SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Shayx Ali Muhyiddin Qoradogʻiy
14.10.2024 / Bo‘limda Yangiliklar

Shayx Ali Muhyiddin Qoradogʻiy

Butunjahon musulmon ulamolari uyushmasi raisi, Doxa dinlararo muloqot markazi raisi, Qatar universiteti Shariat va islomshunoslik fakulteti professori Shayx Ali Qoradogʻiy 1949 yil Iroq Kurdistonining Sulaymoniya viloyatiga qarashli Qoradogʻ mintaqasida dunyoga kelgan.

Dastlabki taʼlimni oʻz yurtidan olgan. Qurʼoni karimni toʻliq yodlagach, Sulaymoniya shahriga amakisi Shayx Najmuddin Qoradogʻiy, Shayx Mustafo Qoradogʻiy va boshqa bir guruh olimlardan ilm oʻrganish uchun borgan. Soʻngra Bagʻdodda Shayx Abdulkarim Muhammad al-Modarris va Shayx Abdulqodir Xatib kabi olimlar qoʻlida tahsil olgan. Qoradogʻ mintaqasidan Ali Muhyiddindan tashqari Shayx Abdul Latif al-Kabir, Shayx Muhammad Najib Qoradogʻiy, Shayx Umar Qoradogʻiy, Shayx Mustafo Qoradogʻiy, Shayx Bobo Rasul, Shayx Nuriddin, Shayx Najmiddin, Shayx Zohid Xolid Naqshbandiy singari juda koʻp ulamolar yetishib chiqqan.

Shayx Ali Qoradogʻiy 1970 yilda Bagʻdoddagi Islom institutining bakalavr bosqichini imtiyozli tamomladi. Shundan soʻng Imomi Aʼzam kulliyasida oʻqishini davom ettiradi va u yerni ham muvaffaqiyatli bitirib chiqadi. Keyin esa “Al-Azhar” universiteti Shariat va qonun fakultetida ilm olishni davom ettiradi hamda 1980 yilda Qiyosiy fiqh boʻyicha magistaturani, 1985 yilda esa doktorantura bosqichini imtiyozli tamomlaydi.

“Islom shariati hamda fuqarolik qonunchiligida rozilik asoslari” doktorlik ishida sakkizta fiqhiy mazhab, shuningdek rim, ingliz, fransuz, misr va iroq qonunchiliklari tadqiq etilgan. “Al-Azhar” universiteti olimning mazkur ishini yuqori baholab, uni dunyoning bir necha tillarida chop etishni tavsiya qilgan.

1985 yilda doktor Ali Qoradogʻiy Qatar universiteti Shariat fakulteti oʻqituvchilari safiga qoʻshildi.

1990 yilda ushbu dargohda yordamchi oʻqituvchi, 1995 yilda esa professor unvonini oldi.

Olimning moliya, iqtisod, islom fiqhi kabi yoʻnalishlarda 30 dan ortiq kitoblari, 100 dan ortiq tadqiqotlari mavjud. “Islom banklarining fiqhi”, “Islom sugʻurtasi (takoful)”, “Moliyaviy huquqlar hamda ularning amaliy tadbiqlari”, “Jahon moliyaviy inqirozi: sabablari, oqibatlari – Islom iqtisodiyoti nuqtayi nazaridan yechimlari”, “Biz va boshqalar: Qurʼon, sunnat va muvozanat qonunlari nuqtayi nazaridan, tinchlik, urush, ozchilik va koʻpchilik holatidagi musulmonning boshqalar bilan boʻlgan munosabati bayoniga asoslangan tadqiqotlar”, “Zakotga doir zamonaviy fiqhiy masalalar”, “Zamonaviy tibbiy masalalar fiqhi”, “Islom iqtisodiyoti”, “Zamonaviy fiqhiy munosabatlar”, Imom Gʻazzoliyning “Vasit” va “Ey farzand” asarlari tadqiqi va sharhi shular jumlasidan.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

What you can read next

Буюк муҳаддис “Имом Доримий” ҳаётига аталган кеча
Буюк муҳаддис “Имом Доримий” ҳаётига аталган кеча
Вакилларимизнинг тарғибот тадбирларидаги иштироки
Вакилларимизнинг тарғибот тадбирларидаги иштироки
“Кўкалдош” ўрта маҳсус ислом билим юртида “ОЛАМЛАРГА РАҲМАТ ПАЙҒАМБАР” шиори остида сийрат тадбири ўтказилди.
“Кўкалдош” ўрта маҳсус ислом билим юртида “ОЛАМЛАРГА РАҲМАТ ПАЙҒАМБАР” шиори остида сийрат тадбири ўтказилди.

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP