Islom tinchlik, xotirjamlik va mohiyatan yengillik dinidir. Unga eʼtiqod qiluvchilarlarga doimo yengillikni ravo koʻrishi moʼtabar manbalarda bayon etilgan. Albatta, shaʼriat ahkomlarini joriy etish faqatgina Allohga va u izn bergan paygʻambarlarga xosdir. Boshqa hechkim, biron-bir sababga koʻra bu ishni amalga oshirishi, bandalar ustiga sharʼiy amrni amalga oshirishi mumkin emas. Paygʻambar S.A.V. ham oʻz ummatlariga doim yengillik, osonlik va oʻrtahollikni istab kelganlar. Va shuni aytib oʻtish kerakki, bu tinchlik-xotirjamlik Alloh taoloning bizga bergan ulugʻ neʼmatidandir.
Dinlararo bagʻrikenglik goʻyasi xilma-xil diniy eʼtiqodga ega boʻlgan kishilarning bir zamin, bir vatan, oliyjanob gʻoya va niyatlar yoʻlida hamkor va hamjihat boʻlib yashishini anglatadi. Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik goʻyalariga asoslanadi. Ular halollik va poklik, mehroqibat, insonparvarlikka daʼvat etadi. Yurtimizda qadimdan turli eʼtiqodga mansub millat va elatlar istiqomat qilib kelgan. 130 dan ortiq millat farzandlarning hur va ozod diyorda, tinchlik va osoyishtalik kayfiyatida yashashlari vatanumizni bagʻrikenglik oʻlkasi ekanining yorqin namunasidir.
Ming yillar davomida Markaziy Osiyo gʻoyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch totuvyashagan markaz boʻlib keldi. Etnik sabr-toqat, bagʻrikenglik hayot boʻronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy meʼyorlarga aylandi. Hatto bu hududlarni bosib olganlar ham Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati oldida bosh egdilar. Bular ajdodlarimizni oʻziga xos murosa tamoyillarga amal qilganini koʻrsatadi.
Paygʻambarimiz S.A.V. boshqa din va eʼtiqod vakillariga nisbatan bagʻrikeng boʻlish, ularni eʼtiqodini hurmat qilish, haqlariga rioya qilishning yorqin namunasini koʻrsatibgina qolmay, ummatni shu yoʻldan borishga daʼvat etishdan charchamadilar. Rosululloh S.A.V. dan rivoyat qilingan hadisda «Xalqlarning barchasi Allohning izmidadir. Ularning Allohga eng mahbubrogʻ ahliga naf beruchirogʻidir’’.
Paygʻambar S.A.V. ahli kitobdan qoʻshnilari boʻlgan. Ular bilan yaxshi qoʻshnichilik qilar, hadya berib, ulardan qabul etardilar. Habashiston elchilari kelganda Nabiy alayhissalom ularni masjidga tushirib, oʻzlari ziyofat berib, xizmat qildilar. U zot shu kuni bunday deganlar; ‘’Bular asʼhobimizga ikromli edilar, men oʻzim ham ularni ikrom etmoqni xush koʻraman’’.
Alloh taolo Qurʼoni karimda musulmonlarni oʻzlariga tajovuz qilib, urush ochmagan oʻzga din vakillariga yaxshilik qilishga undab, bir necha oyatarda shu borasida marhamat qiladi: ’’ Din toʻgʻrisida sizlar urushmagan va sizlarni oʻz yurtidan (haydab ) chiqarmagan kimsalarga nisbatan yaxshilik qilishingiz va ularga adolatli boʻlishingizdan Alloh sizlarni qaytarmas. Albatta Alloh adolatli kishilarni sevadi’’. (Mumtahana
surasi, 8-oyat) Paygʻambar S.A.V. hadislarida bunday deyiladi:
Osonshtiring , qiyinlashtirmang! Qiziqtiring, bezdirmang! (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati)
Sohibqiron Amir Temur oʻz ‘’TUZUKLARIDA’’ :Mening qoʻl ostimdagi qirq aymoq hammasini teng koʻrdim. Barlosni tatardan, tatarni naymandan, natmanni yuzdan ustun qoʻymadim. Barcha muvaffaqiyatlarim shundadir ‘’ deb yozgan.
Insonni, avvaalo, insonligi uchun hurmat va ehtirom qilish bashariyatni koʻp ming yillik tarixidan meros boʻlib kelayotgan oliyjanob fazilatlardan eng muhimlaridan biri – bagʻrikenglik, oʻzaro totuvlik dinlararo totuvlik tamoyillari asosida faoliyat olib borgan inson davrimizning ham muqaddas dinimizni talablarinibajargan boʻladi. BMT bosh assambleyasining qaroriga koʻra 1997-yildan beri butun dunyoda 16- noyabr har yili “Xalqaro Bagʻrikenglik kuni “ sifatida nishonlab kelinadi. Bundan koʻzlangan maqsad dunyo xalqlarini bagʻrikenglikka, tinchtotuvlikka va ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikka erishishga chorlashdir. Har bir inson butun jamiyat oʻzaro munosabatlarini xalqlarning turli-tuman urf-odatlari, madaniyati va qadriyatini tan olgan holda bagʻrikenglik tamoyillari asoslariga qurishi darkor. Zero, bagʻrikenglik va tinch-totuvlik taraqqiyot asosodir.
Abduahadov Muhammadzohir, «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti talabasi





