SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Qurʼoni Karim tinchlik haqida nima deydi?
29.10.2026 / Bo‘limda Maqolalar

Qurʼoni Karim tinchlik haqida nima deydi?

﷽

وَٱذۡكُرُوا۟ نِعۡمَتَ ٱللَّهِ عَلَیۡكُمۡ

“Va Allohning sizga bergan neʼmatini eslang” (Oli Imron surasi, 103-oyat).

وَإِن تَعُدُّوا۟ نِعۡمَتَ ٱللَّهِ لَا تُحۡصُوهَاۤۗ

“Agar Allohning neʼmatlarini sanasangiz, sanogʻiga yeta olmassizlar” (Ibrohim surasi, 34-oyat).

Bizga tinchlik neʼmatini ato etgan Zot – Alloh taologa cheksiz hamdlar boʻlsin. Tinchlik boʻlgandagina Islom dini keng yoyilishini amalda koʻrsatib bergan Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallamga salovot va salomlarimiz boʻlsin. Muhammadiy madrasadan taʼlim olib, koʻplab shahar va qishloqlarga Islomni urushsiz, tinchlik yoʻli bilan yoygan sahobalardan Alloh rozi boʻlsin.

Biror neʼmatning qadri baland boʻlishi uchun uni insonlarga doimo eslatib turish lozim. Agar neʼmatning neʼmat ekani esdan chiqib qolgan boʻlsa, bu ishga ehtiyoj ikki karra ortadi. Tinchlik ana shunday – Alloh taoloning eng ulugʻ neʼmatlaridan biridir. Tinchlikda yashab ulgʻaygan kishilar bu neʼmatni his qilishi qiyin. Shuning uchun imomlarimiz oʻz maʼruzalarida uni qayta-qayta eslatib turadilar.

Alloh taolo Nahl surasida shunday marhamat qiladi:

وَضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلࣰا قَرۡیَةࣰ كَانَتۡ ءَامِنَةࣰ مُّطۡمَىِٕنَّةࣰ یَأۡتِیهَا رِزۡقُهَا رَغَدࣰا مِّن كُلِّ مَكَانࣲ فَكَفَرَتۡ بِأَنۡعُمِ ٱللَّهِ فَأَذَ ٰ⁠قَهَا ٱللَّهُ لِبَاسَ ٱلۡجُوعِ وَٱلۡخَوۡفِ بِمَا كَانُوا۟ یَصۡنَعُونَ

“Alloh bir shaharni zarbulmasal qiladi: u omonlik va xotirjamlikda edi. Rizqi har makondan serob holda kelib turardi. Soʻng u Allohning neʼmatlariga kufr keltirdi. Bas, Alloh unga qilgan ishlari uchun ochlik va xavf kiyimini tottirdi” (Nahl surasi, 112-oyat).

Bu oyati karimadagi shahar – Makkadir. Alloh taolo bu shaharni muqaddas qildi. Oʻz Uyining aynan shu shaharda boʻlishini iroda etdi. Makkani yomonliklar, gunoh ishlar va dushmanliklar harom qilingan shaharga aylantirdi. Unga kirgan har bir odamga omonlik va xotirjamlik berdi. Hattoki birov jinoyat qilganidan soʻng kirsa ham, qaytib chiqmaguncha unga tegilmaydigan qildi.

Makka atrofidagi hamma joylarda urush-janjal, bosqinchilik, talon-taroj hukm surgan bir paytda Makka aholisi Baytullohning hurmati sababli tinch-omon, xotirjam yashar edi. Makka shahri qaqroq choʻlning qoq oʻrtasida boʻlsa ham, u yerda hech bir giyoh oʻsmasa ham, hojilar, ziyoratchilar va savdo karvonlari vositasida u yerga rizq-roʻz oqib kelar edi. Alloh taolo bu rizqlarni barakali qilib qoʻygan edi.

Makka aholisi oʻzlarini boshqalardan ustun sezar edi. Ular berilgan neʼmatlarga shukr qilish oʻrniga kufroni neʼmat qildilar. Buning ustiga, hammasidan ustun neʼmatni – Muhammad sollallohu alayhi va sallamning paygʻambarliklarini ham inkor etdilar.

“Bas, Alloh unga qilgan ishlari uchun ochlik va xavf kiyimini tottirdi.”

Yaʼni qilgan noshukrchiliklari, keltirgan kufrlari uchun ularga ochlik va xavfni kiyim qilib kiygizib qoʻydi. Allohning amri bilan Makkaga yetti yil qahatchilik kelgani, uning aholisi oʻlimtiklar, tuyaning yungi va odatda yeb boʻlmaydigan boshqa narsalarni yeganlari hammaga maʼlum. Shunday qilib, Alloh ularni toʻqlikdan ochlikka chiqardi. Musulmonlar Madinai Munavvaraga hijrat qilib, oʻsha yerda oʻz jamiyatlarini qurganlaridan soʻng esa Makka ahlidan xotirjamlik neʼmatini ham olib, ularni xavf-xatarda yashaydigan qilib qoʻydi. Ular musulmonlar Makkani fath etish uchun kelib qolarmikan, degan xavotirda yashardilar.

Demak, tinchlikni saqlash uchun Alloh taoloning neʼmatlariga kufr keltirmaslik kerak ekan. Neʼmatga kufr keltirilsa, hatto Makka boʻlsa ham notinch shaharga aylanishini Alloh taolo zarbulmasal qilib koʻrsatdi. Oyat moziy (oʻtgan zamon) siygʻasida keltirilgan. Goʻyo neʼmatlarimga kufr keltirsangiz, tinchligingizni olaman, oʻzingiz ham oʻtmishga aylanib qolasiz, deyilayotgandek.

Hasan Basriy rahimahullohdan qilingan rivoyatga koʻra, oyatdagi qishloq tarixda boʻlib oʻtgan bir qishloqdir. Alloh taolo uning aholisining rizqini shu qadar keng qilib qoʻygan ediki, ular hatto non bilan istinjo qilardilar. Shundan soʻng Alloh taolo ularga ochlik yubordi, hatto ular oʻz najosatlarini yeydigan boʻldilar.

Hafsa onamizdan qilingan rivoyatda esa oyatdagi qishloq Madina shahri ekani aytilgan. Usmon roziyallohu anhu qatl qilingani haqida xabar kelgach, Hafsa onamiz: “Nafsim qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, oyatdagi qishloq – Madinadir”, dedilar.

Ulamolar bu soʻzni shunday izohlaganlar: Madina Rasululloh sollallohu alayhi va sallam davrlarida xotirjam va omon edi, soʻngra Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumo davrida ham shunday boʻldi. “Soʻng u Allohning neʼmatlariga kufr keltirdi”, yaʼni Usmon roziyallohu anhuni qatl qilib, Allohga noshukrlik qildilar. Hafsa onamiz bundan keyin Madina avvalgidek xotirjam shahar boʻlmasligini anglagan edilar.

Xulosa shuki, u shahar Allohga eng mahbub shahar boʻladimi, Rasuliga eng mahbub shahar boʻladimi – Allohga noshukrlik qilgan qavm ayab oʻtirilmaydi. Hatto bu ikki shahar yer yuzining eng muqaddas shaharlari boʻlsa ham, aholisi noshukrlik qilsa, Alloh taolo u shaharni notinchlik va ochlikka giriftor qiladi. Tinchlik yoʻqolsa, ibodatlarning ham taʼmi qolmaydi.

Vaholanki, Ibrohim alayhissalom Makka haqqiga shunday duo qilgan edilar:

وَإِذۡ قَالَ إِبۡرَ ٰ⁠هِـۧمُ رَبِّ ٱجۡعَلۡ هَـٰذَا بَلَدًا ءَامِنࣰا وَٱرۡزُقۡ أَهۡلَهُۥ مِنَ ٱلثَّمَرَ ٰ⁠تِ مَنۡ ءَامَنَ مِنۡهُم بِٱللَّهِ وَٱلۡیَوۡمِ ٱلۡـَٔاخِرِ

“Ibrohimning: “Robbim, buni omonlik yurti qilgin va ahlidan Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirganlarini mevalar ila rizqlantirgin”, deganini esla” (Baqara surasi, 126-oyat).

Ibrohim surasida esa bu duo shunday keltiriladi:

وَإِذۡ قَالَ إِبۡرَ ٰ⁠هِیمُ رَبِّ ٱجۡعَلۡ هَـٰذَا ٱلۡبَلَدَ ءَامِنࣰا وَٱجۡنُبۡنِی وَبَنِیَّ أَن نَّعۡبُدَ ٱلۡأَصۡنَامَ

“Esla, Ibrohim shunday dedi: “Robbim, bu yurtni omonlik yurti qilgin, meni va bolalarimni sanamlarga ibodat qilishimizdan chetda qilgin”” (Ibrohim surasi, 35-oyat).

Koʻrib turganingizdek, ulul azm paygʻambarlardan boʻlmish Ibrohim alayhissalom ikki duolarida ham birinchi navbatda tinchlikni soʻradilar, qolgan neʼmatlarni esa undan keyin soʻradilar. Alloh taolo u kishining duolarini qabul qildi. Makkaga borgan kishilar buni juda yaxshi his qiladilar: u yerda dehqonchilik rivojlanmagan boʻlsa-da, Alloh taolo baraka yogʻdirib, yil oʻn ikki oy barcha mevalar muhayyo. Bu, albatta, Alloh taoloning marhamatidir.

Qurʼoni Karimda Yusuf alayhissalom qissasida shunday keltiriladi:

فَلَمَّا دَخَلُوا۟ عَلَىٰ یُوسُفَ ءَاوَىٰۤ إِلَیۡهِ أَبَوَیۡهِ وَقَالَ ٱدۡخُلُوا۟ مِصۡرَ إِن شَاۤءَ ٱللَّهُ ءَامِنِینَ

“Yusufning huzuriga kirgan chogʻlarida u ota-onasini oʻziga yaqinlashtirdi va: “Allohning xohishi ila Misrga omonlikda kiringlar!” dedi” (Yusuf surasi, 99-oyat).

Yaʼni Yusuf alayhissalom ota-onalarini oʻziga xos ehtirom va izzat bilan qarshi oldilar, ularga alohida muomalada boʻlib, izzat-ikromlarini joyiga qoʻydilar. Shuningdek, ularning Misr yerida – oʻzlari bosh vazir boʻlib turgan yurtda omonlikda ekanliklarini eʼlon qildilar.

Alloh taolo Muso alayhissalomga shunday nido qildi:

وَأَنۡ أَلۡقِ عَصَاكَۚ فَلَمَّا رَءَاهَا تَهۡتَزُّ كَأَنَّهَا جَاۤنࣱّ وَلَّىٰ مُدۡبِرࣰا وَلَمۡ یُعَقِّبۡۚ یَـٰمُوسَىٰۤ أَقۡبِلۡ وَلَا تَخَفۡۖ إِنَّكَ مِنَ ٱلۡـَٔامِنِینَ

“Va asoingni tashla”, deb nido qilindi. Qachonki uning katta ilon kabi qimirlayotganini koʻrgach, qaramasdan ortga qochdi. “Ey Muso, beri kel, qoʻrqma, albatta, sen omonlikdagilardansan” (Qosos surasi, 31-oyat).

Bu oyatdan bilamizki, tinchlik boʻlmasa, hatto ulugʻ paygʻambar ham daʼvatga kirisha olmas ekan.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yangi oyni koʻrganlarida quyidagicha duo qilar edilar:

كان إذا رأى الهِلالَ قال: اللهمَّ أَهِلَّهُ عَلَيْنا بِاليُمْنِ و الإيمانِ، و السلامَةِ و الإسلامِ، ربِّي و رَبُّكَ اللهُ

“Allohim! Bu hilolni bizga baraka va iymon, salomatlik va tinchlik qilgni. Seni va meni Robbim Allohdir” der edilar.

“Allohim! Bu hilolni bizga baraka va iymon, salomatlik va Islom bilan chiqargin. Mening Robbim ham, sening Robbing ham Allohdir” (Imom Termiziy rivoyati, 3451).

Yoshi kattalarimiz ham duolarini doim tinchlik-osoyishtalik soʻrash bilan boshlaydilar. Chunki ular notinch zamonlarning guvohi boʻlganlar. Tabiiyki, ikki davrni koʻrgan kishi tinchlikning qadriga yetadi va doim shukr qilib yashaydi.

Yurtimizdagi achinarli holatlardan biri shuki, Toshkentda bir kunda 3–3,5 tonna non va oziq-ovqat mahsulotlari chiqindiga tashlanmoqda. Bu juda ayanchli holat. Har bir neʼmatning shukri oʻz jinsidan boʻladi: non neʼmatining shukrini faqat namoz oʻqish bilan ado qila olmaymiz, uni isrof qilmaslik bilan ado etamiz. Keling, oʻzimizni isloh qilaylik.

Yuqorida tinchlikning yoʻqolishi ocharchilik bilan ham kelishini aytdik. Oʻz uyida farzandi ochlikdan yigʻlasa, hech bir ota-ona tinch yashay olmaydi. Shuning uchun dinimizga amal qilaylik, shunda najotga erishamiz.

Islom – tinchlik dini. Islom tinchlik boʻlgandagina rivoj topadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning siyratlarida bunga yaqqol misol – Hudaybiya sulhi. U ulkan fath edi, chunki sulh – tinchlik demakdir. Sulhdan oldingi va keyingi davrni solishtirgan kishi katta farqni koʻradi. Musulmonlar sonining koʻpaygani va boshqa katta foydalar aynan tinchlik ortidan kelgani oʻz isbotini topgan.

Azizlar, tinchlikning qadriga yetaylik. Zero, neʼmatning qadriga yetmasak, uni bergan Zot olishga ham qodirdir. Alloh taolo notinch yurtlarga tez fursatda tinchlik ato etsin. Yurtimizni yomon koʻzlardan Oʻz panohida asrasin!

Sarvar Rafiqov
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi talabasi

Tagged under: maqola

What you can read next

Zahar
Omonat
Ислом банкларининг иқтисодиётимиз ривожидаги ўрни
Ислом банкларининг иқтисодиётимиз ривожидаги ўрни
Мулла Али Ал-Қорининг яшаган давридаги ижтимоий ва илмий муҳит.
Мулла Алий Ал-Қорийнинг ҳаётлари

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP