SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
“Pirga qoʻl berish vojib, piri yoʻqning piri shayton!” mi?
20.12.2023 / Bo‘limda Aqida, Maqolalar

“Pirga qoʻl berish vojib, piri yoʻqning piri shayton!” mi?

Odam (a.s)ni yaratib unga barcha farishtalarni sajda qildirgan va insoniyatni yuksak maqomlarga erishish uchun salohiyatlik qilib qoʻygan Zot Allohga taologa hamd-u sanolar boʻlsin!

Biz ummatlarga komillikka yetishmoq yoʻllarini taʼlim bergan, barcha maxluqotlarning eng afzali Muhammad mustafo (s.a.v)ga salovatalar boʻlsin!

Islom dini bizgacha yetib kelishida ikki asosga tayanadi:

1) Sahih matn   2) Sahih tushuncha

Sahih matn bu Qurʼoni Karim va hadis shariflar, sahih tushuncha esa ana shu matnlarni oʻqib eshitgan insonda paydo boʻladigan tushunchalar boʻlib, bunda inson ayni nabaviy tushunchaga yetishmoq uchun oʻzining quruq xulosalari oʻrniga nabaviy fahm sohiblari boʻlgan ulamolarga ergashmogʻi kerak.

Shu oʻrinda bir hadis sharifga diqqatingizni qaratmoqchiman, muhaddislar ichida “Jibril hadisi” deb mashhur boʻlgan bu hadis Islom dining asosini ochiqlab bergani uchun ham koʻplab hadis toʻplamlarining avvalida keltiriladi.

 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir kuni odamlar bilan suhbatlashib turgan edilar. Bir notanish kishi qoshlariga kelib, Rasululloh s.a.v.ga: “Ey Rasululloh! Imon nima?” — deb soʻradi. “Imon Allohga, uning farishtalariga, paygʻambarlarining haq ekanligiga, Allohni qiyomat kunida koʻrishga, oʻlgandan keyin tirilishga ishonishingdir”, — dedilar. “Ey Rasululloh! Islom nima?” — dedi. “Islom Allohga (shirk keltirmasdan) ibodat qilmogʻing, besh vaqt namoz oʻqimogʻing, farz zakotni bermogʻing va Ramazon roʻzasini tutmogʻingdur”, — deb javob qildilar. “Ey Rasululloh! Ehson nima?” — dedi. “Allohga uni koʻrib turganingdek ibodat qilmogʻingdir. Agar sen Uni koʻrmayotgan boʻlsang, U seni koʻrib turibdi”, — dedilar. “Ey Rasululloh! Qiyomat qachon boʻladi?” — deb soʻradi. Janob Rasululloh: “Bu haqda soʻraluvchi kishi soʻraguvchidan bilimdonroq emas, lekin sizga qiyomatning alomatlarini aytib beray, ular quyidagichadur: “Ayol oʻz egasini (yaʼni, gapiga itoat qilmaydigan, aksincha oʻziga buyruq qiladigan farzandlar) tugʻsa, bu qiyomat belgilaridandir, agar yalangʻoch odamlar elga boshliq boʻlsalar, bu qiyomat belgisidir. Beshta gʻoyibiy (sir) narsa bor, ularni faqat Alloh bilur; “Darhaqiqat, yolgʻiz Allohning huzuridagina (qiyomat) soati (qachon boʻlishi toʻgʻrisidagi) bilim bordir. U (Oʻzi xohlagan vaqtda, Oʻzi xohlagan joyga yomgʻir yogʻdirur va (onalarning) bachadonlaridagi homilalarini (oʻgʻilmi-qizmi, rasomi-nuqsonlimi, baxtlimi-baxtsizmi ekanini) bilur. Biron jon ertaga nima ish qilishini bila olmas. Biron jon qay yerda oʻlishini ham bila olmas. Faqat Allohgina bilguvchi va ogohdir.””, — dedilar. Keyin, haligi kishi qaytib ketdi. Janob Rasululloh: “Qaytaringlar haligi kishini (sahobalar tushunsinlar deb shunday qildilar)!”, –dedilar. Sahobalar uni orqasidan chiqib, topmadilar. Rasululloh: “Bu Jabroil alayhi-s-salom edilar, odamlarga dinlarini oʻrgatish uchun kelgan edilar”,– dedilar[1].

Quyidagi hadisdan maʼlum boʻldiki Farishtalarning eng ulugʻi boʻlgan Jabroil (a.s) Islom dining asosiy mohiyatini sahobalarga ochib berish uchun buyruq asosida Rosululloh (s.a.v)ning xuzurlariga kelgan ekanlar. Mana shunday yuksak maqomda u kishining bergan savollari bizga Islom dinining uchta tamoyillari haqida xabar beradi. 1-savol “Iymon nima?” 2- savol “Islom nima?” 3-savol “Ehson nima?”

Keyinchalik ulamolarimiz mana shu tamoyillarni musulmonlarga batafsil bayon qilish uchun ularni alohida fan sifatida shakillantirishgan, “iymon” yaʼni dindagi ishonch masalalarini umumiy “Aqida” ilmi, “islom” yaʼni zohiriy amallar ila itoat masalalarini “Fiqh” ilmi, “ehson” yaʼni insonning ichki holati yaxshi boʻlishiga doir masalalarni “tasavvuf” ilmi ostiga birlashtirishdi. Bu ilmlar asrlar osha rivojlanib musulmonlarning toʻri aqida, toʻgʻri amal va toʻgʻri ruhiy holatda boʻlishlariga xizmat qildi. Bu ilmlarni ustoz shogird tarzda oʻrganish esa musulmonlar uchun oʻz paygʻambarlariga ham ishonchda ham amalda ham holatda ergashishga imkon berdi.

Fiqh va Aqida borasida moʼtabar kitoblarni ulamolardan oʻqib oʻrgansak boʻladi, tasavvuf ilmida ham shundaymi yoki boshqachami?

Boshqacha qilib aytganda Islom dini tamoyillaridan boʻlgan ruhiy poklanish jarayonida pir yaʼni ustozni odam oʻziga lozim tutishi kerakmi yoki yoʻq?

Bu borada yaqin asrda yashab oʻtgan Shayx Abdu-l-Fattoh Abu-l-Gʻudda (r.a.) ayni shu savol javobida keltirilgan voqeani koʻrib chiqamiz:

“Imom, faqih, usuliy, muhaddis, teran fikr sohibi, Andalus poytaxti Gʻornotadan boʻlgan va shu yerda 790 – hijriy sanada vafot etgan, » Al-Muvaqot «, «Al-Iʼtisom» va boshqa ajoyib nafis kitoblar sohibi Abu Isʼhoq Ibrohim bin Muso Ash-Shotibiy Al-Gʻornotiy (r.a),  Oʻz asridagi tasavvuf ulamolari shayxi, Fos shahridagi Qoroviyyun jomeʼasining xatibi, 792-hijriy sanada vafot etgan Abu Abdulloh Muhammad bin Ibod An-Nafaziy (r.a)ga maktub yozdilar.

   Maktubda, Gʻornota shahrida sodir boʻlgan, ulamolar fikrlari trlicha boʻlib turgan masala haqida soʻragan edilar.

   Savol mazmuni quyidagicha edi: Alloh tomon yuruvchi solik (solik – Allohning roziligini istab yoʻlga chiqqan kishi ) qoʻlidan tutadigan tariqat va tarbiya shayxini lozim tutishi kerakmi yoki tariqat shayxisiz ham ilm yoʻli va ahli ilmlardan oʻrganganlari ham Alloh tomon yurishiga kifoya qiladimi ?

    Shayx ibn Ubbod (r.a) Imom Shotibiyga xolis, insofli olim sifatida javob xati yozdilar. » Ar-rosail as-sugʻro » kitobining 106 – va 125-sahifalarida qayd etganlari kabi xatlarining xulosasida dedilarki : » Suluk borasida murojaat qilinadigan shayx 2 xil boʻladi. Birinchisi: taʼlim va tarbiya shayxi, ikkinchisi: faqatgina taʼlim shayxi.

      Tarbiya shayxini lozim tutish barcha solikka vojib emas. Unga faqatgina zehni sust va nafsiga qarshi tura olmaydigan kishilargina muhtoj boʻladilar. Ammo aqli komil, nafsi itoatkor kishilarga esa tarbiya shayxini tutish vojib emas balki tutsalar yaxshidir. Lekin taʼlim shayxi esa barcha solik uchun zarurdir.

 Biz zikr qilib oʻtgan zehni sust va nafsiga qarshi tura olmaydigan kishilar uchun tarbiya shayxi lozimligi kundek ravshan. Chunki bu kishilarning qalb toʻsiqlari juda qalin boʻlib, bu toʻsiqlarni koʻtarishga faqat tarbiya shayxi bilan erishadilar.

Ular surunkali hastalik boʻlgan qattiq dardga chalingan inson kabidirlar. Hech shubha yoʻqki, ular kuchli dorilar bilan muolaja qiladigan mohir tabibga muhtojdirlar.

Endi aqli komil, nafsi itoatkor kishiga tarbiya shayxi vojib emasligiga kelsak, uning barkamol aqli va itoatkor nafsi tarbiya shayxidan uni behojat qiladi. Taʼlim shayxi oʻrgatgan, faqat oʻzigagina toʻgʻri keladigan amallarni bajarib, Allohning izni ila U Zot Subhanahu va taologa yetishuvchi banda boʻladi. Agar u faqat Allohning rizosini qasd qilsa, Alloh tomon borishida unga biror zarar yetishidan xavf qilishga oʻrin qolmaydi

     Tarbiya shayxiga suyanish mutaaxxir tasavvuf ulamolarining yoʻli. Taʼlim shayxiga suyanish esa ulardan avvalgilarning yoʻlidir. Bu holat Horis Al-Muhosibiy, Abu Tolib Al-Makkiy va boshqa qadim tasavvuf mashoyixlari tasnif etgan kitoblaridan bilinadi.

    Ular oʻz kitoblarida tasavvuf ilmlarining asoslari va farʼlarini, avvalgilari-yu keyin qoʻshilganlarini keltirdilar. Biroq, mutaaxxir tasavvuf ulamolaridan farqli oʻlaroq tarbiya shayxini zikr qilmadilar. Ayniqsa Abu Tolib Al-Makkiy shu yoʻlni tutgan edilar. Demak, bu kishilarning tarbiya shayxini zikr qilmaganlari, tarbiya shayxi Alloh tomon yurishda shart va vojib emasligiga dalildir. Va aynan shu yoʻl, aksar soliklar tutgan yoʻldir. Shuningdek bu salafi solih ulamolarimizning holatiga ham monandroq. Chunki, salaflarning tarbiya shayxlarini lozim tutganlari, ularga ergashganlari hamda taʼlim shayxlari bilan birga tarbiya shayxlari ham boʻlganligi toʻgʻrisida biror narsa rivoyat qilinmagan.

      Darhaqiqat, salaflarning holatlari, qilgan ishlarigina tasavvuf ilmiga misol boʻladi.

      U zotlarning holatlarini islohi birodarlik, tarbiya shayxlari bilan doʻstlashish orqali vujudga kelardi. Bir birlari bilan koʻrishish va ziyorat qilish tufayli botinlari yu zohirlarida taʼsirini topadigan katta bir ziyodalik ularda paydo boʻlardi. Shuning uchun ular shaharlarda aylanib yurar, valiylar, olimlar va obid zotlar bilan uchrashishni istashardi.

   Endi tasavvuf ahlining kitoblariga kelsak, bu kitoblar taʼlim shayxiga taʼalluqli. Chunki, ulardan foyda olish faqatgina bu kitoblarni yaxshi tushinadigan, eʼtiqodli kishining yordami bilan durust boʻladi.”

Yuqorida keltirilgan fikrlarga koʻra tarbiya shayxini hamma uchun vojib deyish notoʻgʻri boʻlar ekan. Balki, inson doimo oʻzining riyo, kibr, hasad kabi botiniy illatlarini ilm bilan isloh qilishga harakat qilishi kerak. Agar oʻzining botiniy kasalliklarini tuzatishga kuchi yetmasa haqiqiy rabboniy ruhiy tarbiya ulamolaridan tavsiyalarni qabul qilmogʻi mumkin boʻladi.

Xulosa qilib aytsak, inson doimo oʻzining aqidasi va amallarini islom dininiga muvofiq boʻlishiga harakat qilishi kerak. Ayni shu masalada Imom Rabboniy (r.a)ning “Maktubot” asarlarining 94-maktubida aytiladi:

 “Insonga eng avvolo oʻz aqidasini najot topuvchi firqa boʻlmish Ahli Sunna Val-Jamoa etiqodiga koʻra toʻgʻirlashi (shakillantirishi) lozimdir. Keyin esa fiqhiy hukmlarga muvofiq amal qilishi kerak. Agar unda farzlarni va sunnatlar-u vojib va mustahab amallarni, halol haromni va mutashobehlar borasidagi qarashlarni oʻrganib eʼtiqod va amal qanotlari hosil boʻlsa ana endi u haqiqat olami tamon ucha oladi. Zero, mana shu ikki koʻmakchi qanotsiz haqiqat sari hech uchib boʻlmas.

 Sheʼr:

Munavvar pok yoʻllarda yurish imkonsiz

Toinki Musatfoga ergashmas ekansiz

Alloh taolo barchamiznni ul zot (s.a.v) ergashishda sobit qadam qilsin !”
Aliakbar Abdullayev
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi


[1] Imom Buxoriy. Sahihi Buxoriy. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. T.: 2008. 1-juz, Imon kitobi, 37-bob. 50- hadis. –B18, oʻsha asar;  2-juz, Qurʼon tafsiri kitobi, 2-bob, 4777-hadis.–B178.  Qarang: Muslim ibn Hajjoj. Sahihu muslim. 9-hadis. –87.

What you can read next

Islom tinchlik va bagʻrikenglik dini
Islom tinchlik va bagʻrikenglik dini
Абу Ҳафс Умар ибн Абдулазиз ҳикматлари
Ҳасан Басрий роҳимаҳуллоҳ насиҳатлари
Тасаввуф ҳақида тасаввур: ШАЙХ МАСАЛАСИ
Тасаввуф ҳақида тасаввур: ШАЙХ МАСАЛАСИ

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP