“Vikipediya” onlayn ensiklopediyasiga maʼlumot kiritish uchun Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy taʼlim muassasalari, jumladan Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasidan ijodiy guruh tashkil etildi.


Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy taʼlim muassasalaridan tuzilgan ijodiy guruhlar uchun “Vikipediya” onlayn ensiklopediyasiga maʼlumot kiritish boʻyicha seminar oʻtkazildi.
Ushbu seminarda Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasidan muassasa direktori Muhammadamin Nasriyev, Aqoid fani oʻqituvchisi Aliakbar Abdullayev, Arab tili oʻqituvchisi Shavkat Kamolov va texnik muhandis Nuriddin Sharipov ishtirok etdi.

Seminarda Ensiklopediya boʻlimi mudiri Nurislom Toʻxliyev soʻzga chiqib Vikipediya uchun diniy-maʼrifiy maʼlumotlarni qanday tayyorlash, ularni tartib- qoidalari haqida batafsil maʼlumot berdi. Keyin “Oʻzbekcha Vikipediya” administratori Jamshid Nurqulov soʻzga chiqib Vikipediya haqida toʻliq tushuncha berdi.
“Vikipedia” – koʻp tilli, erkin, onlayn ensiklopediya. “Oʻzbekcha Vikipediya” — Vikipediya ochiq ensiklopediyasining oʻzbek tilidagi boʻlimi. Oʻzbek tilidagi Vikipediyada hozir 218 827 ta maqola bor. Foydalanuvchilar soni – 89 430, ulardan 687 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan. Jami sahifalar soni (munozara, turkum va hokazolarni qoʻshib hisoblaganda) – 809 443. Jami tahrirlar soni — 3 556 040. Teranligi – 32. Maqola soni boʻyicha oʻrni – 49. Har bir Vikipediya boʻlimida boʻlishi kerak boʻlgan maqolalar soni boʻyicha oʻzbekcha boʻlim hozirda 64-oʻrinni egallab turibdi.
Oʻzbekcha Vikipediya 2003-yil dekabrda oʻz faoliyatini boshlagan.
Vikipediya juda koʻplab tillarda har kun, soat va soniyada toʻldirilib borilmoqda.
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi texnik muhandisi Nuriddin Sharipov





