Bugun, 2-oktyabr kuni «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurtida «Qurʼoni karim va tajvid» oʻquv kursining navbatdagi 61-davra mashgʻulotlari yakunlandi.



Yigʻilishda bilim yurti Matbuot kotibi Axunjanov Rustam, Oʻquv uslubiy boʻlim boshligʻi Farxod Asatullayev, «Qurʼoni karim va tajvid» oʻquv kursi ustozlari Lutfullo Jamalov va Abdurazzoq Isaqovlar ishtirok etishdi.

Yigʻilishda bilim yurti Matbuot kotibi Axunjanov Rustam bitiruvchilarni mazkur kursni tugatganliklari bilan muborakbod etib, Qurʼoni karim tilovat qiluvchi va hofizi Kalomullohlarning fazilatlari, ularning Alloh taolo huzurudagi va barcha maxluqotlarning orasidagi darajalari haqida bayon qilib berdi hamda «Qurʼoni karim va tajvid» oʻquv kursini bitiruvchilariga berilgan sertifikat diniy taʼlim berishga hech qanday qonuniy asosga ega emasligini taʼkidlab oʻtdi va ularga kelgusi faoliyatlarida omad tilab oʻz soʻzini tugatdi.



Mazkur bosqich tinglovchilariga bilim yurti tomonidan «Qurʼoni karim va tajvid» oʻquv kursini yakunlanganini tasdiqlovchi sertifikatlar hamda sovgʻa sifatida Qurʼoni karim musʼhafi topshirildi.
Mazkur yigʻilishda boʻlgan ustozlar bitiruvchilarga omad tilab ularning haqqilariga duoi xayrlar qildilar.


J. Ismatov, «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti «Qurʼon karim va tajvid» oʻquv kursi uslubchisi





