SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
28.08.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti ustozlariga “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari topshirildi

2026-yil 27-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Islom sivilizatsiyasi markazi anjumanlar zalida diniy-maʼrifiy sohada samarali mehnat qilib kelayotgan fidoyi yurtdoshlarimizni taqdirlashga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Marosimda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimi xodimlariga, jumladan, Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti ustozlariga ham «Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishonlari topshirildi.
Tantanali marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-maʼrifiy masalalar boʻyicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiq Toshboyev, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduhalikov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi Orifxon Zokirov ishtirok etdilar.
Tadbir Prezident maslahatchisi Muzaffar Komilovning kirish soʻzi bilan boshlandi. U oʻz nutqida mamlakatimizda mustaqillik yillarida, ayniqsa, soʻnggi yillarda diniy-maʼrifiy sohani rivojlantirish, jamiyatda tinchlik-totuvlik, millatlararo hamjihatlik va diniy bagʻrikenglik muhitini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar toʻgʻrisida soʻz yuritdi. Shuningdek, sohada faoliyat yuritayotgan ulamolar, imom-xatiblar, mudarrislar va fidoyi xodimlarning bu boradagi munosib hissasi alohida taʼkidlandi.
Marosim davomida diniy-maʼrifiy sohada koʻp yillardan buyon samarali mehnat qilib, yurtimizda maʼnaviy barqarorlikni taʼminlash, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda aholi oʻrtasida maʼrifiy tushuntirish ishlarini olib borishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh fidoyi yurtdoshlarimizga «Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Taqdirlash marosimida taʼkidlanganidek, mazkur esdalik nishoni mamlakatimiz taraqqiyotiga, uning tinchligi va barqarorligiga, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik muhitini mustahkamlashga, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga munosib hissa qoʻshayotgan insonlarga bildirilgan yuksak ehtirom va eʼtirof ramzidir.
Yurtimiz ravnaqi, ilm-maʼrifat taraqqiyoti va yoshlar tarbiyasi yoʻlidagi fidokorona mehnatlari uchun Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtining quyidagi xodimlari esdalik nishoni bilan taqdirlandilar:

  • M. Erkayev — bilim yurti mudiri;
  • A. Gʻaniyev — maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha mudir oʻrinbosari;
  • Sh. Madaminov — oʻqituvchi;
  • A. Abdullayev — oʻqituvchi;
  • J. Ahmedov — oʻqituvchi.

475 yillik boy tarixga ega bilim yurtimizning bugungi kundagi obro‘-eʼtibori, avvalo, ana shunday zahmatkash ustozlarning halol mehnati samarasidir.
Tadbir soʻngida taqdirlanganlar oʻzlariga bildirilgan yuksak ishonch va eʼtibor uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatimiz tinchligi hamda ravnaqi yoʻlidagi ezgu faoliyatlarini yanada sidqidildan davom ettirishlarini taʼkidladilar.

Aziz ustozlarimizni ushbu munosib eʼtirof bilan muborakbod etamiz! Ilm yoʻlidagi xizmatlarini Alloh dargohida qabul boʻlsin, ilmiy va maʼrifiy faoliyatingiz yanada barakali boʻlsin.

Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak boʻlsin!

✒️ Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti Matbuot xizmati

Tagged under: eʼtirof, mustaqillik

What you can read next

Зайд ибн Ҳориса ва осмондан тушган фаришта
Суҳайб Румий розияллоҳу анҳу
ПАЙҒАМБАР АЛАЙҲИССАЛОМНИНГ ДАЪВАТ УСЛУБЛАРИДАГИ ҲИКМАТЛАР “Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васаллам – икки олам сарвари”
“Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васаллам – икки олам сарвари” Оламларга чинакам раҳмат Пайғамбар
“Фароиз илми” китоби муаллиф томонидан ҳадя қилинди
“Фароиз илми” китоби муаллиф томонидан ҳадя қилинди

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP