Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida pedagog-oʻqituvchilar uchun qisqa muddatli oʻquv-seminarlar davom etmoqda. Seminarlar Oʻzbekiston musulmonlari idorasining tegishli buyrugʻi asosida tashkil etilmoqda.Bugun, 9-yanvar, oʻquv-seminarning navbatdagi mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.Mashgʻulotda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Moturidiylik taʼlimoti tadqiqotlari boʻlimi boshligʻi Alloqulov Abdullatif Abdullayevich tomonidan “Moturidiylik taʼlimoti va uning islom olamida tutgan oʻrni” mavzusida maʼruza qilindi.



Maʼruzada Moturidiylik taʼlimotining shakllanishi, Imom Moturidiyning aqidaviy metodologiyasi, aql va naql uygʻunligi tamoyili hamda ushbu maktabning islom tafakkuridagi oʻrni atroflicha yoritildi.


Shuningdek, aqida ilmi boʻyicha moʼtabar manbalarni ilmiy mezonlar asosida tarjima qilish, nashrga tayyorlash va keng jamoatchilikka yetkazish borasida olib borilayotgan izchil ishlar alohida taʼkidlandi hamda yurtboshimiz tomonidan bu yoʻnalishga berilayotgan eʼtibor yuqori baholandi.Mashgʻulot savol-javoblar bilan yakunlandi.
Abdurahmon Ismoilov Koʻkaldosh OʻMIBY oʻquv-uslubiy boʻlim uslubchisi






