SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
02.07.2026 / Bo‘limda Maqolalar

Milliy oʻzlikning muhri

Insoniyat sivilizatsiyasi davomida davlat va sulola ramzlarining shakllanishi uzoq va qiziqarli evolyutsion yoʻlni bosib oʻtgan. Gʻarb ritsarlik madaniyatidagi qalqonlardan tortib, Sharq islom olamidagi qadimiy tamgʻa va tugʻrolargacha boʻlgan tarixiy jarayonlar bugungi zamonaviy davlat timsollarining poydevori boʻlib xizmat qildi.

Gerb tushunchasining shakllanishi insoniyat sivilizatsiyasining ijtimoiy-siyosiy hamda harbiy taraqqiyoti bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, oʻziga xos uzoq muddatli evolyutsion yoʻlni bosib oʻtgan. Nemis tilidagi “Erbe” – meros soʻzidan kelib chiqqan gerb tushunchasining eng ilk ildizlari ibtidoiy jamiyatdagi totemizm eʼtiqodiga hamda qabilaviy oʻziga xoslik belgilariga borib taqaladi. Qadimgi Misr, Shumer va Bobil kabi ilk sivilizatsiyalarda firʼavnlar va shahar-davlatlar oʻz qudratini namoyish etish uchun muqaddas hisoblangan lochin, sher yoki burgut kabi hayvonlar timsolidan muhr va bayroqlarda keng foydalanganlar. Rim imperiyasi armiyasining bosh ramzi boʻlgan “Akvila” (oltin burgut) esa davlat qudrati va gʻalabasining qonuniylashtirilgan timsoli edi. Xuddi shuningdek, Yevroosiyo va Markaziy Osiyo dashtlarida istiqomat qilgan koʻchmanchi turkiy-moʻgʻul qabilalarida amal qilgan “Tamgʻa” tizimi ham chorva mollari, qurol-aslaha va maʼlum hududlarga boʻlgan egalik huquqini tasdiqlovchi, keyinchalik esa sulolaviy ramzga aylangan geometrik belgilar sifatida amaliy jihatdan ilk gerb vazifasini bajargan. Biroq, qadimgi dunyodagi ushbu ramzlar tizimini qatʼiy qonun-qoidalarga asoslangan geraldik tizim deb boʻlmas edi, chunki ular hali tizimlashtirilgan fan darajasiga koʻtarilmagandi.

Bugungi kundagi maʼnoda tushuniladigan klassik gerblar va ularni oʻrganuvchi geraldika fani XI-XII asrlarda Gʻarbiy Yevropada, ritsarlik madaniyatining rivojlanishi va Salib yurishlari davrida toʻliq shakllandi. Buning asosiy sababi sof harbiy zaruriyat bilan bogʻliq boʻlib, ritsarlarning tana aʼzolarini butunlay yopib turuvchi temir sovutlar va yuzni berkituvchi yopiq dubulgʻalarning rasm boʻlishi jang maydonida kim doʻst va kim dushman ekanini ajratishni qiyinlashtirib yubordi. Natijada jangchilar uzoq masofadan ham yaqqol koʻzga tashlanadigan shaxsiy belgilarni oʻz qalqonlariga chiza boshladilar. 1095–1291-yillarda boʻlib oʻtgan ommaviy harbiy yurishlar ushbu ramzlar tizimining butun Yevropa boʻylab standartlashuviga olib keldi va ritsarning qalqonidagi tasvir uning shaxsiy belgisidan otadan bolaga oʻtadigan sulolaviy meros maqomini oldi. XIII asrga kelib bu jarayon jarchilar tomonidan qatʼiy qonuniyatlarga boʻysundirildi; gerbning asosi boʻlgan geraldik qalqon shakli, egasining ijtimoiy oʻrnini belgilovchi dubulgʻa va tojlar, uni ikki chetdan tutib turuvchi afsonaviy xalqaro maxluqlar (sher, grifon, unikorlar) hamda shiorlar tizimi yaratildi. Ranglar uygʻunligi ham cheklanib, faqat muayyan metallar (oltin, kumush) va emallar (qizil, koʻk, yashil, qora) qoʻllanilishiga ruxsat berildi. XIV-XV asrlarga kelib esa, dastlab faqat zodagon ritsarlarga tegishli boʻlgan ushbu shaxsiy ramzlar doirasi kengayib, oʻz muxtoriyatini himoya qiluvchi erkin shaharlarning hamda qirol sulolalarining shaxsiy belgilaridan oʻsib chiqqan ilk rasmiy davlat gerblarining paydo boʻlishiga zamin yaratdi.

