Savdo bitimi shariat koʻrsatmasi asosida boʻlishi uchun qabul iyjobga aloqador boʻlishi kerak. Bu aloqadorlik yuzaga chiqishi uchun quyidagi ikki ish lozim boʻladi.
1 . Qabul iyjobning javobi uchun boʻlsin, agarda mustaqil holda sodir boʻlsa, uning eʼtibori boʻlmay, yangi iyjobga aylanib qoladi. Bu holatni misol bilan ochib bersak maqsadga muofiq boʻladi: “Zayd Amrga “mashinamni senga oʻn minga sotib”, deb maktub yozsa, u ham Zaydga xat etib kelishidan avval “mashinangi oʻn minga oldim” deb maktub yozsa”, ular oʻzlariga xat yozilganini bilmasalar, bu maktublarning har biri Zayd va Amrga etib borishi bilan savdo bitimi bogʻlandi degani emas. Balki bu ikki xatning har biri iyjob oʻrinida boʻlib, qabulga muhtoj boʻladi, xohlasa qabul yoki rad qilishi ham mumkin. Xat egalari aniq bilishadiki, ikkinchi tarafning qabuli boʻlmasa savdo toʻliq boʻlmaydi. Mazkur masaladan maʼlum boʻladiki, xaridorning yozgan xati sotuvchining iyjob oʻrnidagi maktubiga javob boʻlmasdan alohida oʻzi iyjobga aylanib qolyapti.
2 . Qabul iyjobga izofa qilinishi va unga biror bir narsa xalaqit qilmasligi: masalan savdo ikkita hozir kishining oʻrtasida boʻlsa, fuqaholar aytishadiki, ularning orasini bogʻlab turadigan robita majlisdir. Sotuvchi mana shu majlisda iyjob qilsa, xaridor majlis davomida qabul qilishi kerak, biroq qabuldan oldin majlis tugasa, iyjob botil boʻlib, xaridorga undan keyin qabul qilishi joiz boʻlmaydi. Mabodo xaridor majlisdan keyin qabul qilsa, bu yangi iyjob oʻrnida boʻlib sotuvchinig qabuliga muhtoj boʻlib qoladi. Xulosa shundan iboratki, iyjobga qabulning bogʻliq boʻlishining ikkinchi sharti majlis bitta boʻlsin. Majlisga tegishli boʻlgan masalalardan sotuvchi iyjob qilib, bir vaqtning oʻzida xaridor qabul qilsa va sotuvchi oʻz iyjobidan qaytib qolsa, sotuvchining iyjobi botil boʻlib savdo bogʻlanmaydi. Vallohu aʼlam.
Mirzayev Kamoliddin. “Fiqhul buyu’”kitobidan tarjima.






