Uchunchi fasl: Savdoda majlis haqqi.
81 “majlisul bay” – savdo bitimini keltirib chiqaradigan jamlanishdan iborat.
82 Oldi – sotti qiluvchilardan biri iyjob qilgandan soʻng majlis oxirigacha ixtiyorlidir.
Masalan: oldi – sotti qiluvchilardan biri savdo majlisida “bu molni senga sotdim” yoki “sotib oldim” desa, ikkinchi taraf aytilgan gapni ketidan tezlik bilan “sotib oldim” yoki “sotdim” demasa, balki majlis tugashidan biroz oldin kechiktirib aytadgan boʻlsa, agarchi bu muddat uzoq boʻlsada, savdo bogʻlanadi.
83 Iyjobdan keyin qabul qilishdan oldin oldi – sotti qiluvchilarning biri tarafidan yuz oʻgirishga dalolat qiladigan biror feʼl yoki gap sodir boʻlsa, iyjob bekor boʻladi va undan keyin qabul qilishning ahamiyati qolmaydi.
Masalan: oldi – sotti qiluchilardan biri “sotdim” yoki “oldim” desa, ikkinchi taraf qabul qilishdan oldin savdoga talluqli boʻlmagan biror gap – soʻz yoki amal bilan mashgʻul boʻlsa, iyjob botil boʻladi va majlis buzulmasada, undan keyin qilingan qabulni eʼtibori qolmaydi.
84 Oldi – sotti qiladiganlar biri iyjobdan soʻng, qabuldan oldin savdo bitimidan qaytib qoladigan boʻlsa, iyjob bekordir, agarchi oʻsha majlisda undan keyin qabul qilsa ham savdo bogʻlanmaydi .
Masalan: sotuvchi “bu materialni senga yuzga sotdim” desa, xaridor “sotib oldim” deyishidan oldin sotuvchi savdodan qaytib qolsa, undan keyin xaridor qabul qilsa, savdo bitimi bogʻlanmaydi.
85 Qabuldan avval iyjobni takrori avvalgisini bekor qiladi va ikkinchi iyjob eʼtiborlidir.
Agar sotuvchi xaridorga “bu molni senga yuzga sotdim” desa, bu iyjobdan keyin xaridor “sotib oldim” deb aytishidan oldin sotuvchi gapidan qaytib ikkinchi marotaba, “buni senga yuz yigirmaga sotdim” desa, va xaridor qabul qilsa, avvalgi iyjob bekor boʻlib savdo yuz yigirmaga bogʻlanadi.
Mirzayev Kamoliddin Koʻkaldosh OʻMIBYu mudarrisi






