SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Radikalizm haqida bilamizmi?
18.10.2023 / Bo‘limda Aqida, Maqolalar

Radikalizm haqida bilamizmi?

Radikalizm (lotincha radix – ildiz) – siyosiy tuzum va ijtimoiy institutlarni tubdan oʻzgartirishga qaratilgan gʻoya va harakatlarni ifodalovchi siyosiy, diniy oqim. Radikalizm umumeʼtirof etilgan anʼanalarga butunlay zid munosabatda boʻlib, keskin harakatlarni yoqlab chiqadi. Tarixda bu atama moʼtadil islohotlar tarafdorlariga nisbatan ham qoʻllangan.

Oʻrta asrlar soʻnggi va Yangi davr boshida radikalizm demokratiya shiorlari bilan chiqdi. Uning tarafdorlari notabiiy ijtimoiy munosabatlar va sharoitlarni radikal tarzda oqilona tartiblar bilan almashtirish gʻoyasini ilgari surdi. Hozirgi davr radikalizmga xos boʻlgan xususiyatlardan biri ijtimoiy hayotning ham nazariy, ham amaliy muammolarini hal qilishda zoʻrlik usulidan foydalanishga moyillikdir. Tinch yoʻl bilan hal qilish mumkin boʻlgan oddiy muammolarni yechishda ular kuch, zoʻravonlikdan foydalanishga intiladi. Tarixning burilish nuqtalarida, tanglik yuz bergan holatlarda radikalizm avj oladi.

 Hozirgi radikalizm ekstremizmning nazariy manbai boʻlib, ijtimoiy muammolarni hal qilishda zoʻrlik usullari va vositalaridan foydalanmoqda. Hozirgi paytda radikal kayfiyatlar va qarashlar aqliy mehnat bilan shugʻullanuvchilar orasida koʻproq kuzatilmoqda. XX asrda yuz bergan ilmiy-texnik taraqqiyot tufayli aqliy mehnat vakillari miqdorining keskin oshishi har doim ham ularning moddiy turmush darajasining koʻtarilishi va ijtimoiy mavqeining ortishi bilan birga kechmaydi. Ayniqsa, ijtimoiy inqiroz va tanglik davrlarida ziyolilarning qoloqlashuvi kuchayadi. Bu esa ular orasida radikal kayfiyatning avj olishiga sabab boʻladi. Tarixiy taraqqiyot shundan guvohlik beradiki, radikallar hokimiyat tepasiga kelgan taqdirda ham ularning hukmronligi uzoq davom etmaydi. Yetmish yildan ortiqroq hukmronlikdan keyin bolsheviklar tarix sahnasidan uloqtirib tashlangani kabi.

 Diniy aqidaparastlik ham radikalizmning bir koʻrinishi hisoblanadi. Diniy radikalizmning mazmun-mohiyati radikalizmning boshqa koʻrinishlari kabi oʻziga mos kelmaydigan boshqa har qanday oqim va qarashlarga nisbatan murosasizlikda, jamiyat taraqqiyotiga zid, gʻayriinsoniy gʻoya va qarashlarni ilgari surishda namoyon boʻladi. Sobiq shoʻrolar tuzumi oʻrnida tashkil topgan mustaqil davlatlar hududida rivojlanishning dastlabki bosqichida radikal oqimlar paydo boʻla boshladi. Bu oqimlar baʼzi mamlakatlarda fuqarolar urushini keltirib chiqardi. Uning koʻpchiligida siyosiy radikalizm diniy niqob ostida namoyon boʻldi. Ular islom davlati qurish, xalifalikni qayta tiklash shiorlari bilan chiqib, jamiyatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy-maʼrifiy rivojini toʻxtatishga, bu jarayonni ortga – oʻrta asrlarga qaytarishga intilayotgani oʻta xatarlidir. Radikallashish avvalida xavfli boʻlmaydi – koʻrinishlari anchayin beozor boʻladi: shunchaki keskinroq fikrlar, biron bir oʻziga maʼqul boʻlmagan gap aytilganda asabiylashish kuzatiladi. Bu hali ikkilanish bosqichi. Bu bosqichda kishi radikal harakatlarga qodir boʻlmaydi, hamda fikrlarini oʻzgartirishi, moʼtadillikka qaytishi mumkin boʻladi. Kuchayganda esa u… eʼtiqodga aylanadi – neofashizm, neonatsizm, shovinizm, ultramillatchilik va hokazolar – shular qatorida.

 Radikal fikrlar eʼtiqodga aylanganda kishi bemalol maʼnaviy chegaralardan hatlab oʻtadi. Bir qarashda u yaxshi maqsadlar uchun kurashyapti, deylik, millat shaʼnini tiklash haqida gapiryapti, adolatni tiklashni yoqlayapti, ammo harakatlari oʻsha millat manfaatlariga zid, adolat ilinjida qilinayotgan ishlari esa – adolatsizlikdir.
Bilolxoʻja

What you can read next

Луқмони Ҳакимнинг ўғилларига қилган насиҳатлари
“Меҳр-мурувват карвони” Хоразмда
“Меҳр-мурувват карвони” Хоразмда
“АБДУЛҲАЙ ЛАКНАВИЙНИНГ НАСАБЛАРИ ВА КУНЯЛАРИ”
“Абдулҳай Лакнавийнинг насаблари ва кунялари”

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP