Bugun, 30 iyun kuni, Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida bilim yurti mudiri, islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent Erkayev Mamurjon domla boshchiligida joriy oʻquv yili yakunlari boʻyicha 6-sonli Mudarrislar Kengashi boʻlib oʻtdi.



Unda Erkayev Mamurjon domla kirish soʻzi bilan kengashni ochib berdi va majlisga yigʻilganlarga Mudarrislar Kengashining kun tartibi bilan tanishtirdi.
Soʻng Mudarrislar kengashining kun tartibidan oʻrin olgan birinchi masala “Ikkinchi yarim yillik yakuniy nazorat monitoringini tashkil etish va tahlil qilish” boʻlib, uni tahlili va tafsilotlarini Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari Nodir domla Djalolov kengashga yigʻilgan mudarrislarga yetkazdi. Yakuniy nazorat natijalariga koʻra 2025-2026 oʻquv yilining ikkinchi yarim yillik natijalariga koʻra oʻzlashtirish darajasi 95% ni tashkil qildi. Talabalarning toʻplagan ballari asosida oʻzlashtirishi boʻyicha umumiy reyting ishlab chiqildi. Natijada, taʼlim muassasasining barcha – 182 nafar talabalari shuningdek, kurslar va guruhlar kesimida natijalar eʼlon qilindi.
Kun tartibidan joy olgan navbatdagi masala maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha yillik hisobot eshitildi. Bu haqida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha mudir oʻrinbosari Abdulvose domla Gʻaniyev oʻquv yili mobaynida maʼnaviy-maʼrifiy sohada qilingan ishlar borasida batafsil maʼlumotlar berdi. Navbatdagi masala boʻyicha N.Djalolov bitiruvchilarning 4 yillik oʻquv natijalari va yakuniy attestatsiya natijalari boʻyicha nutq qilib, jami 53 nafar bitiruvchidan 52 nafari barcha imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtganini bildirdi. Bir nafar talaba esa davomat va oʻzlashtirishdagi kamchiliklari tufayli kursdan qoldirish masalasini muhokamaga qoʻydi. Kengash aʼzolari tomonidan mazkur masalani atroflicha muhokamasidan soʻng talabani kursda qoldirishga kelishildi. Shuningdek, N.Djalolov bitiruvchi talabalarining masjidlarga taqsimot loyihasi ishlab chiqilgani, zarur hujjatlarni tayyorlanayotgani haqida maʼlumot berdi.


Keyingi masala taʼlim sifatini taʼminlash sektori bosh mutaxassisi Saidakramov Saidazimxon tomonidan oʻquv yili taʼlim sifatining fanlar boʻyicha tahliliy monitoringi oʻqib eshittirildi.
Yil mobaynida erishilgan yutuq va kamchiliklar mulohaza qilindi hamda keyingi oʻquv yilida yanada samarali faoliyat olib borish lozimligi barcha boʻlim va ustozlarga tavsiya berildi.
Yigʻilish yakunida bilim yurti mudarrisi Jaloliddin domla Xolmoʻminov majlisda qatnashgan barcha jamoa ahliga gʻoyatda masʼuliyatli, ammo sharafli vazifalarini toʻlaqonli amalga oshirishlarida Yaratgandan kuch-quvvat, salomatlik tiladi va xayrli duolar qildi.


«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti oʻquv-uslubiy boʻlimi






