SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Zahar
07.11.2023 / Bo‘limda Hadis, Maqolalar

Yolgʻonchi ayol

Hikoyalarda aks etgan “qirq hadis”.
Farzandlarimiz uchun…
30-hadis

Shu kuni mahkamada bir erkak va ayolning shikoyati koʻrib chiqilishi kerak edi. Qozi janoblari oʻz oʻrnini egallagach, boʻlib oʻtgan ishni tinglashni boshladi.

Birinchi boʻlib ayolga soʻz berildi. Ayol koʻz yoshlari bilan yonida oʻtirgan nimjongina kishiga ishora qilib: “Mana bu insofsiz meni pullarimga tajovuz qilib oʻzimni sharmanda qildi. Undan shikoyatim bor”, -dedi.

Erkak esa oʻzini oqlash uchun gapga qoʻshilib: “U notoʻgʻri gapirayabdi, hurmatli qozi janoblari! Men bozorda qoʻylarimni sotib soʻng undan tushgan pullarni sanayotganimda toʻsatdan bu ayol kelib unga pul berishini talab qildi. Agar bermasam menga nisbatan yomonlik qilishini aytib tahdid qildi. Uni gaplari menga taʼsir qilmayotganini sezgach, yigʻlab atrofdagi odamlarni toʻpladi”-dedi.

Qozi ularni soʻzlarini tinglab boʻlgach kim haq va kim nohaq ekanligini tushunib oldi. Soʻngra u erkakka yuzlanib: “Sen qanchalar ham tuban ish qilgansan. Oʻzing bu ayolning pullarini tortib olib yana unga tuxmat qilyabsan! Tezda uning pullarini qaytarib ber!”-dedi. Qozining hukmi barchani lol qoldirdi. Ayol xursand boʻlib pullarni oldi-da, qozini duo qilganicha mahkamadan chiqib ketdi.

Shundan soʻng qozi erkakka oʻsha ayolning ortidan chiqib pullarini qaytarib olib qoʻyishni aytdi. Hech narsaga tushunmayotgan erkak oʻz pullarini qaytarib olish umidida yugurganicha tashqariga chiqib ketdi. Bir oz vaqtdan soʻng u ikkalovini yana mahkamaga olib kelishdi. Erkak zarba yegan va timdalanib ketgan yuzlarini silar arohatlaridan esa qon oqib turar edi. Yana birinchi soʻz ayolga berildi. U juda qattiq gʻazablangan edi. Oʻzini tutib tura olmasdan baqira ketdi: “Qozi janoblari, bu yaramas yana menga tashlanib, siz olib bergan pullarni tortib olmoqchi boʻldi”-dedi. Qozi bosiqlik bilan:”Yaxshi, olib qoʻya oldimi?”-dedi. Ayol esa miyigʻida kulib: “Yoʻq, albatta. Men shunaqa nimjon odamga pulini berib qoʻyadigan ayolga oʻxshaymanmi?”-dedi. Shunda qozi hayqirib dedi: “Ey makkora ayol! Sen biroz avval oʻzingni haq ekanligingni daʼvo qilib bu erkak seni pullaringga tashlanganini aytding. Agar chindan shunday boʻlganida edi, hozirgidan da qattiqroq oʻz pullaringni himoya qilgan boʻlar eding. Qani, endi hoziroq bu kishining pullarini qaytar!”-dedi.

Tuxmatchi ayolga jazo tayinlash asnosida qozi janoblari Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning quyidagi hadislarini aytib oʻtdi:

إياكم و الكذب فإن الكذب يهدي إلي الفجور و إن الفجور يهدي إلي النار

“Yolgʻondan saqlaning! Chunki yolgʻon buzuqlikka buzuqlik esa jahannamga boshlaydi” (Muslim “Birr” 103)

Oxunjon AHMEDOV tarjimasi
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi

What you can read next

ТУРЛИЛИК АРО БИРЛИКНИНГ ЗУҲУРИ
Турлилик аро бирликнинг зуҳури
ИЛМ ДУНЁДА ИЗЗАТ, ОХИРАТДА ШАРАФДИР
Илм дунёда иззат, охиратда шарафдир
Инсоният юлдузлари (1-қисм)
Инсоният юлдузлари (5-қисм)

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP