SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
“Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining 67-davra mashgʻulotlari boshlandi
05.01.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

“Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining 67-davra mashgʻulotlari boshlandi

«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurtida faoliyat yuritib kelayotgan “Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining navbatdagi 67-davra mashgʻulotlari 2026-yil 5-yanvar sanasidan boshlandi.

Mazkur oʻquv kursi davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanilgan holda tashkil etilib, bilim yurti rahbariyati va ustozlarning fidokorona mehnati natijasida bugungi kunga qadar minglab tinglovchilar Alloh taoloning kalomini tajvid qoidalariga muvofiq, toʻgʻri va mukammal oʻqishni oʻrganib chiqqanlar.

“Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining 67-davra mashgʻulotlari boshlandi (1)

Mashgʻulotlar boshlanishi munosabati bilan boʻlib oʻtgan yigʻilishda «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri Maʼmurjon domla Erkayev hamda “Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursi masʼul xodimi Shamsiddinxoʻja domla Suleymanov ishtirok etdilar.

“Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining 67-davra mashgʻulotlari boshlandi (2)
“Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining 67-davra mashgʻulotlari boshlandi (3)

Yigʻilishda bilim yurti mudiri Maʼmurjon domla Erkayev yangi davra tinglovchilarini tabriklab, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, berilgan neʼmatlarni qadriga yetish hamda bugungi kunda Oʻzbekistonda davlat va din munosabatlari hamda diniy-maʼrifiy islohotlarning jadal surʼatlarda amalga oshirilayotgani, shuningdek, noqonuniy diniy taʼlim olish va berishning qonun tomonidan taqiqlanganligi, uning salbiy oqibatlari haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

“Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining 67-davra mashgʻulotlari boshlandi (4)

Shuningdek, oʻquv kursi tinglovchilariga tartib-intizomga qatʼiy rioya qilish, darslarga belgilangan vaqtda kelish, mashgʻulotlarda muntazam ishtirok etish hamda ichki qoidalarga amal qilish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.

Yigʻilish yakunida “Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursining navbatdagi bosqich tinglovchilari haqqiga duoyi xayrlar qilindi.

Oʻquv kurslari boʻlimi xodimi
Sh. Suleymanov

What you can read next

Билим юртида “Фиқҳий мазҳаблар ва ислом уммати бирлиги” мавзусида илмий-амалий анжумани ўтказилди
Билим юртида “Фиқҳий мазҳаблар ва ислом уммати бирлиги” мавзусида илмий-амалий анжумани ўтказилди
Сузук Ота мажмуасига ташриф
Сузук Ота мажмуасига ташриф
“Мусталаҳул ҳадис” дарсидан лавҳа
“Мусталаҳул ҳадис” дарсидан лавҳа

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP