli yot gʻoyalardan asrash,
• masjid va mahalla hamkorligini mustahkamlash,
• ijtimoiy tarmoqlarda masʼuliyat bilan chiqish qilish,
• vaʼz va maʼruzalarni zamon ruhiga mos, tushunarli va taʼsirchan tarzda yetkazish
kabi masalalar haqida atroflicha toʻxtalib oʻtdi.

Nutq davomida u quyidagi mazmundagi fikrlarni bildirdi:

“Bugungi imom-xatib nafaqat masjid minbarida, balki jamiyatning har bir jabhasida ibrat boʻla olishi kerak.”

“Yoshlar qalbiga yoʻl topish uchun avvalo ularni tinglashni, ularning savollariga ilm va hikmat bilan javob berishni oʻrganishimiz zarur.”

“Imom-xatib — tinchlik, bagʻrikenglik va maʼnaviyat targʻibotchisidir.”

Davra suhbati davomida talabalar va ustozlar tomonidan qiziqarli savollar berildi, amaliy hayotga oid masalalar muhokama qilindi. Domla savollarga batafsil va hayotiy misollar asosida javoblar berib, yoshlarga muhim tavsiyalarini ulashdi.

Tadbir yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga yetarli javoblar oldilar. Uchrashuv samimiy muhitda oʻtib, yakunda duo-xayrlar qilindi.

Oʻzbekiston musulmonlar idorasi Ulamolar kengashi aʼzosi bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi (6)
Oʻzbekiston musulmonlar idorasi Ulamolar kengashi aʼzosi bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi (7)
Oʻzbekiston musulmonlar idorasi Ulamolar kengashi aʼzosi bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi (8)

Mazkur davra suhbati talaba-yoshlar uchun katta maʼnaviy saboq boʻlib, ularning kelgusidagi ilmiy va amaliy faoliyatida muhim oʻrin egallashi shubhasiz.

Saidakramov Saidazimxon
“Koʻkaldosh” OʻMIBY Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi uslubchisi

What you can read next

ХОТИРА – МУҚАДДАС
Хотира – муқаддас
Milliy oʻzlikning muhri
Лоқайдлик - тараққиётга тўсиқ
Лоқайдлик – тараққиётга тўсиқ

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP