SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Akademiyada Turkiyaning “Dorul Maxtutot” markazi bosh direktorining oʻzbek tilidagi kitobi taqdimoti oʻtkazildi
14.10.2024 / Bo‘limda Yangiliklar

Akademiyada Turkiyaning “Dorul Maxtutot” markazi bosh direktorining oʻzbek tilidagi kitobi taqdimoti oʻtkazildi

Avval xabar berganimizdek, bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Turkiyaning Istanbul shahridagi qoʻlyozmalarni oʻrganishga ixtisoslashgan “Dorul Maxtutot” markazi bosh direktori Mahmud Misriy hamda Akademiya vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda olimning Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan “Qoʻlyozmalarni tadqiq qilishning nazariy asoslari” nomli kitobining oʻzbek tilidagi taqdimoti oʻtkazildi.

Taqdimot davomida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda “Dorul Maxtutot” markazi oʻrtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, “Dorul Maxtutot” markazida tashkil etilgan seminar-treninglarda qoʻlyozmalarni oʻrganish, tadqiq etish, yosh olimlarga onlayn va oflayn shaklda maʼruzalar oʻtkazish kabi masalalar muhokama etildi.

15-16-oktabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” nomli xalqaro konferensiya doirasida oʻtkazilgan muloqotda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurov, prorektorlar – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, Zokirjon Roʻziyev, professor-oʻqituvchilar, doktorant va talabalar ishtirok etdi.

Mahmud Misriy 1984-yilda Halab universitetining Tibbiyot fakultetini, 2000-yilda esa Shariʼat fakultetini tamomlagan. 2002-yilda Ilmlar tarixi boʻyicha doktorlik darajasini olgan.

2002-2012-yillarda Halabdagi Vaqf kutubxonasi rahbari, Halab universiteti Shariʼat fakutetida oʻqituvchi boʻlib ishlagan.

Hozirda Sulton Muhammad Fotih universiteti Oʻquv kengashi aʼzosi, Istanbuldagi “Dorul Maxtutot” markazi bosh direktori hisoblanadi.

Samimiy va doʻstona kechgan uchrashuvda Akademiya rektori Uygʻun Gʻafurov islom ilm-fani va madaniyatining boy tarixiy, ilmiy, maʼnaviy merosini har tomonlama oʻrganish, islom dinining insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berishda turli xalqaro ilmiy Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi va boshqa diniy taʼlim muassasalari orasida muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. 

Oʻz navbatida Mahmud Misriy samimiy qabul uchun Akademiya rahbariyatiga minnatdorlik bildirib, Oʻzbekistondagi diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi. Oʻzbekiston tinchlik-xotirjamlik hukm suradigan diyor ekanini eʼtirof etdi.

Uchrashuvda Mahmud Misriy “Dorul Maxtutot” markazi haqida maʼlumot berdi. Qqoʻlyozmalarning ahamiyati, olimlarning hozirgacha yetib kelgan ilmiy-merosini anglash ularni kitob shakliga keltirish borasida oʻzining tajribalari bilan oʻrtoqlashdi. 

Shuningdek, 15-16-oktabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida “Islom – tinchlik va ezgulik” dini mavzusidagi tashkil etilayotgan xalqaro konferensiya yuzasidan islom dinida qadriyatlarini asrab-avaylashda hanafiy-moturidiy taʼlimotlarining oʻrni, hozirgi globallashuv jarayonida islom moʼtadillik va bagʻrikenglik dini ekaniga oʻzining iliq fikrlarini bildirib oʻtdi. 

Jumladan, Mahmud Misriy  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining buyuk alloma va mutafakkirlarimizning dunyo, xususan, musulmon ilm-fani va sivilizatsiyasi ravnaqiga qoʻshgan munosib hissasi, muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyati boʻyicha fundamental tadqiqotlar oʻtkazishga oid dasturlar, ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, ularni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarn oʻtkazishni qoʻllab-quvvatlab bildirgan tashabbuslarini eshitgach, yurtimizda olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarni yuqori baholadi.

Oʻz navbatida Akademiya rektori turli talo-toʻplar, milliy, diniy, irqiy nizolar avj olayotgan bir davrda islom dini qadriyatlari, uning tinchlikparvarlik mohiyatini keng targʻib qilish, yosh avlodni diniy bagʻrikenglik, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda islom diniga yot boʻlgan radikal qarashlarga qarshi murosasizlik tuygʻusini shakllantirish va bunda Oʻzbekiston tajribasini xalqaro jamoatchilik eʼtiboriga yetkazishda mazkur konferensiya muhim oʻrin tutishini eʼtirof etdi.

Uchrashuvda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Tashrif yakunida hurmatli mehmon “Manbalar xazinasi” boʻlimida ham boʻlib, u yerda saqlanayotgan islom diniga oid nodir qoʻlyozma va toshbosma asarlar, “Usmon Musʼhafi” hamda “Langar Qurʼoni”ning nusxalari bilan tanishdi. 

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Matbuot xizmati

Manba: https://iiau.uz/oz/news/3430

What you can read next

Қорилар мусобақаси бугун Сурхондарёда
Қувайтда халқаро Қуръон мусобақаси бошланади
“Эй бандаларим” (бир қудсий ҳадис шарҳи), “Инсон қадри” ҳамда “Нурул яқин” китоблари тақдимоти.
“Эй бандаларим” (бир қудсий ҳадис шарҳи), “Инсон қадри” ҳамда “Нурул яқин” китоблари тақдимоти.
ҚУРЪОН ҲОФИЗЛАРИ ТАҚДИРЛАНДИЛАР
Қуръон ҳофизлари тақдирландилар

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP