Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida 2025-yilning may oyi — “Vijdon erkinligi va diniy islohotlar targʻiboti” oyligi doirasida bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda. Ushbu oylik munosabati bilan bilim yurti kutubxonasi va maʼnaviyat boʻlimi hamkorligida «Vijdon erkinligi va diniy islohotlar» mavzusida kitoblar va jurnallar burchagi tashkil etildi.




Koʻrgazmada Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonun, Prezident farmon va qarorlari, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan nashr etilgan diniy-maʼrifiy adabiyotlar, shuningdek, islom dini tarixiga oid asarlar, ulamolarimizning ilmiy merosi, islohotlarning ijtimoiy hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatiga oid kitob va maqolalar namoyish etilmoqda.
Koʻrgazma talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, ularning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, vijdon erkinligi, diniy bagʻrikenglik va islohotlarning mohiyatini chuqur anglashiga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, yoshlar orasida sogʻlom dunyoqarash, milliy va dini qadriyatlarimizga hurmat tuygʻusini shakllantirishda bunday koʻrgazmalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Tashkil etilgan burchakda talaba-yoshlar, ustozlar va mehmonlar bemalol tanishishlari, oʻzlariga kerakli adabiyotlar bilan yaqindan tanishib, maʼnaviy bilimlarini oshirish imkoniyatiga ega boʻlishmoqda.
Saidazimxon SAIDAKRAMOV
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi






