27-iyun kuni “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan maxsus tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida bilim yurtining matbuot kotibi Axundjanov Rustam domla Zakirovich hamda bilim yurti operatori Miragzamov Mirasqar Mirabzalovich oʻzining fidokorona mehnati, faoliyati va bilim yurti rivojiga qoʻshgan hissasi uchun faxriy yorliq va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.


Axundjanov Rustam domla Zakirovich matbuot kotibi sifatida oʻquv yurti haqida ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda maqolalar tayyorlash, turli tadbirlarni yoritish hamda bilim yurti obroʻsini oshirishga qaratilgan samarali ishlar olib borgan. Uning professionalligi va masʼuliyatli yondashuvi bilim yurtining tashqi kommunikatsiya faoliyatida muhim rol oʻynadi.


Bu taqdirlashlar har bir xodimning ishga boʻlgan munosabatini kuchaytirish hamda kelgusida yanada samarali faoliyat yuritish uchun ragʻbat sifatida xizmat qiladi.

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti rahbariyati va jamoasi barcha xodimlarni ushbu kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, ularga sogʻliq, baxt-saodat va kasbiy yutuqlar tilaydi.
Saidazimxon SAIDAKRAMOV
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi






