SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
21.05.2024 / Bo‘limda Bagʼrikenglik va jamiyat, Maqolalar

Gʻuluv va mutaassiblik moʼtadillikning aksidir

Gʻuluv haqida soʻz yuritmoqchi boʻlsak, avvalo bu soʻzning maʼnosiga eʼtibor berishimiz kerak.

Gʻuluv (الغلو) soʻzi arabcha “غلا”, “يغلو” feʼlining masdari, yaʼni oʻzagi boʻlib, lugʻatda “haddan oshish”, “meʼyorni bilmaslik”, maʼnolariga dalolat qiladi.

Dinda moʼtadillik chegarasini buzib, gʻuluvga ketish qadim-qadimlarga borib taqaladigan salbiy holat boʻlib, bu holat barcha dinlarda boʻlgan. Misol uchun, ahli kitoblardan nasorolar Alloh buyurmasa ham oʻzlariga rohibchilik va tarkidunyochilikni lozim qilib olganlarida, shuningdek, Allohning quli va paygʻambari boʻlmish Iyso alayhissalomni oʻz insoniy martabasidan yuqoriroq martabaga qoʻyib, ilohiylashtirganlarida gʻuluvga ketdilar. Alloh taolo ularni dinda haddan oshishdan qaytarib: “Ey ahli kitoblar, diningizda gʻuluvga ketmang va Alloh haqida faqat haq soʻznigina gapiring!” dedi (Niso surasi, 171-oyat).
   

Dinda meʼyorni bilmaslik, Alloh belgilagan chegaralarni buzib, gʻuluvga ketish holatlari afsuski, musulmonlarga ham begona emas. Tarixdan yaxshi maʼlumki, koʻplab adashgan toifalar, zalolatdagi firqalar dinda, eʼtiqodiy masalalarda haddan oshib, gʻuluvga ketganlari uchun toʻgʻri yoʻldan ozib, zalolat botqogʻiga gʻarq boʻlganlar.

Gʻuluv va mutaassiblikka berilishning asl sabablaridan biri dinni yaxshi tushunmagan holda, shariat maqsadlarini va fiqh ilmini chuqur bilmay turib, Allohga chinakam ibodat qilish, shariatni hayotga toʻla tatbiq qilish kabi oliy maqsadlar tufayli yuzaga kelgan. Yaʼni, inson ilmsiz boʻlsa, ilmsizlik va jaholat bilan Allohga ibodat qilmoqchi boʻlsa, u insonning niyati harchand oʻz koʻnglida goʻzal boʻlmasin, toʻgʻri yoʻldan adashib ketishi muqarrar narsadir. Bu narsani Islom ummatida eng birinchi boʻlib maydonga kelgan bidʼatchi toifa xavorijlarning misolida koʻrishimiz mumkin. Mazkur toifa diniy bilimlari chuqur boʻlmagan holda Qurʼoniy oyatlarni notoʻgʻri taʼvil qilish oqibatida yoʻldan adashdi va Islom ummati boshiga koʻplab kulfatlarni keltirdi. Holbuki, ularning ibodatda mustahkam va oʻta tirishqoq edilar. Ammo bu narsa ularni zalolatdan saqlab qololmadi.

Shuning uchun ham ILM dinimizda eng muhim oʻrin tutadi. Ilmsiz inson aqidani bilmaydi, natijada adashadi. Ilmsiz inson fiqhni bilmaydi. Natijada dinni oʻziga va oʻzgalarga ham qiyin qilib qoʻyadi. Ilmsiz inson odamlarni toʻgʻri yoʻldan ozdirishga haris boʻlgan turli buzgʻunchi oqim va toifalarning tuzogʻiga oson ilinib qoladi. Negaki, unda ILM deb atalmish mafkuraviy immunitet shakllanmagan. Ilmsiz kishining zalolatdagi toifalarning oyatu hadislar bilan bezatilgan daʼvatlariga qarshi toʻgʻri ilm bilan shakllangan bir quroli yoʻq. Shuning uchun ham dinimizda ilm eng yuqori oʻringa qoʻyilgan.

Koʻplab oyati karimalar va hadisi shariflarda dinda gʻuluvga ketishdan qaytarilgan. Ulamolarning yakdil fikriga koʻra, Islom dini vasatiylikni targʻib etadigan, moʼtadil dindir. Islom koʻrsatmalari inson ehtiyojlarini hisobga olib, jismiga ahamiyat berishni, sihat-salomatligiga rioya qilish kabilarga ham jiddiy eʼtibor qaratganini yaxshi bilamiz.

Abdulloh ibn Amr ibn Os raziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Ey Abdulloh! Sening har kuni roʻza tutib, har kecha uxlamay ibodat qilishing haqida aytishdi, shu toʻgʻrimi?” – dedilar. Men: “Toʻgʻri, yo Rasululloh!” – dedim. Nabiy alayhissalom: “Unday qilmagin, (ayrim kunlari) roʻza ham tutgin, (ayrim kunlari) ogʻzing ochiq ham boʻlsin, kechasi ibodat ham qilgin, uyquga ham yotgin! Chunki senda oʻz tanangning ham haqqi bor …” – dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.

      Dinda chuqur ketishdan va haddan oshishdan qaytarib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana bunday dedilar: “Dinda gʻuluv ketishdan ehtiyot boʻling! Zero, sizlardan avvalgi qavmlarni halokatga tushirgan narsa bu dinda gʻuluvga ketish edi”. Soʻngra, uch marta: “Chuqur ketuvchilar halok boʻldilar”, “Chuqur ketuvchilar halok boʻldilar”, “Chuqur ketuvchilar halok boʻldilar” dedilar. Imom Muslim rivoyati.

Gʻuluvga ketish ilmiy va amaliy masalalarga xos boʻlmay, balki oyati karima tafsirlarida shariat maqsadlariga zid boʻlgan fikrlarni bayon qilishda ham koʻrinishi mumkin. Masalan, insonlarni Alloh taolo muboh qilgan narsalardan qaytarish, oyati karimalar tafsirini biron fikr va gʻoyaga moslashtirishga urinish kabilar ham dinda gʻuluvga ketish boʻladi.

Shuningdek, biror insonni maqtash, haddan oshib, uni maʼsum, yaʼni gunohdan pok deb gʻuluvga ketish yoki bir kishini yomonlamoqchi boʻlsa, haddan tashqari uni badnom qilish ham shu jumladandir.
     

Dinda gʻuluvga ketishning ikki turi mavjud: birinchisi, eʼtiqod nuqtai nazaridan gʻuluvga ketish boʻlib, bu juda ham xatarli hisoblanadi. Ahli sunna val jamoadan ajrab chiqqan turli firqalar, zalolatga botgan jamoalar, Alloh taoloning ism va sifatlarida hamda ibodatda Uning yagonaligida, ahli bayt va sahobalar haqida, rahnamo va imomlarini gunohdan pok deb eʼtiqod qilishda gʻuluvga ketgan toifalar. Ikkinchisi, amaliy suratda gʻuluvga ketish boʻlib, doimo roʻza tutishni oʻziga vojib qilib olish, uylanmaslikka qasd qilish, kechalari uxlamay ibodat qilishga berilish, goʻsht yemaslikni maqsad qilish kabilardir.

Alloh taolo gʻuluvdan qaytarib, yana shunday deydi: “Ey ahli kitoblar, diningizda haddan oshib, nohaqlik qilmang va (Islom kelishidan) ilgari yoʻldan ozgan va koʻplarni yoʻldan ozdirgan hamda toʻgʻri yoʻldan ogʻib ketgan qavmning havoyi nafslariga ergashmang!” (Moida, 77).

Oyati karimadagi xitob zohirdan ahli kitoblarga yoʻnaltirilgan boʻlsa-da, aslida uning maʼnosi umumiydir. Yaʼni, bu oʻrinda xitob ahli kitoblarga qaratilgan ekan, biz musulmonlar esa bemalol gʻuluvga ketsak, boʻlaverar ekan, degan teskari maʼnoni chiqarmaslik lozim. Zero, usulul fiqh (fiqh asoslari) ilmidan maʼlum boʻlganidek, sharʼiy dalillardagi eʼtiborli boʻlgan narsa, lafzning umumiyligi hisoblanadi, sababning xosligi emas. Yaʼni, biror bir oyati karima yoxud hadisi sharifning qaysidir sabab tufayli nozil boʻlishi va vorid boʻlishi uni faqat oʻsha holatgagina cheklab qoʻymaydi, balki, undagi mazmun oʻz ichiga olgan barcha holatlarga ham daxldor boʻladi. Shunday ekan, yuqoridagi oyati karimada qaytarilayotgan gʻuluv masalasi, barchaga tegishlidir.

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti mudarrisi Roʻziqulov Ikrom

What you can read next

УЛАМОЛАРНИ УЛУҒЛАНГ!!!
Уламоларни улуғланг!!!
Ixlos va riyo chegarasi: Ezgu amallarda samimiyatning ahamiyati
УСАЙД ИБН ҲУЗАЙР (розияллоҳу анҳу)
УСАЙД ИБН ҲУЗАЙР (розияллоҳу анҳу)

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP