Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida noyabr oyi hadis, mustalahul hadis va xatoba fanlari oyligi munosabati bilan talabalar oʻrtasida «Nur yuzli muhaddislar» shiori ostida hadis yodlash tanlovi boʻlib oʻtdi. Shayx Muhyiddin Avvoma hazratlarining «Sahih hadislardan jamlangan qisqa hadislar» asari asosida boʻlib oʻtgan ushbu tanlovda barcha kurs talabalari faol ishtirok etib, jami 100 ta hadisni yoddan topshirdilar. Ushbu yodlangan hadislarni soni va sifatiga eʼtibor bergan holda ustozlar baholab bordilar. Bugun 1-dekabr kuni tanlovning taqdirlash marosimida barcha ishtirok etgan talabalar «Nur yuzli muhaddis» yorligʻi hamda esdalik sovgʻalari bilan munosib taqdirlandilar.














