Bugungi kunda yurtimizda diniy-maʼrifiy merosni asrash, ulugʻ allomalar va ustozlarning ilmiy-maʼnaviy faoliyatini oʻrganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, koʻplab yetuk ulamolar, mudarrislar va maʼrifat fidoyilarini yetishtirib bergan Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtining tarixiy oʻrni alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu ilm maskanida faoliyat olib borgan ustozlar nafaqat talabalarga diniy bilim berish, balki jamiyatda maʼrifat, axloq va milliy-diniy qadriyatlarni mustahkamlash yoʻlida ham munosib xizmat qilganlar.
Ayniqsa, bugun oramizda boʻlmagan, ammo oʻzidan boy ilmiy-maʼnaviy meros qoldirgan ustozlarning hayoti va faoliyatini yoritish yosh avlod uchun muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Ularning sabr-matonati, ilmga sadoqati, shogirdlar tarbiyasidagi fidoyiligi va jamiyat oldidagi xizmatlari kelajak avlod uchun ibrat maktabi boʻlib xizmat qiladi.
Doʻstmuhammad domla Nasriddinov Bodariy 1928-yil Tojikistonning Xoʻjand shaxrida tugʻilgan. 1953-1961-yillarda Buxorodagi Mir Arab madrasasida taʼlim olgan. Keyinchalik zamonasining atoqli olimlaridan xossatan Domla Hindistoniy, Lazgin domla va Alixontoʻra sogʻuniylardan taʼlim olganlar. Ustoz Zohidxon Qodirov Doʻstmuhammad domlani shunday tariflaganlar: “Doʻstmuhammad domla hamisha Ustozim Alixon Toʻra Sogʻuniy menga diniy taʼlim berishni tayinlaganlar. Agar diniy ilm bermay boshqa kasb bilan shugʻullansam qiyomat kuni ustozim meni hijolat qiladilar” deb koʻp takrorlar edilar. Ustoz shu vadaga amal qilib butun umr diniy taʼlim berib keldilar.lim berib keldilar.
Shogirtlari ustozni sodda va qiziqarli oʻtgan darslarini haligacha sogʻinch bilan eslashadi. Koʻkaldosh madrasasida koʻp yillar tafsir, aqoid, balogʻat, sarf va nahv fanlaridan dars berib kelganlar. Doʻstmuhammad domla koʻplab kitoblar ham yozdilar. Jumladan: Aqoid, sovrunut tolib, mukammal sarf darsligi va shirin kalom kabi kitoblari nashr qilindi. U zot hayotda kamtar, hokisor va halim inson sifatida yashab oʻtdi. Taqvoda ham ustozda teng keladigan insonni topish mushkul edi. Doʻstmuhammad domla 2012-yil Xoʻjand shahrida vafot etdi. Alloh taolo u zotni oxiratlarini obod qilsin.
Shayx Muhammad Latif domla 1958-yil 9-dekabrda Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanida ziyoli oilada tugʻildi. Ilk diniy taʼlimni otasidan olgan. U zotning otalari oʻz davrining yetuk olimlaridan biri edi. 1978-yil Buxorodagi Mir Arab madrasasini tamomlab, ikki yillik harbiy hizmatni oʻtab qaytgan. 1981-1985-yillar Toshkent Islom Institutida taʼlimni davom ettirgan. Oʻqishni tamomlab, Mir Arab madrasasiga mudarris etib tayinlanganlar. Bundan tashqari Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston Musulmonlari idorasining Xalqaro boʻlimida tarjimon sifatida ish boshlagan. 1987- yil ushbu boʻlimga rahbar etib tayinlangan. 2008-yildan boshlab Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtiga mudarris etib tayinlandi. 2010-yil Oʻzbekistonning koʻplab ulamolari bilan birga Chechenistonning Gruzin shahridagi anjumnda ishtirok etgani boradi. Bu safar davomida Chechenistonning Oliy diniy bilim yurtiga mudarrislikka taklif qilinadi. Ustoz anjumandan bir oy oʻtib u yerda dars berishni boshlaydilar. Gruzin shahridagi Oliy diniy bilim yurtida oʻn bir yil mudarrislik qilgan. Ustoz ellik yetti yoshlarida Qurʼon hofizi boʻladi. U zot 2021-yil 29-may kuni Gruzin shahrida toli ilmlarga maruza qilish vaqtida vafot qildi. Alloh taolo u zotni oxiratlarini obod qilsin.
Abdusalom domla Vosiyev 1958-yil Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida dunyoga kelgan. Boshlangʻich diniy taʼlimni otasidan oladi. 1995-yil Toshkent Islom Institutiga oʻqishga kiradi. 1999-yil institutni tamomlab, Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtiga mudarris etib tayinlandi. Ustoz oʻn olti yil davomida shu madrasada dars bergan. 2015-yil sogʻligi yomonlashgani sabab madrasadagi faoliyatini tugatadi. 2020-yil 62 yoshida vafot qiladi.
ustozning talabalri u zotni shunday xotirlashadi: “Ustozning darslari shunday qiziqarli boʻlar ediki, dars vaqti qanday oʻtganini bilmay qolar edik”. Alloh taolo u zotni oxiratlarini obod qilsin.
Abror domla Abrorov 1972-yil Surxondaryo viloyati Muzrobod tumanida tugʻilgan. 1991-1995-yillar Toshkent Islon institutida taʼlim olgan. 1996-1997-yillar Misr Arab Respublikasida taʼlim olib qaytgan. 2003-2006-yilllar davomida Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtiga mudarris etib tayinlandi. 2005-2005-2009-yillar oraligʻida Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutida dinshunoslik fanidan dars bergan. Ustoz 2009-yil bu yorugʻ dunyoni tark etdi. Alloh taolo u zotni oxiratlarini obod qilsin.
Qahramon domla Toʻrayev 1975-yil Jizzah vilotida tugʻilgan. 1999-2003-yillarda Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida taʼlim olgan. 2003-yidan 2013-yilgacha shu madrasada mudarrislik qilgan. Ustoz 2013-yil bu yorugʻ dunyoni tark etdi. Alloh taolo u zotni oxiratlarini obod qilsin.
Qahramon domla Maqsadov 1978-yil Samarqand viloyati tugʻilgan. 1998-2002-yillar oraligʻida Toshkent Islom institutida taʼlim olgan. 2005-yil institutni tamomlab, Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtiga mudarris etib tayinlandi. Besh yil davomida koʻplab tolibi ilmlarga gʻayrat bilan taʼlim beribdi. Ustoz 2010-yil bu yorugʻ dunyoni tark etdi. Alloh taolo u zotni oxiratlarini obod qilsin.
Ustozlarning hayot yoʻli, ilmga muhabbati, kasbiga sadoqati va shogirdlar tarbiyasidagi masʼuliyati bugungi va kelajak avlod uchun muhim ibrat manbai boʻlib qoladi. Ularning nomini xotirlash, ilmiy va maʼnaviy merosini oʻrganish hamda keng targʻib qilish nafaqat ehtirom ifodasi, balki ilm ahliga boʻlgan hurmatning amaliy koʻrinishidir.
Shu bois, Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti tarixida munosib oʻrin tutgan bunday ustozlarning faoliyatini oʻrganish va kelajak avlodga yetkazish muhim ilmiy hamda maʼnaviy vazifalardan biri boʻlib qoladi.
©️ Asatullayev Farxod
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi






