26. “Mol” (boylik) — bu inson tabiatan mayl qiladigan va ehtiyoj tugʻilgunga qadar saqlab qoʻyishi mumkin boʻlgan narsa boʻlib, u koʻchadigan yoki koʻchmaydigan boʻlishi mumkin.
Shuningdek, fils (juda kichik qiymatdagi tanga) va oʻsha qiymatdagi narsalarga ham “mol” deyiladi.
27. “Qiymatga ega boʻlgan mol” ikki maʼnoda ishlatiladi:
1. Birinchisi: undan foydalanish muboh narsa, yaʼni foydalanishga ruxsat berilgan mol.
2. Ikkinchisi: himoyalangan yoki qoʻlga kiritilgan mol maʼnosida.
Masalan, dengizdagi baliq qiymatga ega mol hisoblanmaydi, lekin u ovlanib qoʻlga tushganda, qiymatli molga aylanadi, shuning uchun ham uni qoʻlga olmasdan turib sotish botil hisoblanadi.
28. “Manqul (koʻchiriladigan) narsa” — bu bir joydan boshqa joyga koʻchirilishi mumkin boʻlgan narsa boʻlib, unga quyidagilar kiradi: pul, tovar, hayvonlar, oʻlchov birliklari bilan oʻlchanadigan narsalar va tortiladigan narsalar.
Bundan tashqari, bino va daraxtlar yerga muttasil boʻlmasa, ular ham koʻchiriladigan narsa hisoblanadi.
29. “Gʻoyru manqul” bu bir joydan ikkinchi joyga koʻchirish imkoni boʻlmagan hovli va yerga oʻxshash koʻchmas mulklardir.
30. Nuqud — ‘naqd’ soʻzining koʻpligi boʻlib, u oltin va kumushdan iborat (pul)dir.
Shuningdek, ularga oʻrinbosar boʻlgan narsa – masalan, muomalada yuradigan faluslar (mis tangalar) ham (shular jumlasidandir).” Hozirgi kunda bularning oʻrnini qogʻoz pullar egallagan.
31. “Uruz” — ‘araz’ soʻzining koʻpligi boʻlib, bu naqd pullar, hayvonlar, oʻlchov bilan sotiladigan (hajmli) hamda vazn bilan sotiladigan narsalardan tashqari qolgan mol-mulkdir. Masalan, uy-roʻzgʻor buyumlari va matolar shular jumlasidandir.”
32. “Muqaddarot — miqdori oʻlchov (hajm), vazn, sanash yoki gaz (uzunlik) bilan belgilanadigan narsalardir.
Bular oʻlchov bilan sotiladigan (hajmli), vazn bilan sotiladigan, dona hisobida boʻladigan va uzunlik bilan oʻlchanadigan narsalarni oʻz ichiga oladi.”
33. ‘Kayliy’ va ‘makiyl’ — oʻlchov (hajm) bilan oʻlchanadigan narsadir.”
34. ‘Vazniy’ va ‘mavzun’ — vazn bilan oʻlchanadigan narsadir.”
35. “‘Adadiy’ va ‘maʼdud’ — sanaladigan narsadir.”
36. ‘Zarʼiy’ yoki ‘mazru‘ — qoʻl uzunligi (ziro‘) bilan oʻlchanadigan narsadir.”
37. “Mahdud — chegaralari va chekkalari aniqlanishi mumkin boʻlgan koʻchmas mulkdir.”
38. Musha‘— umumiy ulushlarni qamrab olgan narsadir.
39. “Hissatu musho” – bu umumiy mulkning har bir qismiga taalluqli ulushni anglatadi, yaʼni mulkning barcha qismlariga “teng tarzda yoyilgan” ulush.
40. Jins — bu oʻz boʻlaklari (turlari) orasida undan koʻzlangan maqsadga taalluqli ravishda katta farq boʻlmaydigan narsa.
41. «Juzaf» va «mujazafa» — qiymatini aniqlamasdan, oʻlcham yoki miqdorini belgilamasdan bir butun holda sotish (savdo qilish) demakdir.
42. «Haqqul-murur» — bu boshqaning mulki orqali yurib oʻtish huquqidir.
43. «Haqqush-shirb» — daryo yoki ariqdan olinadigan maʼlum va belgilangan ulushdir.
44. Haqqul-masiyl — bu suvning, selning va tarnovning (yaʼni oqib tushuvchi suvlarning) bir hovlidan tashqariga oqib chiqish huquqidir.
Tarnov — tomdan yoki shunga oʻxshash joydan yomgʻir suvi sizib oqib tushishi demakdir.
45. “Misliy” – bu bozorda odatdagi pulida tafovut qilmasdan uning oʻxshashi topiladigan narsadir.
46. “Qiyamiy” – bu uning oʻxshashi bozorda topilmaydi yoki qiymatida tafovutli holda topilishi mumkin.
47. “Adadiyotul mutaqorib” – bu bir biriga har bir boʻlak yoki alohida qismida qiymat jhatidan farq qilmaydigan adadiy sanaladigan narsalardir. Bularning barchasi misliy yaʼni bir biriga yaqin turkumlarga kiradi.
48. “Adadul mutafovita” – bu adadlanuvchi narsalar boʻlib lekin ularning boʻlaklariyu birliklarining orasida qiymatda farq qiladi va bularning barchasi qiymatli narsalar turkumiga kiradi.
49. «Ruknul-bay‘» — bu savdoning mohiyatini anglatadi. U mulkni mulk bilan almashtirish tushunchasini bildiradi va shuningdek, taklif (iyjob) va qabul (qabul)ga ham nisbatan ishlatiladi, chunki ular almashtirish (mubodala) mavjudligini koʻrsatadi.
50. “Mahallul bay” – bu sotiladigan moldir.
51. «mabiy‘» — bu sotiladigan narsa, yaʼni savdoda aniq belgilangan mulkdir. U savdoning asosiy predmetini tashkil qiladi, chunki foyda olish faqat aniq narsalar orqali amalga oshiriladi. Narx (pul) esa faqat almashtirish (mubadala) vositasi hisoblanadi.
Mirzayev Kamoliddin Koʻkaldosh OʻMIBYu mudarrisi






