Hikoyalarda aks etgan “qirq hadis”.
Farzandlarimiz uchun…
28-hadis
Jalol bir kambagʻal duradgorning oʻgʻli edi. U ruchkasini yoʻqotib qoʻyganligi bois yoʻl chetida yigʻlab oʻtirar edi. Shu payt uning oldidan bashang kiyingan bir kishi oʻtib qoldi. Jaloldan yigʻisining sababini bilgach, choʻntagidan oʻzining ruchkasini chiqarib: “Sen shuni yoʻqotib qoʻygan edingmi?”-deb soʻradi. Jalol yigʻi aralash: “Yoʻq, mening ruchkam bunchalik chiroyli emas edi,” – deb javob berdi.
Jalolning toʻgʻrisoʻzligi u kishiga juda yoqdi va: “Unday boʻlsa, men halolliging uchun mana shu ruchkani senga beraman”, – dedi. Soʻng gapini davom ettirdi: “ Zero, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam rostgoʻylik haqida naqadar chiroyli soʻzlarni aytganlar:
إن الصدق يهدي إلي البر و إن البر يهدي إلي الجنة
“Rostgoʻylik insonni yaxshilikka boshlaydi. Yaxshilik esa jannatga yetaklaydi” (Buxoriy, “Odob”, 69)
Oxunjon AHMEDOV tarjimasi
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi






