Kecha, 24-iyul kuni Saudiya Arabistonlik Fazilatli Shayx Homid Ibn Akram Xoʻqandiy Buxoriy Madaniy Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurdi. Mehmonni Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri Abdulhakim qori Matqulov kutib oldi. Tashrif madrasa tarixi bilan tanishish boshlandi. Bilim yurti mudiri Abdulhakim qori Matqulov madrasa tarixi haqida: bino boʻlishidan boshlab hozirgi kungacha boʻlgan tarixiy bosqichlari haqida batafsil bayon qilib, hozirda bu yerda talabalar taʼlim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida tashrif buyurgan mehmonga soʻzlab berdi.


Oʻz navbatida Shayx Homid Ibn Akram Xoʻqandiy Buxoriy Madaniy bilim yurti faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda bu yerda taʼlim uchun yaratilgan sharoitlar va talabalarga taʼlim-tarbiya berishda qoʻllaniladigan oʻquv uslublarini yuqori baholadi.


Shayx Homid Ibn Akram Xoʻqandiy Buxoriy Madaniy yurtimiz tinchligi, dinimiz, millatimiz ravnaqi yoʻlida xizmat qilib oʻtgan barcha vatandoshlarimiz hamda hozirgi kunda ushbu yoʻlda say-harakat qilayotgan Yurtboshimiz, u kishi bilan yelkama-yelka xizmat qilayotgan barcha masʼullar, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati va boshqa mutasaddilar hamda bilim yurti ustozlari va talabalari haqqilariga duo qildi. Shayx Homid Ibn Akram Xoʻqandiy Buxoriy Madaniy kelajakda Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti bilan taʼlim soxasida hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Tashrif yakunida bilim yurti mudiri Abdulhakim qori Matqulov tashrif buyurgan mehmonga esdalik sovgʻa topshirdi. Tashrif buyurgan mehmon bilim yurti mudiriga oʻz ziyorati asnosida unga qilingan samimiy hamda iliq qabuli uchun oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Matbuot xizmati






