Bugun, 6-dekabr kuni “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti «Hadis» fani oʻqituvchisi Madaminov Shokirjon va 301-guruh talabalari ishtirokida ochiq dars boʻlib oʻtdi.







Dars “Mustalahul-hadis” fanidan “Mursal hadis” mavzusida boʻlib oʻtdi. Dars jarayoni ilmiy asosda koʻrgazma qurollari hamda talabalar faolligi bilan qiziqarli oʻtdi.
Darsni bilim yurtining oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi Asatullayev Farhod, Hadis fani oʻqituvchisi Xolmuratov Asadulla domla va Eshniyozov Ibrohim domla kuzatishdi.
Jahongir ISMATOV
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Oʻquv-uslubiy boʻlim uslubchisi





