SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
28.08.2026 / Bo‘limda Islom tarixi, Maqolalar

Zulmatdan nurgacha (10-qism) Arqam xonadonidagi maktab

Shunday qilib, Islomning dastlabki davrida musulmonlar soni asta-sekin koʻpayib bordi. Lekin ular hali juda oz edi.
Bir tomonda butun Makka jamiyati, Qurayshning kuchli qabilalari va boylari turgan boʻlsa, ikkinchi tomonda Allohga imon keltirgan oz sonli musulmonlar turardi. Lekin musulmonlarning kuchi sonida emas, imonida edi.
Uch yil davom etgan maxfiy daʼvat muddatida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam daʼvatni Qurayshning umumiy yigʻiladigan joylarida oshkor qilmadilar. Musulmonlar ham Quraysh mushriklarining qarshiligidan qoʻrqib, oshkora ibodat qila olmas edi. Kim ibodat qilmoqchi boʻlsa, uni yashirin ado etish uchun Makka daralariga borar edi.
Islomni qabul qilgan musulmonlarning soni oʻttizdan ortganda, ularga taʼlim-tarbiya berish uchun yashirin yigʻiladigan joy zarur boʻlib qoldi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Arqam ibn Abul Arqam roziyallohu anhuning uyini tanlab, oʻsha yerga koʻchib oʻtdilar.
Shu tariqa Arqam roziyallohu anhuning xonadoni Islom daʼvatining ilk markaziga aylandi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam u yerda sahobalarga Qurʼon oʻqitar, ularga tavhid, imon va axloq asoslarini tushuntirar edilar. Dastlabki musulmonlar shu yerda taʼlim va tarbiya oldilar.
Bu davrda asosiy eʼtibor Allohning yagonaligiga imon keltirish, sabr, halollik va goʻzal axloq kabi masalalarga qaratildi.
Endi bir savol tugʻiladi: nega Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dastlabki daʼvatni yashirin olib bordilar?
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam daʼvatni boshlaganlarida Makka jamiyati butparastlikka asoslangan edi. Quraysh Kaʼba atrofidagi butlar va mavjud diniy tartibni oʻz manfaatlari bilan bogʻlab olgan edi.
Shuning uchun Islomning “Lo ilaha illalloh” degan daʼvati ularning diniy-ijtimoiy qarashlariga jiddiy zarba boʻldi. Dastlab musulmonlar ozchilik boʻlgani uchun ham u zot daʼvatni bosqichma-bosqich olib bordilar.
Ammo bu holat abadiy davom etmadi. Alloh taolo Hijr surasida ochiq daʼvat qilishga amr berdi:

فَاصْدَعْ بِمَا تُؤْمَرُ وَأَعْرِضْ عَنِ الْمُشْرِكِينَ

“Bas, sizga buyurilgan narsani ochiq bayon qiling va mushriklardan yuz oʻgiring” (Hijr surasi, 94-oyat).
Shundan keyin Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Makkadagi barcha insonlarni ochiqchasiga Islomga chaqira boshladilar.
(Davomi bor…)

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi oʻqituvchisi Roʻziqulov Ikrom

Tagged under: maqola, mavlid, nabiy, siyrat

What you can read next

Qilich va qalam: Sohibqiron va Ibn Xaldun bahsi
Qilich va qalam: Sohibqiron va Ibn Xaldun bahsi
Имом Нававий роҳматуллоҳи алайҳ “Жория ҳадиси”га берган шарҳлари
Бир амалга ўн савоб
Бир амалга ўн савоб

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP