SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Vatanga muhabbat…
14.01.2024 / Bo‘limda Maqolalar

Vatanga muhabbat…

«Qulluq qil!» demasman, yurt tuprogʻin oʻp,

Unga qullar emas, fidolar kerak.

Uning sen-u mendek shoirlari koʻp,

Buyuk elga endi daholar kerak.

(Erkin Vohidov)

      Vatan… Bu birgina soʻz-u, taʼrifi olam-olam.  Vatan — bu pastak tomli shinam kulbamiz… Vatan — bu jajji bolalar xursand holda oʻynab, yugurib yuradigan qadrdon  mahallamiz… Vatan — bu quvonch ila qalblarimiz unga talpinadigan madrasamiz… Vatan — bu biz va ajdodlarimiz tugʻilgan, unib oʻsgan tuproq… Unga boʻlgan muhabbat esa bizga Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan meros.  Rasululloh sallollohu alayhi va sallamga ilk vahiy nozil qilingach,  Xadicha onamiz u kishini Varaqa ibn Navfalning huzuriga olib borgan edilar. Shunda Varaqa U Zotni tinglab koʻrib shunday degan edi: “Qani endi men yosh boʻlganimda edi, seni qavming haydab chiqarganida senga yordamchi boʻlar edim”. Uning gapini eshitgach, Nabiy sollallohu alayhi va sallam qanday qilib  qavmlari ularni oʻz Vatanlaridan quvib chiqarishidan taajjubga tushgan edilar…

    Oradan yillar oʻtdi. Oʻsha kun keldi. Vatandan ayrilish kuni… 53 yil uning bagʻrida yashaganlari — Makkai Mukarramadan ajralish kuni… Vatandan chiqib ketar chogʻda muborak koʻzlariga yosh oldilar, koʻngillari boʻshab, Makka tomonga qarab shunday dedilar:“(Ey Makka,) Sendan koʻra menga sevimliroq va suyukliroq shahar yoʻq! Agar qavmim meni sendan chiqarmaganida, aslo sendan boshqa joyni makon tutmasdim”. Rasululloh oʻz yurtlaridan uzoqlashib borar ekanlar, qalblari hasratga toʻlib borardi. Shunda Alloh taolo Oʻz Habibining koʻnligini koʻtarishni iroda qildi va Makkaga qaytib kelishlari bashoratini bildirib,  Qasos surasining 85-oyatini nozil qildi:“(Ey, Muhammad!) Albatta, Sizga Qurʼonni farz qilgan Zot, shak-shubhasiz, Sizni qaytish joyiga (Makkaga) qaytaruvchidir…” Shundan soʻnggina xotirjam yoʻlda davom etdilar… Bu Vatanga muhabbatning eng goʻzal koʻrinishi emasmi?!

     Ulugʻlardan Ibrohim ibn Adham rohimahulloh oʻz ibodatlarini tartibga solishda nafslari bilan kurashganlari, biroq nafslarining Vatanga talpinishiga chora topa olmaganlarini taʼkidlaydilar. Makkada istiqomat qilib yurgan kezlarida tugʻilib oʻsgan diyorlari — Bagʻdodga qaytishdan oʻzga iloj topa olmaganlarini eʼtirof etib: “Vatandan ajralishdan koʻra biror narsani tark qilishga qiynalmaganman”, — degan edilar.

    Rivoyat qilinishicha, muhaddislar imomi Imom Buxoriy rohimahulloh Makkada taʼlim olib yurgan paytlarida, Haj ziyoratiga kelgan bir guruh buxoroliklar u zotning huzurlariga borib, Buxoro ahlining salomlarini yetkazadilar. Ona Vatanlaridan kelgan bu xabarni eshitgach,  Imom shodlangancha oʻrnilaridan turib, Buxoro tomonga qarab yengil taʼzim qilib qoʻygan ekanlar. Bu yengil taʼzim nima edi? Mana shu Vatanga muhabbat ifodasi emasmi? Har bir hadisni kitoblariga kiritishda Allohga istihora qilgan, tushlariga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kirib, hadisni tasdiqlagan, Rasulullohning merosxoʻrlaridan boʻlgan insonning oʻz Vataniga boʻlgan muhabbati emasmi?

    Oilasi, yaqinlari bilan omon qolish imkoni berilganda, Vatan yoʻlida jon berishni afzal koʻrgan Najmiddin Kubroning  «Yo Vatan, yo sharafli oʻlim» deya yurti uchun jon bergani Vatanga muhabbat emasmi? Agarda, tariximizda yashab oʻtgan vatanparvar ajdodlarimizning nomlarini sanasak, oxiriga yeta olmaymiz…  

    Vatanga muhabbat haqidagi aksar fikrlarda faqat mohir sarkardalarimiz, Vatan yoʻlida jon berganlarni zikr qilamiz. Menimcha, Vatanga muhabbat hech qanday narsa bilan uning miqdorini oʻlchab boʻlmaydigan tuygʻudir. Har kimning  Vatanga boʻlgan muhabbati turlichadir va u turli koʻrinishlarda aks etadi. Vatanni sevish, uni qoʻriqlash faqatgina chegaralarda turishgina emas, balki muallimning kelajak avlodga ishtiyoq bilan  taʼlim-tarbiya berishi ham uning Vatanga boʻlgan muhabbatidir. Koʻchalardagi xavfsizlikni taʼminlab turgan xodimning  shijoat bilan oʻz ishiga yondashishi uning Vatanga boʻlgan muhabbatidir. Televizorda nutq soʻzlayotgan jurnalistning haqgoʻyligi uning Vatanga boʻlgan muhabbatidir. Shifoxonalarda bemorlarga xizmat koʻrsatayotgan shifokorning oʻz kasbiga sadoqati uning Vatanga boʻlgan muhabbatidir. Bir bino qurilishi topshirilgan muhandisning halolligi uning Vatanga boʻlgan muhabbatidir. Sud zallarida soʻzlaydigan advokatning adolati uning Vatanga boʻlgan muhabbatidir. Xalq ishonib bir mansabga saylagan amaldorning xalq manfaatini koʻzlab ish qilishi uning Vatanga boʻlgan muhabbatidir. Bundan tashqari, Vatanini sevgani uchun, uning ravnaqi, kelajagi uchun oʻqib, ilm olayotgan talabaning xolisligi uning Vatanga boʻlgan muhabbatidir. Men mana shularni ham Vatanga muhabbat degan boʻlardim. Chunki mana shunday insonlar, kerak boʻlsa, Vatan uchun jon bera oladilar…

      Javlon Jovliyevning «Qoʻrqma» asarida shunday deyilganini oʻqigandim: «…Turkiston talabalari tunlari: «Yo Alloh, millat uchun oʻqishlikni nasib ayla, oʻzga niyatni oʻldir, harom et bizga!» — deya pichirlardilar.» Buni oʻqir ekanmiz,  mustaqilligimiz meʼmori, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi gaplari naqadar toʻgʻri ekaniga guvoh boʻlamiz: «Tarix haqiqati shuni koʻrsatadiki, tomirida milliy gʻurur, Vatan ishqi joʻsh urgan odamgina buyuk ishlarga qodir boʻladi». Haqiqatan, jadidlarimiz ham shunday inson edilar. Yuraklari «Vatan!» deya urgan holda, oʻqidilar, oʻqitdilar, ilm nurini yoydilar. Ular qoʻyib ketgan tamal toshi bizni istiqlolga yaqin qildi… Yillar oʻtib, ota-bobolarimiz orzulari ushaldi – mustaqillikka erishdik.

      Biz  yoshlarning vazifasi mana shu mustaqil diyorda oʻqib, izlanib, uni sevib, ardoqlashdir, rivojiga hissa qoʻshishdir. Iymonli, vijdonli kishigina Vatanini sevadi, u uchun qaygʻuradi. Bu borada buyuk ajdodimiz Alixontoʻra Sogʻuniy hazratlari oʻzlarining “Turkiston qaygʻusi” nomli kitoblarida shunday deganlar:

              “Vijdonsizda insoniy bir tuygʻu boʻlmas,

              Bundaylarda Vatan, millat hissi boʻlmas,

              Dushmanlarga bundan ortiq yordam boʻlmas.

              Vatan uchun qoʻrqinch balo – iymonsizlar”.

     Haqiqatan ham shunday, bunga tarix guvoh… Qalbi iymon nuri bilan toʻlgan inson hech qachon Vataniga xiyonat qilmaydi, doimo Vatanini oʻylaydi. Chunki, u inson Vatanga boʻlgan muhabbatni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va boshqa ulugʻlarimiz siymosida koʻrib, bu tuygʻu unga ajdodlaridan meros ekanini anglaydi va sharaf bilan Vatan rivoji yoʻlida xizmat qiladi. Vatani, xalqi manfaatlarini barcha narsadan – mol-dunyodan ham, shon-shuhratdan ham ustun koʻradi. Bunga misol oʻlaroq, mustaqil Oʻzbekistonimizning eng yetuk olimlaridan biri shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning hayotlaridan bir voqeani keltirmoqchiman:

     “…Makkai Mukarramada «Butun Dunyo Ulamolari Kengashi»ning navbatdagi  majlisi tugab, Harami Sharifda asr namozini oʻqishib, Madinai Munavvaraga Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning ziyoratlariga ketish uchun avtobusga ulamolar birin — ketin joylashdilar. Shunda ulamolardan birlari shayxga: “Siz oʻz yurtingizda, oʻz tilingizda Islom taʼlimotlarini yetkazib mashhur boʻlgansiz, bir arab tilida ham kitoblar yozsangiz boʻlardi. Uni nashr qildirsak, arab oʻlkalarida ham mashhur boʻlib ketardingiz!”-debdi. Shunda Hazrat: “Men mashhur boʻlish uchun emas, xalqimga zarur boʻlgan narsalarni yetkazish uchun kitob yozaman!” -debdilar. Bu suhbatni tinglab oʻtirgan allomalardan birlari Muhummad Qutb rohimahulloh Hazratning gaplaridan taʼsirlanib avtobusdagi ulamolarga yuzlanib: “Bu yigit bilan bizning farqimiz shu yerda! Biz mashhurlik uchun yozamiz, u esa xalqi uchun yozadi!” -debdilar va Hazratning oʻzlariga yuzlanib: “Ey yigit! Sen shu aqidangda mahkam tur, albatta najot topasan!”-degan ekanlar.” Yuqorida aytganimdek, xalqi uchun oʻqib, ilm olayotgan talabaning xolisligi uning Vatanga boʻlgan muhabbatidir. Qolgani xolislik ortidan kelaveradi…

          Yana bir narsani taʼkidlash lozimki, “Vatanga muhabbat, unga xizmat qilish ilm bilan boʻladi”, deyilganda, faqatgina diniy ilmnigina tushunib qolmaslik kerak. Aslida ilm diniy va dunyoviy ilmga ajratilmaydi. Buni yaxshiroq tushunish uchun Doktor Rogʻib Sanjoniyning “Islom va olam” nomli kitoblarini oʻqish foydali boʻladi.  Bundan tashqari, Shayx Muhammad Gʻazzoliy shunday degan edilar: “Agar musulmon kishi Islom kelajagi undan talab etadigan ilmiy va iqtisodiy faoliyatni unutgan holda, Kaʼba oldida umrbod ibodat bilan mashgʻul boʻlsa ham, bu ishi uni Alloh oldida hech narsadan behojat qilolmaydi. Zero, zavodlar qurish masjidlar qurish bilan barobardir!” Alixontoʻra Sogʻuniy hazratlaridan yana bir hikmat: «Kerakligicha din ilmini oʻrganish hammaga farz boʻlganidek, oʻz hukumatini, Vatanini va millatini saqlash uchun zamonaviy fan ilmini oʻqib bilishlik ham farzdir.” Ulamolarimizning bu hikmatlari bizni Vatan uchun har sohada yetuk mutaxassis boʻlishga undaydi. Vataniga muhabbatli insonlar har turli ilmlarni egallasalar,  yurt har jabhada  rivoj topadi, xalq farovonligi yanada ziyoda boʻladi.  Natijada, aqli ilm-u ziyoga, qalbi iymon nuri va Vatanga muhabbat tuygʻusi bilan toʻlib toshgan  ulugʻ vatandoshlarimiz bir vaqtlar dunyoni ilm-u maʼrifat bilan boyitishgani singari biz ham shunday ulkan ilm choʻqqilarini zabt etamiz. Soʻzim yakunida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning bir gaplarini aytib oʻtmoqchiman: “…Ulugʻ bobolarimiz – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Zamaxshariy, Beruniy, Farobiy, Ibn Sino va boshqalar kabi ulugʻlar bizning yurtimizdan yana chiqishi kerak. Bir marta shunday ulugʻlarni tarbiyalagan xalq, ikkinchi marta tarbiyalashi oson. Buni hamma tushunib yetishi kerak, bunga hamma harakat qilishi kerak. Ana shunda inshaalloh hammasi oʻz oʻrnida boʻladi. Yoshlarimiz oʻzlarini “yoshlik” deb atalmish buyuk neʼmat sohiblari ekanliklarini tushunib yetib, shukronasini keltirgan boʻladi va kelajakda elimiz, yurtimiz, xalqimiz sharafini yana yuqoriga koʻtargan holatlarga yetadi…”

Nazirxonov Hasanxoʻja
«Koʻkaldosh» OʻMIBY 3-kurs talabasi

What you can read next

Рамазондан кейин нима қиламиз?!
Уламолар юлдузларга нега ўхшатилди?
“Саҳобаларнинг фазли борасида юз оят” туркумидан 23-оят
“Саҳобаларнинг фазли борасида юз оят” туркумидан 23-оят
“Саҳобаларнинг фазли борасида юз оят” туркумидан 3-оят
“Саҳобаларнинг фазли борасида юз оят” туркумидан 10-оят

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP