SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Maxsus kurs doirasida mutaxassis bilan davra suhbati tashkil etildi
02.03.2023 / Bo‘limda Maqolalar

Maxsus kurs doirasida mutaxassis bilan davra suhbati tashkil etildi

Taʼlim muassasasi talabalarining huquqiy savodxonligi, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning huquqiy asoslari boʻyicha bilimlarini oshirish, ularni yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishidan asrash, shuningdek, ularda turli xil mutaassib aqidaparast oqimlar tarafdorlariga munosib raddiyalar berish koʻnikmasini shakllantirish maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va maxsus kurs darslari tashkil etilgan.
Shu munosabat bilan joriy yilning 1-mart kuni taʼlim muassasasida “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning maʼnaviy-maʼrifiy asoslari: Yot gʻoyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, adashgan oqimlarga raddiya berish koʻnikmalari va uslublari” maxsus kursi doirasida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunning mazmun mohiyati” mavzusi keng yoritib berildi.

Maxsus kurs doirasida mutaxassis bilan davra suhbati tashkil etildi (1)
Maxsus kurs doirasida mutaxassis bilan davra suhbati tashkil etildi (2)

Maʼruzaga Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita mutaxassisi Mukaramxonov Nurulloxon taklif etildi.
Mutaxassis maʼruzada YUNESKO tomonidan “Bagʻrikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi” qabul qilinganligi, ushbu ldeklaratsiyada irqi, jinsi, kelib chiqishi, tili, dinidan qatʼiy nazar bagʻrikenglikni targʻib etish, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat bilan qarash kabi majburiyatlar aks etgani, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi normalarning qonunchilikka kiritilishi natijasida diyorimizda rasmiy faoliyat olib borayotgan barcha din vakillariga katta imkoniyatlar yaratilganligi haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

Maxsus kurs doirasida mutaxassis bilan davra suhbati tashkil etildi (3)

Shuningdek, qonunni hayotga tatbiq etish va sohaga oid amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar natijasida diniy tashkilotlarni roʻyxatga olish hamda ularga rahbarlik qilish, noanʼanaviy diniy oqimlarning yoyilib ketishi oldini olish, diniy taʼlim tizimini takomillashtirish, diniy adabiyotlarni chop etish va tarqatish kabi islohotlar uchun zamon talablariga mos huquqiy mexanizm yaratilgani eʼtirof etildi.

Abdulvase Gʻaniyev “Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi” boshligʻi

What you can read next

Zahar
Qobiliyatli bola
Ҳиммати олий киши жаннатдан бошқасига рози бўлмайди
Дунё бир ўлимтик кабидир, арслон ўлимтикни емайди.
“Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqoti oʻtkazildi
“Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqoti oʻtkazildi

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP