Namozning boshlanishida takbiri tahrima paytida ikki qoʻlni koʻtarishga tegishli toʻrtta holat bor.
- Qoʻl koʻtarish kelib chiqishi: Ibn Abbos va Ibn Umar roziyallohu anhumolardan rivoyat qilinadi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam “yetti oʻrinda qoʻl koʻtariladi”, deb takbiri tahrimani ham ularning ichida zikr qilganlar.
- vaqti: takbirga yaqin boʻlishidir, chunki takbirning sunnati namozga kirishishda eshitmaydigan insonlarga bildirib qoʻyish boʻlib, bu holat qoʻl koʻtarish tahrimaga yaqin boʻlish bilab bilinadi.
- Takbiri tahrimaning kayfiyati: qoʻl barmoqlari qiblaga yuzlantirilganda oralari ochiq holda boʻlib, rosa ochib ham bir-biriga jipslashtirib ham olmaydi.
- Takbiri tahrimaning oʻrni: quloq barobari yaʼni ikki qoʻlning bosh barmoqlari quloq yumshoqlarining barobarida turadi, shuningdek takbir aytiladigan boshqa oʻrinlar (qunut duosi oldidan, ikki iyd takbirlari)ning holati bir xil hisoblanadi.
Kamoliddin Mirzayev
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi





