SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Zahar
22.07.2023 / Bo‘limda Hadis, Maqolalar

Qaytim

Hikoyalarda aks etgan “qirq hadis”.
Farzandlarimiz uchun…
15-hadis

Bu voqea muborak Ramazon kunlarining birida boʻlgan edi. Iftorlik vaqtiga yaqin qolganda Adham yangi yopilgan non sotib olish uchun novvoyxonaga bordi. Novvoyxona oldida koʻpgina insonlar navbatda turar edi. Iftorlik vaqti yaqin qolganligi bois navbatda turgan insonlar betoqat boʻlar, novvoy ham imkon qadar tezroq ishlashga  harakat qilar edi. Albatta bir vaqtning oʻzida nonlarni xaridorlarga uzatish va ularning pullarini sanab olish oson emasdi. Adhamning navbati iforlikka juda oz soniyalar qolganida yetib keldi. Charchab qolgan sotuvchi unga keragidan ortiq qaytim berib yubordi. Adham ikkilanib bir qoʻlidagi pullarga bir sotuvchiga qarab turib qoldi. Novvoy unga qarab: “Tinchlikmi, hammasi joyidami, bolakay?” – dedi. Adham esa: “Hammasi yaxshi”-dedi-da, pullarni koʻtargancha uyiga yugurib ketdi. Kechki ovqat vaqtida u bir oz oʻychan koʻrinar edi. Kechqurun oʻz joyiga yotganida uning bezovtaligi yanada ortdi. Goʻyoki kimdir  gʻoyibdan unga: “Sen nega bunday yoʻl tutding? Nega birovning haqqiga xiyonat qilding?”- degandek boʻlaverar edi. Adham boʻlib oʻtgan voqealarni hammasini onasiga aytib berishga qaror qildi-yu ammo darhol bu fikridan qaytdi. Onasi bu ishi sababli qattiq urishishidan va uyaltirishidan qoʻrqdi. Tuni bilan bosinqirab gʻalati tushlar koʻrib uygʻongan Adhamni saxarlik vaqtida ham bezovtalik  tark etmagan edi. Kunduzi  uning koʻzi devorda ilinib  turgan taqvimga tushdi. Taqvimga yaqinroq borganida uning ochiq sahifasida yozilgan Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning quyidagi hadislarini oʻqidi:

“الإثم ما حاك في صدرك و كرهت أن يطلع عليه  الناس” (رواه مسلم)

“Gunoh bu –  qalbingni qiynagan va sen boshqalar uni bilib qolishidan qoʻrqadigan amaldir” (Muslim rivoyati)
Adhamning yuzlari qizarib ketdi. Goʻyoki Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bu hadisni aynan u uchun aytgandek edi. U toʻgʻri novvoyxonaga bordi. Soʻngra  novvoydan uzr soʻrab oʻziga tegishli boʻlmagan pullarni qaytarib berdi. Adham naqadar toʻgʻri ish qildi va oʻzini gunohdan saqlab qoldi!
Oxunjon AHMEDOV tarjimasi
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi

What you can read next

Фиқҳ ул-акбар
Фиқҳ ул-акбар
Muallimning dars berişdagi odoblari
Muallimning dars berişdagi odoblari
Беҳаёлик руҳни ўлдиради
Беҳаёлик руҳни ўлдиради

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP