SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Alloh va Rasulining arsloni (Asadulloh)
13.02.2023 / Bo‘limda Maqolalar

Alloh va Rasulining arsloni (Asadulloh) 2-qism

Ikki taraf qoʻshini bir biri bilan toʻqnashdi. Hamza (r.a) jang maydoni oʻrtasida turar, urush liboslarini kiyib, koʻksiga har doimgidek tuyaqush patini taqib olgan edi. U mardlik bilan jang qilib, roʻparasidan chiqqan mushriklarni birin-ketin yer tishlata boshladi. Mushriklar musulmonlar hujumiga bardosh berolmay ortlariga chekina boshladi. Agarda togʻning tepasida turgan kamonchilar oʻlja  ilinjida joylarini tark etib, pastga tushib, buning oqibatida pistirmada turgan mushriklar qoʻshinga togʻning ortidan hujumga oʻtishga imkoniyat paydo qilib bermaganlarida, shubhasiz Uhud gʻazoti faqatgina Qurayshning erkagu ayollari uchun emas, balki uning otlariyu tuyalarining ham qabristoniga aylangan boʻlar edi. Musulmonlar gʻaflatda qolgach, ularning ortlaridan mushriklar otliqlari hujumga oʻtib, birin ketin musulmonlarni qilichdan oʻtkaza boshladilar. Bu holatdan musulmonlar esankirab qoldilar, chunki koʻpchiliklari qilich va nayzalarini yerga uloqtirib, hamma narsalarni tashlab qochib ketayotgan mushriklardan qolgan gʻanimatlarni toʻplash bilan ovora boʻlib qolishgan edi. Musulmonlar oʻzlariga kelib, uloqtirib yuborgan qurol aslahalarini qaytib qoʻllariga olib, jang qila ketdilar. Lekin jangdagi tashabbus mushriklar qoʻliga oʻtib boʻlgan edi. Shunday vaziyatda ham Hamza oʻzini yoʻqotmay, quvvatiga quvvat, kuchiga kuch qoʻshilib yanada qattiq jang qila boshladi. Birin-ketin mushriklarni qilichi bilan savalab, yer tishlatayotgan vaqtda Vahshiy uni kuzatib, nayzasi bilan zabt etish uchun vaqt poylab turardi. Vahshiy aytadiki: Allohga qasamki, men uni oʻldirish uchun tayyorgarlik koʻrgan edim. U menga yaqinroq kelishi uchun bir daraxtning orqasiga yashirinib, payt poylab turdim. Shu payt mendan ilgari Sibogʻ ibn Abdul Uzzo unga tashlandi. Hamza uni koʻrishi bilanoq unga: “Qani beri kelchi, ey aʼzolarni kesuvchi” deb, qilichi bilan shartta uning boshini kesib tashladi. Shu payt nayzasini siljitib, payt poylab nishonga tegishiga aniq ishonch hosil qilgach, nayzamni uloqtirgan edim, uning kindigi ostiga tegib, ikki oyoqlari oʻrtasidan teshib chiqdi. Soʻng u menga tashlanmoqchi boʻldi, lekin holdan toyib yiqilib, joni uzildi… Uning oldiga borib, nayzamni sugʻurib oldim. Soʻng jang maydonini tark etib, askarlarning qarorgohida oʻtirib turdim. Sababi, men jang qilish uchun kelmagan edim. Ozod boʻlish uchungina Hamzani oʻldirish uchun kelgan edim va shunday ham boʻldi. Bu   xabarni Hind bintu Utbaga yetkazdim va Hind bintu Utba menga Hamzaning koʻksini yorib, jigarini keltirishni buyurdi. Men esa bu quturgan ayolning ragʻbatini qondirib, unga oʻng qoʻlim bilan Hamzaning jigarini uzatib, chap qoʻlim bilan Hindning zeb ziynatlarini oldim. Hind Hamzaga nisbatan gʻayri insoniy nafrat va gʻazabini qondirish uchun uning jigarini chaynay boshladi. Ammo bu pokiza insonning jigari uning tishlariga boʻysunmadi. Natijada Hind uni yutishga ojiz qolib, ogʻzidan chiqarib tashlashga majbur boʻldi.

Shunday qilib jang nihoyasiga yetdi. Musulmonlar tuya va otlariga minib shahid musulmonlarni koʻmish uchun Makkaga qaytib keldilar. Allohning arsloni boʻlgan Hamza ibn Abul Muttalibning oʻlik jasadini mana bu suratda tilka pora qilganlariga hech kimning aqli bovar qilmasdi. Rasululloh (sav) muborak yoshlari bilan jiqqa hoʻl boʻlib ketgan koʻzlarini Hamza (r.a)ning jasadiga tikkan holda dedilar: “Hech kim siz kabi holatga tushmagan. Bordiyu biror bir jangda Alloh meni Quraysh ustidan gʻolib qilsa, ulardan 30 kishini musla (jasadni tilka pora qilish) qilaman”.  Asʼhoblar ham: “Allohga qasam, agar Alloh kunlarning birida bizni ularning ustidan gʻolib qilsa, ularni shu qadar musla qilamizki, hali biror arab uni koʻrmagan”, deb hayqirdilar. Janob Paygʻambarimiz sallallhu alayhi vasallam Hamza (r.a) ni juda qattiq sevar edilar.

Yuqorida zikr qilganimizdek, Hamza (r.a) Paygʻambarimizga faqat amaki boʻlibgina qolmay, balki emikdosh birodari, bolalikdagi tengquri va hamda butun umrlari davomidagi doʻstlari ham edi. Shunday qilib, janoza oʻqiladigan joyga Hamza (r.a)ning jasadi keltirilib, Rasululloh (sav) va barcha sahobiylar unga janoza oʻqidilar. U kishining jasadi joyida qolgan holda, yoniga ikkinchi shahidning jasadi keltirildi. Rasululloh va musulmonlar u ikkovlariga janoza oʻqidilar. Soʻngra yana Hamza (r.a) jasadi joyida qolgan holda haligi ikkinchi shahidning jasadini olib ketilib, uchinchi shahidning jasadi qoʻyildi. Shunday qilib, shahid ketidan shahid qoʻyilib, Hamza (r.a)ga ular bilan qoʻshib, qayta-qayta janoza oʻqildi. Mana shu kuni Janob Rasuli akram (sav) amakilari Hamza (r.a) uchun jami yetmish marta janoza oʻqidilar! Alloh va uning Rasulining arsloni, islomning eng birinchi sarkardasi, dovyurak sahoba Hamza roziyallohu anhu umrlarining oxirigacha islomni va Rasuli akram sollalohu alayhi vasallamni himoya qilib oʻtdilar va umrlarining oxirida buyuk shahid maqomini oldilar, qanday ham buyuk unvon. Barchalarimizni u zot kabi islomga xizmat qilib, dinimizga quvvat boʻladigan ummatlardan qilsin.

Asadulloh Niyozaliyev
«Koʻkaldosh» OʻMITM 1-kurs talabas

What you can read next

“Такфир” нинг  хатарли оқибатини биласизми?
“Такфир” нинг  хатарли оқибатини биласизми?
БУЮКЛАР ҲАЁТИ — ИБРАТ МАКТАБИ
Буюклар ҳаёти — ибрат мактаби
Zahar
Qobiliyatli bola

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP