SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Bilim yurtida xorijlik talabalar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi
26.02.2025 / Bo‘limda Yangiliklar

Bilim yurtida xorijlik talabalar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida xorijlik talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda bilim yurti mudiri, islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) M. Erkayev, maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha mudir oʻrinbosari A. Gʻaniyev, ustozlar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Suhbat davomida bilim yurti mudiri, islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) M. Erkayev Oʻzbekiston Respublikasida xorijlik talabalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, jumladan, Koʻkaldosh madrasasidagi xorijlik talabalarning taʼlimi va turar-joy imkoniyatlari haqida soʻz yuritdi. Shuningdek, xorijlik talabalar taʼlim salohiyatini oshirish hamda ularni yuqori bosqichga olib chiqish zarurligi taʼkidlandi. Talabalarning oʻz yurtlarida xizmat qilishlari uchun yuqori malaka egasi boʻlishlari muhimligini alohida qayd etdi.

Bilim yurtida xorijlik talabalar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi (1)
Bilim yurtida xorijlik talabalar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi (2)
Bilim yurtida xorijlik talabalar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi (3)
Bilim yurtida xorijlik talabalar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi (4)
Bilim yurtida xorijlik talabalar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi (5)

Bundan tashqari, madrasada taʼlim olayotgan xorijlik talabalar va mahalliy talabalar oʻrtasida doʻstona aloqalarni mustahkamlash, bir-birini tushunish va hamjihat boʻlish muhimligi haqida fikrlar bildirildi.
Tadbir davomida talabalar oʻz fikrlarini ochiq ifoda etishdi va taʼlim jarayonida duch kelayotgan ayrim vaziyatlarni muhokama qilishdi. Bu kabi ochiq muloqotlar xorijlik talabalar uchun muhim ahamiyat kasb etib, ular oʻz fikrlarini bildirish, taʼlim sifati borasida oʻz takliflarini ilgari surish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Suhbat natijasida talabalar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar eʼtiborga olinib, kelgusida taʼlim jarayonini yanada yaxshilash boʻyicha tegishli tadbir-choralar amalga oshirilishi aytib oʻtildi.
Yakunida Oʻzbekiston taraqqiyoti, taʼlim tizimining rivojlanishi va ilm yoʻlida bardavomlik tilab duolar qilindi.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, Xorijlik fuqarolarni oliy va oʻrta maxsus islom taʼlim muassasalariga qabul qilish alohida Nizom asosida amalga oshiriladi. Ayni paytda xorijlik fuqarolarni oʻqishga qabul qilish “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida joriy etilgan. Ayni paytda Bilim yurtda Rossiya, Turkmaniston, Tojikiston va Qirgʻiziston Respubliklaridan kelgan talabalar tahsil olishmoqda.

Saidazimxon SAIDAKRAMOV
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi uslubchisi

What you can read next

2018-2019 ўқув йили қабул имтиҳонлари учун консультациялар жадвали
2018-2019 ўқув йили қабул имтиҳонлари учун консультациялар жадвали
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi talabasi “Xalqaro azon musobaqasi”da qatnashdi
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi talabasi “Xalqaro azon musobaqasi”da qatnashdi
Маҳалла билан ҳамкорлик йўлга қўйилди
Маҳалла билан ҳамкорлик йўлга қўйилди

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP