SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Zahar
18.07.2023 / Bo‘limda Hadis, Maqolalar

Non boʻlagi

Hikoyalarda aks etgan “qirq hadis”.
Farzandlarimiz uchun…
14-hadis

Bobur xulqi yaxshi bola. Uning oilasi oʻziga toʻq boʻlganligi bois  birorta istagi rad qilinmaydi. Lekin afsuski, u kambagʻal va yoʻqsil insonlar hayoti haqida hech narsa bilmaydi. Kunlarning birida Bobur futbol maydoniga ketayotganida ortidan it quvdi. Jonholatda qochar ekan yoʻl chetidagi toshga qoqilib yiqilib tushdi va hushini yoʻqotdi. Koʻzlarini ochganida esa oʻziga tengdosh bir yigit va uning onasi Boburning jarohatlariga malham surayotgan edi.  Ular Mahmud va  uning onasi edi. U ikkisi Boburni ortidan quvib kelayotgan itni haydab yuborib hushsiz yigitga birinchi yordam koʻrsatish uchun uylariga olib kelgan ekan.  Bobur ularga samimiy minnatdorchilik bildirdi. Soʻngra atrofga koʻz tashladi-yu Mahmudlarning naqadar oddiy va faqirona yashashlaridan ajablandi. U atrofini  hayrat bilan kuzatar edi. Kechga yaqin Bobur uyiga qaytdi. Oilasi bilan  dasturxon atrofiga yigʻilganida Mahmudlarning yashash sharoiti haqida oʻylab tomogʻidan bir luqma ham non oʻtmadi. U ertasi kuniyoq onasi tayyorlab bergan turli-tuman taomlar solingan xaltalarni koʻtarib Mahmudlarning uyi tomon yoʻl oldi. Ular barchalari bir oila kabi  birgalikda oʻtirib tushlik qilishdi. Shundan soʻng bu ikki oila orasida mustahkam doʻstlik rishtalari bogʻlanib qoldi. Zero, Bobur oʻzining yaxshilikni qadrlashi va saxovatpeshaligi bilan Rosullulloh sollallohu alayhi va sallamning ushbu hadislariga amal qilgan edi:

ما أمن بي من بات شبعان و جاره جائع إلي جنبه و هو يعلم به

“Yon qoʻshnisining och ekanligini bila turib oʻzi toʻq holata tunagan kishi imon keltirganlardan emasdir” (Imom Hokim rivoyati)
Oxunjon AHMEDOV tarjimasi
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi

What you can read next

Тақво ва унинг фойдаси
Аллоҳ таолога таваккал қилиш
ПАЙҒАМБАР АЛАЙҲИССАЛОМНИНГ ДАЪВАТ УСЛУБЛАРИДАГИ ҲИКМАТЛАР “Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васаллам – икки олам сарвари”
Пайғамбар алайҳиссаломнинг ҳаёлари (ИККИ ОЛАМ САРВАРИ)
Alloh taoloning adolati, fazli va qudrati (1-qism) Hadis matni va roviysi haqida

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP