SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Zahar
23.01.2023 / Bo‘limda Hadis, Maqolalar

Gʻaddor

Hikoyalarda aks etgan “qirq hadis”.
Farzandlarimiz uchun…
6-hadis

Yoz kunlarining birida anhor boʻyida bir nechta bolalar oʻynab yurgan edi. Ularning orasida Gʻaffor ismli bolakay ham boʻlib, u doim jonivorlarni qiynoqqa solib yurganligi bois bolalar unga “gʻaddor” (qahri qattiq, zolim) deya laqab qoʻyib olishgan edi. Gʻaffor har safar yangi-yangi  qaltis oʻyinlarni oʻylab topar edi. Oʻziga taklif qilingan odatiy oʻyinlarni esa xushlamas edi. Kunlarning birida Gʻaddor oʻziga hamfikr boʻlgan doʻstlari bilan chetroqqa oʻtib nimalarnidir  kelishib oldi. Soʻng ular bolalarning oldiga kelib, yangi qiziqarli oʻyin oʻylab topganlarini eʼlon qilishdi. Bolalarning barchasida qiziqish paydo boʻldi. Gʻaffor esa doʻstlari bilan bu mahallaga yaqinda koʻchib kelgan, suzishni bilmaydigan Alining ortidan borib  toʻsatdan uni dast koʻtarishdi-yu siltab-siltab suvga uloqtirishdi. Qoʻrquv iskanjasida qolgan Ali suv yuzasida bir koʻrinib bir gʻoib boʻlib tipirchilar edi. Uning jon talvasasida qilgan bu harakatlari Gʻaffor va uning sheriklarini  kulgisiga sabab boʻlar edi xolos. Shu asnoda bolalar orasida turgan jasur bolakay Ismoil darhol kiyimlarini yechib oʻzini suvga otdi. Faqat ugina Gʻafforga qarshi harakat qila olar, bunday nohaqlikka jim qarab tura olmasdi. Ikki daqiqa oʻtar-oʻtmas Ismoil Alini qirgʻoqqa olib chiqdi. Oxirgi soniyalarda bu voqeaga guvoh boʻlib qolgan yuzlari istarali bir kishi Ismoilni oldiga kelib uni boshini mehr bilan siladi va  shunday dedi:

“Bolajonim, sen Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallamning quyidagi hadislariga amal qilding. Zero u zot:

(المسلم أخو المسلم لا يظلمه و لا يسلمه)
“Moʼmin moʼminning birodaridir. U oʻz birodariga zulm qilmaydi. Shuningdek, uni zolimning qoʻlida ham qoldirmaydi”, – deya marhamat qilganlar.
Oxunjon AHMEDOV tarjimasi
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi

What you can read next

Равотиб суннат намозлари (Бомдод намозининг равотиб суннати)
Равотиб суннат намозлари (Бомдод намозининг равотиб суннати)
Дину юрт ривожига муносиб ҳисса қўшган Муфтий Бобохоновлар сулоласи
Дину юрт ривожига муносиб ҳисса қўшган Муфтий Бобохоновлар сулоласи
ТАҲАЖЖУД НАМОЗИНИ АЛБАТТА ЎҚИНГ!
Таҳажжуд намозини албатта ўқинг!

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP