Birinchi Kitob.
Savdo haqida.
Muqaddima va Yetti bobdan iborat.
1. “Iyjob” bu muomala (bitim)ni vujudga keltirish maqsadida ikki tomondan birining ogʻzidan chiqqan birinchi soʻz boʻlib, shu orqali bitim vojib va sobit boʻladi.
2. “Qabul” bu muomala(bitim)ni vujudga keltirish maqsadida ikki tomondan birining aytadigan ikkinchi soʻz boʻlib, shu qabul orqali bitim amalga oshadi.
3. “Aqd” bitim bu ikki tomonning oʻzaro majburiyati va biror ishni bajarishga boʻlgan vaʼdasi boʻlib, u iyjob va qabulning bogʻlanishidan iborat.
4. “Inʼiqod” bu iyjob va qabulning bir biri bilan sharʼiy tarzda bogʻlanishi boʻlib, uning taʼsiri bogʻlangan narsada nomoyon boʻladi.
Bu yerda bogʻlangan narsa- sotiladigan mol va narxdir. Taʼsir esa xaridor molni, sotuvchi esa narxni egallashidir.
5. “Bay” yaʼni savdo – molni molga almashtirish boʻlib, u ikki turga boʻlinadi: amalga oshgan (bogʻlangan) va amalga oshmagan (bogʻlanmagan).
6. “Amalga oshgan savdo” bu yuqoridagi taʼriflarga toʻgʻri keladigan tarzda bogʻlangan savdo boʻlib, u quyidagilarga boʻlinadi: sahih, fosid, nofiz va mavquf boʻladi, mazkurlar savdo turlari haqida alohida taʼrif keladi.
7. Amalga oshmagan savdo – bu notoʻgʻri yaʼni botil savdodir.
8. Sahih savdo bu – asli yaʼni mohiyati va tavsifi shariatda koʻrsatilganidek boʻlgan savdodir.
9. Fosid savdo bu sharʼiy hisoblansada, lekin tavsifi yaʼni sifatida muammoli savdodir unung baʼzi sifatlari shariatga toʻgʻri kelmaydi.
10. Botil savdo – bu aslo durustmas uning asli, mohiyati shariatda ruxsat berilmagan.
11. Mavquf savdo – bu boshqa birovning huquqi bilan bogʻliq boʻlgan “fuzuliyning savdo”siga oʻxshash savdodir.
12. Fuzuliy: sharʼiy ruxsat boʻlmasdan turib boshqaning nomidan savdo qiladigan shaxsdir.
13. Bayʼun Nafiz:- oʻtimli savdo boʻlib, birovning huquqi bilan bogʻliq boʻlmagan sharʼiy durust boʻlgan savdodir. U lozimiy va gʻoyri lozimiy savdo turlariga boʻlinadi.
14. Lozimiy savdo: Ixtiyor (xiyori shart, xiyori ayb, xiyori ruʼya)lardan xoli boʻlgan savdodir.
15. Gʻoyri lozimy savdo – oʻtimli savdo boʻladiyu ammo mazkur ixtiyorlardan biri qatnashgan boʻladi.
16. Xiyor – oldi sotti qiluvchilarni biri yoki har ikkisidaixtiyor mavjud boʻlishidir.
17. Bayʼul Baat – uzul kesil boʻlgan qatʼiy savdodir.
18. Bayʼul Vafo – bu sotuvchi har qachon pulni qaytarsa, xaridor unga sotib olingan molni qaytarish sharti bilan qilingan savdo turidir. Bu oʻrinda xaridor sotib olingan moldan foydalanishiga nazar qilinsa savdo joiz, oldi-sotti qiluvchilarni har biri buzish huquqiga ega boʻlishi jihatidan esa fosid savdo, xaridor uni sotuvchidan boshqa shaxsga sotolmasligi eʼtiboridan garov hukmiga oʻxshash savdo turidir.
19. “Bayʼul istigʻlol” bu savdo bayʼul vafo koʻrinishida boʻlib, sotuvchi sotgan narsasini ijaraga olish shartiga asosan boʻladigan savdo turidir.
20. Savdo sotilayotgan mol yaʼni “mabiy” eʼtiboriga koʻra toʻrt qismga boʻlinadi:
Birinchi qism: molni umumiy ekvivalent muomalada isteʼmoli yurib turgan pul bilan qilinadigan savdo.
Ikkinchi qism: sarf savdosi, bu pulni pulga boʻladigan savdosi, masalan AQSh dollarini soʻmga sotish.
Uchinchi qism: muqoyaza savdo, bu savdo turida molni molga sotish (barter)pul aralashmagan savdo turdir.
Toʻrtinchi qism: salam savdosi – maʼlum shartlarni oʻz ichiga olgan holda oldindan pul beriladi va savdo moli maʼlum muddatga kechiktiriladi.
21. “Sarf” – pulni pulga boʻlgan savdosi.
22. “Muquyaza”- pul boʻlmagan molni molga almashtirishdir. Bu holatda naqdlar har ikki tarafdan qatnashmaydi.
23. “Salam” – naqdga nasiyani savdosidir.
24. “Istisno” – usta yoki hunarmand bilan biron narsa yasab berish shartiga koʻra qilinadigan bitimdir, bu oʻrinda amal qiluvchi usta yoki hunarmand, xaridor buyurtmachi, narsa esa buyurtma deyiladi.
25. “Mulk” – bu inson oʻziga egalik qiladigan narsa boʻlib, u moddiy ashyo boʻlishi ham, foyda (foydalanish huquqlari) va qarzlar boʻlishi ham mumkin.
Mirzayev Kamoliddin Koʻkaldosh OʻMIBYu mudarrisi





