VII asrda Islom paydo boʻlishi bilan arab tilini oʻqitish usullari tubdan oʻzgardi. Dastlab islomdan oldingi davr arab tili sheʼrlar va oʻtmishda oʻtgan ajdodlardan saqlanib kelayotgan ogʻzaki uslubga asoslangan boʻlsa, keying davrda Kuttab(maktabxonalar) til oʻrgatish markaziga aylandi.
Kuttablar – bolalar Qurʼon va arab tilini oʻrganadigan joylar boʻlib, bu yerda oʻqish, yozish va tilning asosiy qoidalari oʻrgatilardi. “Kuttab”lar (baʼzida “maktab” deb ham atalgan) tarixiy islomiy taʼlim muassasalari boʻlib, ular asosan bolalarga ilk diniy va dunyoviy bilimlarni berishga xizmat qilgan.[1] Ular asosan IX–XIX asrlarda musulmon dunyosining koʻplab hududlarida keng tarqalgan boʻlgan, shu jumladan Movarounnahr, Eron, Arab mamlakatlari, Usmoniylar imperiyasi va boshqalarda ham mavjud boʻlgan. Kuttablar (maktabxonalar) da Qurʼon oʻrgatish (Qurʼonni toʻgʻri oʻqishni va yod olishni oʻrganish), Arab yozuvi va grammatika (Harflarni yozish, yozuvni toʻgʻri shakllantirish, sarf va nahv (morfologiya va sintaksis), Etika va odob(Kuttablarda axloq-odob, ota-ona, ustoz, qoʻshnilar bilan muomala qoidalari), baʼzida dunyoviy fanlar (hisob, yozuv, hatto astronomiya asoslari oʻrgatilgan (ayniqsa shaharlarda). Taʼlim uslubida yodlash,shaxsiy yondashuv va boshqa usullrdan foydalanilgan. Kuttablar savodsizlikka qarshi kurashgan eng qadimiy tizimlardan biri hisoblanadi. Islom olamida koʻp allomalar aynan kuttablardan taʼlim olishni boshlagan: Imom Buxoriy, Imom Gʻazzoliy, Abu Nasr Forobiy va boshqalar. Bugungi maktablarning tarixiy ildizlarini koʻp jihatdan aynan shu kuttablarda koʻrish mumkin. Movarounnahr, Eron, Arab mamlakatlari, Usmoniylar imperiyasi kuttablari ayrim jihatlari bilan bir biridan farq qilgan.
Oʻrta Osiyo kuttablari: Oʻrta Osiyoda kuttablar asosan Qurʼon oʻqish, yozuv, arab tili va islomiy axloqni oʻrgatish uchun tashkil etilgan.[2] Bu taʼlim muassasalari koʻpincha masjidlar yoki madrasalarga biriktirilgan boʻlgan. Madrasahlar esa yuqori darajadagi ilmiy taʼlim beruvchi muassasalar boʻlib, fiqh, hadis, ilmiy tafsir kabi fanlarni oʻrgatgan. Buxoro amirligida madrasalar koʻplab ilmiy markazlarga aylangan .[3]
Usmoniylar imperiyasidagi kuttablar (mekteplar): Usmoniylar imperiyasida kuttablar (mektep yoki sibyan maktabi deb atalgan) boshlangʻich taʼlim muassasalari boʻlib, bolalarga Qurʼon, arab alifbosi, ilmi hol, tajvid, suls va nash yozuvlari oʻrgatilgan.[4] Bu maktablar koʻpincha masjidlar yoki diniy komplekslarga biriktirilgan boʻlib, koʻplab maktablar xayriya asosida faoliyat koʻrsatgan. Mekteplar koʻpincha qizlar va oʻgʻil bolalar uchun birgalikda faoliyat yuritgan .[5]
Arab mamlakatlaridagi kuttablar : Arab mamlakatlarida kuttablar (maktab yoki masjid deb atalgan) Qurʼon oʻqish, yozuv, arab tili va islomiy axloqni oʻrgatish uchun tashkil etilgan. Bu taʼlim muassasalari koʻpincha masjidlar yoki diniy komplekslarga biriktirilgan boʻlgan . Misrda, ayniqsa Qohirada, kuttablar koʻpincha sabil (jamoat uchun suv tarqatish joylari) bilan birga qurilgan boʻlib, bu arxitektura shakli mamluklar va keyinchalik Usmoniylar davrida keng tarqalgan . [6]
Oʻrta Osiyo, Arab mamlakatlari va Usmoniylar davri kuttablari bir nechta jixati bilan bir biridan farqlanadi.
Oʻrta Osiyo kuttablarida qurʼon, arab tili, axloq masjid yoki diniy komplekslarda guruh shaklida qiz va oʻgʻil bollar alohida shaklda oddiy xonalarda oʻqitilgan.
Usmoniy kuttablarida qurʼon, ilmi hol, yozuv fanlari masjidlar yoki kulliyalarda qiz va oʻgʻgil bollar birgalikda guruh xolda oʻqishgan.
Arab mamlakatlari kuttablarida esa guruh xolda qiz va oʻgʻil bollar birgalikda qurʼon,arab tili, axloq fanlarini sabil-kuttab (suv tarqatish joylari)da oʻqishgan.
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti talabasi Xaydarov Ibrohim
[1] Oefen.uz. «Oʻrta Osiyoning oʻrta asrlardagi taʼlim-tarbiya muassasalari».
[2] Oefen.uz. «Oʻrta Osiyoning oʻrta asrlardagi taʼlim-tarbiya muassasalari».
[3] cajssh.centralasianstudies.org
[4] Arxiv.uz. «Usmoniylar imperiyasi Tanzimot davrida»
[6] Arxiv.uz. «Arab mamlakatlaridagi dastlabki iqtisodiy gʻoyalar»