Islom tarixida ham gerb tushunchasi va aynan gerb vazifasini bajargan rasmiy ramzlar tizimi mavjud boʻlgan. Garchi musulmon Sharqida yevropacha “geraldika” atamasi ishlatilmagan boʻlsa-da, davlat qudrati, sulola mavqeyi va hukmdor mustaqilligini bildiruvchi tamgʻalar, tugʻrolar va “ranka”lar aynan bugungi davlat gerblari funksiyasini toʻliq bajargan.

Islom olamidagi ilk davrlarda jonli mavjudotlar (odam yoki hayvon) tasvirlangan foydalanishmagan. Buning oʻrniga davlat ramzi sifatida muhrlar hamda muayyan rangdagi oddiy bayroqlar ishlatilgan.

Biroq, keyingi asrlarda, ayniqsa turkiy va mamluklar sulolalari davrida islom dunyosida oʻziga xos boy gerb anʼanalari shakllandi:

Saljuqiylar, Xorazmshohlar va Temuriylar kabi yirik islom saltanatlarida qadimiy turkiy tamgʻalardan gerb sifatida foydalanilgan. Masalan, Amir Temur saltanatining rasmiy davlat gerbi va muhrida uchta halqa tasviri boʻlgan. Bu ramz tangalarda zarb qilingan va Amir Temurning yer, suv hamda havoga (yoki oʻsha davrda maʼlum boʻlgan uchta qitʼaga) hukmronligini anglatgan. Shuningdek, Saljuqiylar oʻz bayroqlarida ikki boshli burgut hamda sher va quyosh tasvirlaridan gerb oʻrnida foydalanishgan.

XIII–XVI asrlarda Misr va Suriyani idora qilgan Mamluklar davlatida Gʻarb ritsarlik gerblariga eng yaqin boʻlgan “Ranka” deb nomlangan maxsus gerblar tizimi amal qilgan. Har bir sulton yoki amirning shaxsiy va sulolaviy ramzi (burgut, sher, qilich, piyola kabi tasvirlar) boʻlib, bu belgilar davlat binolari devorlariga, qurol-aslahalarga va tangalarga xuddi gerb kabi oʻyib ishlangan.

Usmonli sultonlari oʻz hokimiyatini tasdiqlash uchun xattotlik sanʼatining eng choʻqqisi hisoblangan Tugʻrodan foydalanishgan. Tugʻro — sultonning ismi va unvonlari bir-biriga chirmashtirib yozilgan murakkab ramz boʻlib, u davlatning mutloq gerbi vazifasini oʻtagan. XIX asr oxiriga kelib, Usmonlilar Yevropa uslubidagi koʻplab qurol va ramzlardan tashkil topgan rasmiy davlat gerbini qabul qilishgan boʻlsa-da, uning eng yuqori va markaziy qismiga baribir sulton tugʻrosi joylashtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi mamlakat suvereniteti, mustaqilligi va xalqining boy madaniy-tarixiy merosini oʻzida mujassam etgan oliy ramzlardan biridir. Ushbu milliy timsolning yaratilishi va bugungi shaklga kelishi oʻtish davrining qizgʻin ijtimoiy-siyosiy jarayonlari hamda ijodiy izlanishlari bilan chambarchas bogʻliqdir.

Yaratilish tarixi va qabul qilinishi 1991-yilda Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritgach, sovet davridan qolgan mafkuraviy ramzlardan (oʻroq, bolgʻa, qizil yulduz) voz kechish va yangi davlat timsollarini yaratish zarurati tugʻildi. Shu maqsadda yangi Davlat gerbini yaratish boʻyicha butun respublika miqyosida yirik tanlov eʼlon qilindi. Tanlovda taniqli rassomlar, haykaltaroshlar va grafik dizaynerlar qatorida oddiy ijodkorlar ham oʻzlarining yuzlab loyihalari bilan ishtirok etdilar.

Ushbu tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi aʼzosi, professional grafik-rassom Anvar Mamajonov tomonidan taqdim etilgan gerb loyihasi gʻolib deb topildi. Boʻlajak gerbning eskizlari va ramzlari bevosita Oliy Kengash sessiyalarida davlat arboblari, deputatlar va mamlakatning Birinchi Prezidenti ishtirokida bir necha bor muhokama qilingan. Jarayon davomida loyihaga muhim tuzatishlar kiritildi. Masalan, dastlabki variantlarda afsonaviy Humo qushining boshi kamtarlik maʼnosida bir oz pastga egilgan boʻlsa, davlat rahbarining “Humo qushi magʻrur, baxt va hurlik ramzi sifatida yuqoriga qarab turishi lozim” degan taklifidan soʻng uning qiyofasi bugungi ulugʻvor holatga keltirildi. Uzoq davom etgan qizgʻin muhokamalardan soʻng, 1992-yil 2-iyul kuni Oliy Kengashning oʻninchisessiyasida “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi va ushbu ramz rasman qonuniy kuchga kirdi.

Gerbning tarkibiy elementlari va ularning falsafiy maʼnosi Oʻzbekiston gerbi dumaloq shaklda boʻlib, undagi har bir chiziq, rang va detal xalqimizning dunyoqarashi, tabiati hamda milliy qadriyatlarini ifodalaydi:

Gerbning markazida qanotlarini keng yozib turgan afsonaviy Humo qushi tasvirlangan. Sharq mifologiyasida va mumtoz adabiyotida Humo baxt, davlatmandlik, olijanoblik va erksevarlik timsoli hisoblanadi. U oʻz qanotlari bilan butun mamlakatni, uning tinchligi va baxtini himoya qilib turgandek tasvirlangan.

Humo qushining ortida, gullab-yashnayotgan vodiy, ulugʻvor togʻlar va kumushrang daryolar (Sirdaryo va Amudaryo) uzra oltinrang quyosh oʻz nurlarini sochib turibdi. Quyosh — hayot manbai, nur va ezgulik ramzi boʻlib, mamlakatning porloq kelajagini hamda iqlimining sershuxligini bildiradi.

Gerbning soʻl (chap) tomoni oltin rangdagi bugʻdoy boshoqlari, oʻng tomoni esa chanoqlari ochilgan oq paxta gʻoʻzalari shoxlaridan iborat chambarak bilan oʻralgan. Bugʻdoy — xalq risqi, toʻkin-sochinlik va baraka timsoli boʻlsa, paxta — oʻzbek zaminining bebaho boyligi va ramzidir. Ular milliy mehnatsevarlikni ifodalaydi.

Gerbning eng yuqori qismida respublika hurligi hamda komilligining ramzi sifatida koʻk rangli sakkizburchak joylashgan. Uning ichidagi oq rangli yarim oy — islomiy va tarixiy anʼanalarimizga hurmat, yangi tugʻilgan mustaqillik belgisi boʻlsa, yonidagi 12 ta yulduz xalqimizning qadimiy ilmiy merosi, mukammallik va baxt-saodat ramzidir.

Gerbning pastki qismida paxta va bugʻdoy poyalarini bogʻlab turgan lentaga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining ranglari va ramzi tushirilgan boʻlib, uning qoʻshilish joyida (bantida) oltin harflar bilan “OʻZBEKISTON” deb yozib qoʻyilgan.

Oʻzbekiston Davlat gerbi geraldika qonun-qoidalariga toʻliq javob beradigan, oʻzida ham islomiy xattotlik hamda sharqona ramziylik unsurlarini, ham zamonaviy davlatchilik prinsiplarini uygʻunlashtirgan mukammal sanʼat asaridir.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun videosida ushbu tarixiy sana va qonunning qabul qilinishi haqida qoʻshimcha maʼlumotlar berilgan.

Xulosa qilib aytganda, gerb — shunchaki rasmiy belgi emas, balki millatning oʻtmishi, buguni va kelajagini muhrlagan jonli tarixiy hujjatdir. Sharq islom olamidagi qadimiy tamgʻayu tugʻrolar asrlar davomida davlat suverenitetini ifodalab keldi. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi esa ana shu boy tarixiy tajriba va milliy qadriyatlarning mantiqiy davomidir. Baxt va hurlik timsoli boʻlgan Humo qushi, toʻkin-sochinlik ramzi boʻlgan paxta va bugʻdoy chambaragi hamda xalqimizning maʼnaviy merosini aks ettirgan zarrin quyosh va sakkizburchak bir butunlikni hosil qilib, mamlakatimizning mustaqilligi va yorugʻ kelajagini namoyish etadi. Davlat gerbini eʼzozlash va uning falsafiy mohiyatini anglash — har bir fuqaro uchun vatanga boʻlgan sadoqat va cheksiz milliy gʻurur belgisidir.

MILLIY OʻZLIKNING MUHRI

«Koʻkaldosh» OʻMIBY Oʻquv-uslubiy boʻlim uslubchisi Abbosxonov Muhriddin

What you can read next

“Ал-фиқҳ ул-акбар” 1-қисм
Ҳадисларни кенг тарғиб қилиш юртимиздаги устувор вазифалардан бири
Абу Ҳанифа (раҳимаҳуллоҳ)нинг машҳур шогирдлари
Тақводор мазҳаб боши
Сийратга оид асарлар кўргазмаси
Сийратга оид асарлар кўргазмаси

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP