SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Turkiston ahlining buyuk namoyondasi alixontoʻra sogʻuniyning hayot yoʻli
26.03.2025 / Bo‘limda Maqolalar

Turkiston ahlining buyuk namoyondasi alixontoʻra sogʻuniyning hayot yoʻli

Alixontoʻra Sogʻuniy Shokirxontoʻra oʻgʻli 1885-yil millatimizning qutlugʻ ayyomi boʻlmish Navroʻz ayyomi kuni, yaʼni 21-mart kuni, Qirgʻizistonning Toʻqmoq shahrida oʻzbek oilasida tavallud topgan. Bu insonning otalari Shokirxontoʻra asli andijonlik boʻlib, naqshbandiya tariqatiga mansub olim boʻlganlar. Shokirxontoʻra xalq orasida Shokirxoʻja Eshon nomi bilan mashhur edi. Bu inson islom dinining muqaddas shaharlari boʻlmish Makka va Madina shaharlariga tashrif buyurib haj amallarini ham bajarganlar. Oʻsha paytda Turkistonda ham diniy taʼlim olish uchun madrasalar yetarli boʻlsada, U kishi oʻgʻillari Olimxontoʻra va Alixontoʻrani oʻn toʻrt yoshida Hajga olib borib ziyorat qildirib va oʻqish uchun Makkayu Madinaga qoldirib kelganlar. Madinai munavvaradagi dorulfununlardan birida tahsil olgan Alixontoʻra qiroat, tafsir, hadis, fiqh, nahv, balogʻat, mantiq, tabobat, tarix, siyrat, jugʻrofiya, nazmu nasr va boshqa fanlar boʻyicha ham yetuk mutaxassis boʻlib yetishgan. Alixontoʻra Sogʻuniyning otalari nafaqat diniy bilim olish, shu bilan birga til oʻrganish uchun ham oʻsha yerda qoldirib kelganlar. U yerda 5 yil tahsil olganlar. Alixontoʻra Sogʻuniy juda ham oʻtkir soʻzli, chuqur islomiy va tarixiy ilmlar, uygʻur, arab, fors, turk tillarining bilimdoni boʻlgan.

Jadidchilik harakati XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda maʼrifat, milliy oʻzlik va mustaqillik gʻoyalarini targʻib qilgan muhim ijtimoiy-siyosiy oqim sifatida taʼriflanadi. Alixontoʻra Sogʻuniyning ushbu harakatdagi oʻrni – uning diniy olim, shoir, siyosiy lider va tibbiyot mutaxassisi sifatidagi koʻp qirrali faoliyatini koʻrishimiz mumkin. Alixontoʻra Sogʻuniyning Ilmiy meroslari ichida nodir durdona sifatida ulugʻlanadigan asarlaridan biri bu – “Tarixi Muhammadiy” asaridir. Ushbu asar Paygʻambar Muhammad sollolohu alayhi vasallamning hayotini turkiy tilda oddiy xalqqa tushunarli qilib yozilgan asar sifatida taʼriflanadi. Bu asar Sogʻuniyning diniy bilimlarni ommalashtirishdagi saʼy-harakatlarini koʻrsatadi. Mazkur asarning yozilishi kelajak avlod ichki dunyosi qashshoqlanishining oldini olish, azaliy qadriyatlar qimmatini paygʻambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam tarixlari bilan tanishtirish orqali saqlab qolish yoʻlida qilingan buyuk jihod hisoblanadi.

Alixontoʻra Sogʻuniy “Bilmak kerakkim, har bir musulmon bolasi, xohi er kishi, xohi xotun kishi, xohi yosh, xohi qari, mana shu tubandagi toʻrt narsaning tarixini bilishi albatta lozimdur.

I. Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom tarixlari.

II. Qurʼoni karim tarixi.

III. Dini Islom tarixi.

IV.Kaʼbatulloh tarixi.

Shuning uchun, men faqir – Alixontoʻra Shokirxontoʻra oʻgʻli Sogʻuniydurmankim, bizlardin keyingi avlod nasllarimizga va ham boshqa turkiy tillik vatandosh, din qarindoshlarimizga mendan yodgor boʻlsin deb yuqoridagi toʻrt narsa tarixini har qandoq kishi tushungudek qilib, ochiq turkiy tilida yozdim. Bu kitobga “Tarixi Muhammadiy”, deb ot qoʻydim. Buni oʻqiguvchilar faqirni duolarida yod qilib qoʻyishlarini umid qilurman”  deya oʻz kitoblarida keltirib oʻtganlar.

 Biz bu kishini faqat diniy ulamo sifatida emas balki, siyosiy rahnamo sifatida bilishimiz, Xattoki Sharqiy Turkiston Jumhuriyati Sogʻuniyning Sharqiy Turkiston Jumhuriyatining Birinchi Prezidenti sifatida ham koʻrishganligini, mustaqillik uchun kurashi va bu harakatning magʻlubiyatidan keyingi taʼqiblar haqida, uning Turkistonni yaxlit geosiyosiy hudud sifatida tasavvur qilgani va mustamlakachilikdan xalos boʻlish yoʻllarini izlaganini ham tarixdan koʻrishimiz mumkin.

Alixontoʻra Sogʻuniyning merosi nafaqat tarixiy xotira, balki kelajak avlodlar uchun maʼnaviy va siyosiy yoʻl-yoʻriq sifatida qadrlanadi. Uning koʻp qirrali faoliyati Turkiston jadidchiligining eng muhim sahifalaridan birini tashkil etadi.  Uning asarlari diniy-ilmiy tasnifda bir nechta yoʻnalishni qamrab oladi: siyrat va islom tarixi (“Tarixi Muhammadiy”), diniy-siyosiy tadqiqot (“Turkiston qaygʻusi). U diniy bilimlarni ilmiy tadqiqotlar bilan uygʻunlashtirib, xalqning maʼnaviy va jismoniy salomatligini mustahkamlashga xizmat qilgan. Uning merosi islomiy maʼrifat va Turkistonning ilmiy rivojlanishi uchun muhim manba hisoblanadi.

Abdumalikov Raxmatulloh Abduqahhor oʻgʻli Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti 1 kurs talabasi

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Alixontoʻra Sogʻuniy. Tarixi Muhammadiy. 1-kitob. -T.: Sharq, 2003.

2. Alixontoʻra Sogʻuniy. Turkiston qaygʻusi. – T., 2003.

3. Temur tuzuklari / Guliston jurnali, 1967.

4. Shokirov U. Alixontoʻra Sogʻuniy. –T.: Muxarrir, 2013.

What you can read next

Ислом - тинчлик ва маърифат дини
Ислом – тинчлик ва маърифат дини
Нега кеча кундуздан муқаддам зикр қилинди?
Нега кеча кундуздан муқаддам зикр қилинди?
Исломий биродарлик ва мусулмоннинг ҳақлари
Исломий биродарлик ва мусулмоннинг ҳақлари

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP