Bugun, 27-dekabr kuni «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurtida «Qurʼoni karim va tajvid» oʻquv kursining navbatdagi 52-davra mashgʻulotlari yakunlandi.
Yigʻilishda bilim yurti mudir oʻrinbosari Nodir Djalolov, «Oʻquv-uslubiy boʻlimi» boshligʻi Farxod Asatullayev, Matbuot kotibi Rustam Oxunjonov, «Qurʼon karim va tajvid» oʻquv kursi uslubchisi Nuriddin Sharipov, oʻquv kursi ustozlari Lutfulloh Jamalov, Abdulbori Bannayev va Muzaffarxon Jalolxonovlar ishtirok etishdi.















Yigʻilishda bilim yurti mudir oʻrinbosari Nodir Djalolov bitiruvchilarni mazkur kursni tugatganliklari bilan muborakbod etib, Qurʼon karim tilovat qiluvchi va hofizi Kalomullohlarning fazilatlari, ularning Alloh taolo maxluqotlari orasidagi darajalari haqida bayon qilib berdi hamda «Qurʼoni karim va tajvid» kursini bitiruvchilariga berilgan sertifikat diniy taʼlim berishga hech qanday qonuniy asosga ega emasligini taʼkidlab oʻtdi va ularga kelgusi faoliyatlarida omad tilab oʻz soʻzini tugatdi.




Mazkur bosqich tinglovchilariga bilim yurti tomonidan «Qurʼoni karim va tajvid kursi»ni yakunlanganini tasdiqlovchi sertifikatlar hamda sovgʻa sifatida Qurʼoni karim musʼhafi topshirildi.
Mazkur yigʻilishda boʻlgan ustozlar bitiruvchilarga omad tilab ularning haqqilariga duoi xayrlar qildilar.
N. Sharipov
«Koʻkaldosh» OʻMIBY «Qurʼoni karim va tajvid» oʻquv kursi uslubchisi






